T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Mashinada
ketarkanlar,
Shafiqa
bir
o
g‘iz ham gapirmadi.
Mehmonxonaga borib,
o‘z xonalariga kirganlarida Roziya xonim
Shafiqaning yuziga qarab q
o‘rqib ketdi:
– Yo Аllohim! Shafiqa, nega o‘zingni bunchalik qiynayapsan, qizim?
Shafiqaning ikki k
o‘zi yig‘idan qizarib, hatto, shishib ketgan edi.
O‘NINChI BOB
Shermuhammadbek
Аmir Olimxon bilan bo‘lgan suhbatni eslash
asnosida bir on
o‘yga cho‘mdi. Ehson Hakim afandi va Ibrohim Yorqin uni
diqqat ila tinglar edilar.
– Аmirni men shunday qayg‘uda ko‘rdimki, umrim bino bo‘lib, u kabi
anduhli boshqani uchratmadim,
– deb o‘tmish xotiralariga yana sho‘ng‘idi
Shermuhammadbek.
– Men o‘z yelkamdagi vazifani bajara olmaganimdan
ozurda edim. Kofirga yurtni berib q
o‘ydim. Bu sharmandalik edi. Shundan
keyin ham tirik yurish iztirobli. Biroq mening
g‘amim amir Olimxonning
hasrati oldida dengiz tubidagi mushtumdek bir toshga aylanib qoldi.
Аmirning vujudidan bir alam harorati taraqar edi. Bildimki, u deyarli hech bir
kishi bilan s
o‘zlashmay qo‘ygan. Sodiq xizmatchisi unga taom keltiradi,
yuvinshi uchun yordamlashadi.
Аmir ertadan kechgacha, oqshomdan
tonggacha Qurʼon o‘qiydi. Mening kelganimni aytishganida: «Kim u?» – deb
s
o‘rabdi. «Shermuhammadbek, mujohid», – deb meni taʼriflaganlaridan
keyin, huzuriga kirishim uchun izn beribdi. «Shermuhammad, – dedi menga
amir Olimxon,
– Bizning xalqimiz o‘zi ham anglab yeta olmaydigan bir
buyulikdan anglab yetganida nadomati yurakni parchalaydigan tubanlikka
ch
o‘kmoqda. Bu shunday tubanlikki, unda odamzod yashashning
maqsadini unutadi. Hayvon maqomiga, hayvondan ham pastroqqa tushadi.
Qudsiyatdan aql bovar etmas darajada yiroqlashib, nahsiyatga shu qadar
yaqinlashadi, natijada inson va nahsiyatni ajratishga qiynalib qolasan.
Shermuhammad, hamma narsani boy berdik: dinni, iymonni, islomni kofirga