T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 tiklashga
Аllohim qodir qilgan darajada azm etdim, mujohid. Raiyatni
bilmasmidim? Bilar edim. Dindorligimiz holini bilmasmidim? Bilar edim.
Tashqaridan kelayotgan balo naqadar ulkan b
o‘lsa, ichimizdagi ofat undan
ikki barobar ulkan edi.
O‘ris bizdan qaviy edi, biz esi zaif edik. O‘ylama,
Shermuhammad, jismda zaif edilar, qurolsiz zaif edilar, deb
o‘ylama.
Jismga quvvat beradigan, qurolga qudrat ato etadigan narsadan ayrilgan
edik. Bu Dinimiz edi. Ulamolar, sadrlar, beklar, qozilar, lashkar, tolibi ilmlar,
yo Robbim, hammamiz k
o‘rlar podasi edik, go‘yo. Olovdek yonasan,
s
o‘zingni his etmaydilar, shijoatdan ayro o‘likka o‘xshaydilar. Hammamiz
oxiratni unutib, dunyo zindonining eng tubiga, zulmatning zulmatiga
o‘zimizni o‘zimiz zanjirband etgan edik...»
Men lol edim.
Аmirning nuqtasiga ko‘tarilmoqqa tirishdim. U
muammoga qay nuqtadan qarayotganini bilgim kelar edi.
«Shermuhammad, – deb davom etdi amir. – Muhojirotda yillarki,
r
o‘zadorman. Islom kishvarini kofirga boy bergan bir amirning bu dunyoda
t
o‘yib ovqat yemoqqa haqqi yo‘q, zotan. Ochlik ruhingni tozalaydi.
O‘zgalarga ko‘rinmagan sarhadlar senga ko‘rinadi. Men bu sarhadlarda ana
shu aytganlarimni idrok etmoqdaman».
«Аmir hazratlari, – dedim men iztirob ila. – Siz shunday narsalarni
bayon etdingizki, g
o‘yo jahannamga ro‘baro‘ keldim. Nahot, bizning yurtga,
xalqqa bir imdod b
o‘lmasa?! Bir najot yo‘li topilmasmi?!»
«Imdod – Аllohning Kalomi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
sunnatidir. Najot shu ikkisiga ergashmoq bilan paydo b
o‘lajak, – deb javob
berdi amir.
– Biroq bu haqiqatni anglab yetgunimizcha bizga necha o‘n yil,
y
o‘q, necha yuz yil kerak? Buni bilmayman. Millat o‘zini xorlikda ekanligini
anglamaguncha, u najot haqida zinhor
o‘ylamagay. Shermuhammad,
qadim sharafimiz, qadim buyukligimiz
o‘z –o‘zidan qaytadi, deb xayol qilma.
Bu xayol bir xo
m tamaʼ, xolos. Qadim qudratimiz ortida bobolarimizning
ming chaqirimlik y
o‘llari bor. Otlarning kishnashlari, qilichlarning jarangi,