T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Menga b
o‘layotgan zulm avlodimga bo‘lishini tushunganim uchun
kurashdan hayiqmaganman.
Bizning yoshligimizda ongimizga singdirilgan
g‘oya shu edi. Biz kabi
muhojirlar yashaydigan mavzelar aslo xavfsiz b
o‘lmagan. Ko‘cha bezorilari
iz
g‘ib yurishardi. Biroq ular ham insofsiz emasdilar. Qashshoq va
begunohlarga tegmasdilar.
Gazeta-jurnallar, kino va teatrlar, kitoblar bizga ana shu
g‘oyani
singdirdi. Bu
g‘oya, shunchaki, nazariya emas, hayot edi. Bizning turmush
tarzimiz edi. Haqqimizni birovga bermaslik uchun
o‘lib –tirilganmiz. Har
qanday s
o‘zimizni ochiq aytishdan cho‘chimadik.
Xullas, otam keksa frantsuz vinochiga shogird tushgan.
– Frantsiyani Gitler boshliq nemislar bosib oldi, lekin ayb nemislarda
emas, Gitlerda,
– der ekan u frantsuz. – Biz birinchi jahon urushida bu
yerga kelganmiz. Lekin men qalban frantsiyalikman. Sharl
ь de Gollь
fashistlarga qarshi partizan urushi qilganida, bormoqchi edim,
o‘zlari ishni
mensiz ham amallashdi, azamatlar!
Vinochi deganim vino ishlab chiqarmaydi, vino savdosi bu.
Yevropada frantsuz vinolari mashhur. Bandargohga kemalar Frantsiyadan
vino keltirishadi, otam ustozi bilan birga olib kelgan, savdosiga hamisha
yordam bergan. Keksa vinochi uni hech qachon quruq q
o‘ymagan. Yaxshi
t
o‘lagan. Shuning uchun ham ota –onam qisqa yillarda kulbalarini shinam
uyga aylantirishgan.
Аkalarim, men, ukalarim – hammamiz ketma-ket
tu
g‘ildik. U paytlarda ayollar oilani, farzandni, erni muqaddas bilgan, hayot
mazmuni sanagan.
Tu
g‘ishdan qochmagan. Hozir esa vaziyat juda boshqacha. Men
bugun hayotimizga qarab, begona dunyoga tushganday his etaman
o‘zimni.