T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Biz tu
g‘ilib, ulg‘aygan muhit o‘zgacha edi. To‘g‘ri, mehnatdan
boshimiz chiqmasdi, biroq dam ham olardik, dalalarga borardik, sohillarni
aylanardik.
G‘amgin va mamnun kunlarni o‘tkazdik.
Bizning oilada din qoidalari zaif edi. Otam deyarli ch
o‘qinmasdi.
Demak, cherkovga borishini tasavvur etish qiyin. Onam esa buvisidan
qolgan Injilini baʼzida o‘qirdi, ikonalarga qarab cho‘qinardi, bizga ham Iso
haqida, Maryam haqida, avliyolar haqida rivoyatlar aytib berardi.
Biz ham qiziqib tinglardik. Shunday b
o‘lsa-da, bizdan ibodat talab
qilganini eslay olmayman. Muammolarimizni Xudoning ishtirokisiz hal
qilishga
o‘rgangandik. Bo‘ynimizdagi xochning qalbimizdagi bu eʼtiqod bilan
bo
g‘liq emasdi. Аqlimizni tanib, oiladagi har bir farzandning hayot haqida
aniq tasavvuri shakllandi. Bu tasavvurda Xudo k
o‘rinmasdi. Xudo biz uchun
qay
g‘uli kunlarimizda tasalli beruvchi Zot edi, xolos. Uning zimmasiga
boshqa vazifa yuklamagandik.
O‘rta asrlar katolik cherkovi istibdodi,
inkvizitsiya kirdikorlari hamda indul
ьgentsiya tijorati haqidagi tarix bizning
ongimizda
g‘alati bir tushuncha uyg‘otgan edi. Unga ko‘ra, Xudoning
qonunlari insonlar hayotida unchalik qatʼiy emas, agar u qatʼiy tus olsa,
demak, unga odam bolasidan kimningdir manfaati aralashgani aniq.
Shunday ekan, Xudoning qonunlariga yopishib olish shart emas, biz
o‘z xohishlarimizga nazar solaylik. Basharti, kimningdir tabiatida xudojo‘ylik
oshib-toshib ketayotgan b
o‘lsa, marhamat, cherkovga borsin, monastirda
yashasin, Injil yodlasin, rohiblikni tanlab, avliyo ota kasbini
o‘zlashtirsin.
Harqalay
, avliyo otalarga ham jamiyatning baʼzi qatlamlarida ehtiyoj katta
bo
‘ladi. Men adabiyotga, sanʼatga qiziqib qoldim. Roman o‘qishga
mukkasidan ketdim. Bizning davrimizda maksimalist yoshlar orasida Kafka,
Kamyu, Xeminguey, Folkner, Markes kabilar urf edi.
Ruslardan Dostoevskiyni men suyib
o‘qiganman. Yevropada
yozuvchilar
o‘sha paytda ham ko‘p edi. Аmerikada ham minglab
qalamkashlar topilardi. Voqea bayonidan iborat romanlarning adadi