T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 bolalaringizni -da faromush etdingiz, qalbingizda uy
g‘ongan g‘ayritabiiy
qudrat esa sizni tarbiyaladi, deb
o‘ylayman.
Аnna taassurotlarini izhor etib tugata olmasdi, biroq uning rejasi
b
o‘yicha yana boshqa muslimalarni tinglash kerak edi.
– Men bolalikda din tarbiyasini olmaganman, – deb so‘z boshladi
navbatdagi suhbatdosh. U
o‘rta yoshli muslima edi, ovozidan cho‘rtkesarligi
birdan sezildi. Harakatlari ham dadil edi.
– Ota –onam qo‘ygan ism
Аnjelina, Islomni qabul etganimda o‘zimni Mubina, deb atadim. Аnna, siz
juda yoshsiz. Mening yoshligimni yodimga soldingiz. Men
Аvstriyada,
nemis muhojiri oilasida tu
g‘ildim. Otam vino sotardi. Onam unga
k
o‘makdosh edi. Аkalarim, ukalarim ham mehnatkash, urushqoq edilar.
Oilada yagona qiz edim. Ikkinchi jahon urushida yetim qolgan ota
–onam
turmush qurib, tirikchilik ilinjida
Аvstriyaga kelib qolishgan.
Ota-onam muhojirlar mavzesidagi xaroba kulbaga bir amallab
joylashishgan. Ochlik, kamba
g‘allik kuchli edi. Yevropa o‘sha paytlar ham
aksar qitʼalarda jannatdek ko‘ringan. Biroq asl hayotning kinofilьm va
telek
o‘rsatuvlardan farqli jihatlari juda ko‘p. Haqiqatan, Yevropada
odamlarning erkin va farovon hayoti uchun kurashgan qahramonlar k
o‘p.
Bu qahramonlar, avvalo,
g‘oya egalaridir. Ularning g‘oyalari xalqlarni
oyoqqa tur
g‘izgan. Hurriyati, naslining kelajagi, daxlsiz hayoti uchun
kurashga otlantirgan. Biz yevropaliklar uchun
o‘tgan asrning o‘rtalarida
inson qadr-qimmati birlamchi masala b
o‘lgan.
Inson qadri oldida biz kurashdan ham,
o‘limdan ham qo‘rqmaganmiz.
Har birimiz, avvalo,
o‘z erkimiz yo‘lida qatʼiy edik. Jinoyatchilar ham ko‘p
edi. Porax
o‘rlik ham. Qiynoqlar ham. Biz jinoyatdan xabar topsak, ko‘chaga
chiqardik -da, politsiyadan ishlashini talab etardik. Hukumat bizni aldasa,
yana k
o‘chaga chiqib, boshqa rahbar kelishini talab qilardik. Hayot shunday
edi. Ong, tafakkur shunday edi. Q
o‘shnimga bo‘layotgan zulm ertaga
mening boshimga kelishi aniq b
o‘lgani uchun uni himoya qilganman.