T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Y
o‘q, so‘z emas, so‘z topsa -da, holi yo‘q edi, zotan. Nadomat, tavba,
isti
g‘for, qayta diydor, taqdir qoshidagi taslimiyat Shafiqani ajib kayfiyatga
tutib berdi. Roziya xonim buni yaxshi tushundi. Uni
o‘z holiga qo‘ydi.
Fotih Karimnikiga borganlarida xonadon sohibi qaygadir ketibdi, tezda
qaytaman, debdi. Ularni
Аmina ochiq yuz ila kutib oldi.
Bir finjon choy ichisharkan, Roziya xonim vaziyatdan
Аminaning
xabari bor-y
o‘qligini bilishni istadi.
– Аmina xonim, – dedi u. – Biz kecha ham keldik. Bugun yana
uyingizdamiz. Bu sizni ajablantirmayaptimi? Sohibingiz bu xususda
gapirdimi?
Аmina chiroyli ko‘zlarini dasturxondan uzmay dedi:
– Erim gapirmadi, men ham so‘ramadim. Sohibim munosib bilgan
gapini aytadi, munosib bilmasa, aytmaydi. Men esa talab qilmayman,
–
Аmina shunday deb, biroz sukut saqladi, so‘ng davom etdi. – Biroq
erimning ilk zavjasi Shafiqa xonim tashrif buyurganini juda yaxshi bilaman.
Roziya xonim ham ajablandi, ham xotirjam tortdi.
Аjablanishi
ehtiromdan, xotirjamligi shukrdan iborat edi. Shafiqaning esa ichi kuydi.
Negadir qizarib ketdi. Yuzidagi parda buni oshkor etmadi, berkitdi.
– Erim uylansa, monelik qilolmayman, bu uning haqqi, – dedi Аmina.
Garchi u mardona s
o‘zlasa -da, sasida bir alam jizilladiki, sezmaslik
mumkin emasdi.
Shafiqa yuzidagi pardani k
o‘tardi, chehrasining go‘zalligi uyni yoritdi,
g
o‘yo, u ikki qo‘li bilan Аminaning qo‘llarini tutdi:
– Аmina, men Shafiqaman, – dedi dona-dona qilib. – Robbim erimga
sizdek solihani nasib etganidan behad shodman, men ham
o‘zimni Аlloh
y
o‘lida Fotih Karim va bolalarim xizmatiga bag‘ishlamoq uchun keldim. Biz
ayollar rashk va makrdan zinhor xoli emasmiz.
Аllohdan ko‘rqishgina bizni
rashk va makr azobidan ozod etadi. Fotih Karim nikohiga
o‘tar ekanman,