T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Kenja 
o‘g‘il Аbdulloh tuzaldi, u yangi mahallani ham tezda «o‘zlashtirdi»: 
tengdoshlarining tilini topdi
o‘zidan katta bolalarga qo‘shilib maktablarga 
ham borib yurdi. Ibrohim Yorqinga Shermuhammadbekning mahallasi 
yaqinidan hovli topib berishdi. Ixcham, uchta xonasi, oshxona, hammomlari 
bor, asosiysi, hovlining etagidan ariqda suv oqadi. Ibrohimning ayoli 
Robiyaning qalbi shodlikka t
o‘ldi. U salkam bir oyga cho‘zilgan safarning 
mashaqqatlari tugab, 
Аlloh ularga gulday maskan ato etgani uchun 
shukronalar keltirdi. Qisqa fursatda Ibrohim Yorqin xonadoni eng fayzli, eng 
barakali xonadonlardan biriga aylandi. Robiya ertadan kechgacha hovlini 
obod qilish, r
o‘zg‘orini tartiblash uchun kuymanadi, Ibrohim esa shu yerlik 
yordamchilar k
o‘magida kichik do‘kon ochdi. 
Oradan yillar 
o‘tdi. Аvval Shermuhammadbek, keyin Ehson hakim 
afandi vafot etdilar. Zamon 
o‘zgardi, odamlar o‘zgardi. Yer shari bo‘ylab bir 
shamol esardi, g
o‘yo. U shamol qaysi insonning tanasini silab o‘tsa, o‘sha 
inson faqatgina rohat va faro
g‘at muxlisiga aylandi. Rohat va farog‘at oliy 
qadriyat maqomiga k
o‘tarildi. Insoniyat qiziq tomoshalarni, yoqimli 
ohanglarni, maqtovu faxrni, lazzat va huzurni, nafis qomat va g
o‘zal 
chehralarni, ehtirosli nafas va tuganmas shodlik talabgori b
o‘lib qoldi. Hayot 
shu talab ustiga qurila boshlandi, maqsadlar, niyatlar faqat shu manzillarga 
qanot qoqdi. 
O‘tmishning ruhoniyat olamidagi soflik irsiyatini saqlagan 
ildizlar qirqildi, zamin hayoti tomiri qurib, shamol 
o‘ynab yurgan qoqshol 
daraxt qiyofasiga kirdi. Hamma yangi rang izlaydi, yangi shakl qidiradi, eski 
ranglar zerikarli, qadim shakllar keraksiz, g
o‘yo. Rang va shakllar 
a
hamiyatga aylandi, uning ichi unutildi. Harakatlar maʼnodan, so‘zlar 
haqiqatdan ayrildi. Zamon ana shunday 
o‘zgardi. Аjdodlar orzusi avlodlar 
nazdida qadrsizlandi. 
Аjdodlar yo‘lidan yurilmay qo‘ydi. Yurilmagan yo‘lni 
tikan bosdi. Nasllar t
o‘da –to‘da bo‘lib har tomonga sochildilar -da
yurayotgan joylarini Y
o‘l, deb atadilar. Biroq bu holni idrok etuvchilar kam 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin