T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аmina, sizni singlim kabi ko‘rishga ahd beraman. Sizga hargiz yomonlik
tilamasman. Balki, haqqingizga duo qilgayman.
– Shafiqa xonim, bizning yurtda erlarning ikki ayolga uylanishi
g‘ayritabiiy hol emas-ku, – deb kuldi Аmina. – Kundoshlar o‘rtasidagi
janjallar naqadar tabiiy b
o‘lsa, ularning o‘zaro sabrli bo‘lishlari shu qadar
majburiy.
Аllohim bergan ruxsat bo‘lmasa edi, erini baham ko‘radigan
muslima Yer yuzida topilmasdi, vallohu aʼlam. Sizning farzandlaringiz
mening farzandlarimdir. Ular sizning y
o‘qligingizni sezmasliklariga intildim.
Robbimiz rizoligi y
o‘lida ularga mehr ko‘rsatishimdan norizo bo‘lmaysiz, deb
inonaman.
– Bolalarimga rahm etganingiz kabi Аllohim hamisha sizga rahmat va
ma
g‘firat ravo ko‘rsin! – duo qildi Shafiqa ko‘zida yosh yiltirab. –
O‘g‘illarimni ko‘rsam bo‘ladimi?
... Shafiqa hikoyasini deyarli yakunladi.
– Erimga ikkinchi xotin o‘laroq nikohlandim, – dedi u tinglovchilariga
boqib.
– Bu voqealarga ham o‘n yildan oshdi. O‘g‘illarim o‘n besh, o‘n oltiga
t
o‘ldi. Robbim menga ham, Аminaga yana farzandlar ato etdi. Xulosa qilib
aytmoqchimanki, goho din muhiti insonga yetarli emas, inson tabiatini
Аllohim sirli yaratgan, odam bolasi xatolari ortidan aniq haqiqatlarni kashf
etmasa, qalban taskin topmas ekan.
– Hayratlanarli! – o‘rnidan turib ketdi Аnna. – Men zinhor aqlimga
si
g‘dira olmaydigan bir voqea! Hikoyangiz ertak singari jozibador. Аgar o‘z
o
g‘zingizdan buni tinglamasam edi, hech ishona olmasdim. Fikrimcha, ayol
tabiati Yer yuzining hech bir iqlimida
o‘zgarmaydi. Islomda bo‘lishi yoki
b
o‘lmasligidan qatʼiy nazar, ayol, avvalo, Ona. Uning fitratidagi onalik
tuy
g‘usi buyuk inʼom. So‘ng u sadoqatli va muhabbatga tashna hilqat.
Qizi
g‘i shundaki, ayolga muhabbatning ziyodasi malol keladi, ozi esa
yetmaydi.
Аyol o‘zini tushunishdan zaif bo‘lgan yaratiq. Shafiqa xonim, siz