T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda qimmatli qog‘ozlar bo'yicha investitsi operatsiyalari hisobi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

7.3. Banklarda qimmatli qog‘ozlar bo'yicha investitsi operatsiyalari hisobi
15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar” 
«Investitsiyalar» hisobvaraqlarida bank tomonidan 
investitsiya maqsadlariga uzoq muddatli asosda sotib olingan qimmatli qog'ozlaming


hisobi yuritiladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar va boshqa uzoq muddatli qarz 
majburiyatlari odatda ulaming to‘lov muddati kelgunga qadar bankning foizli 
daromadining doimiy oqimi bilan ta'minlash uchun hisobvaraqlarida hisobda turadi.
Aktsiyalarga qilingan investitsiyalaming hisobi bank tomonidan tijorat 
faoliyati 
uchun 
sotib 
olingan 
10700- 
«Oldi-sotdi 
qimmatli 
qog'ozlari» 
hisobvaraqlarida hisobga olinadigan aktsiyalardan tashqari barchasi 
15913- 
«Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'ida hisobga olinadi. Uzoq 
vaqt davomida egalik qiladigan aktsiyalar bankka o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, 
korxonalaming faoliyati va hisob siyosatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatish 
imkonini beradi. Ulaming analitik hisobi sotib olingan qimmatli qog'ozlaming turlari 
va muddatlari bo'yicha hamda emitentlar bo'yicha alohida yuritiladi.
Sotib olingan qimmatli qog'ozlar xarid qiymati bo'yicha hisobga olinadi, unga 
ulami xarid qilish bilan bog'liq barcha xarajatlar (brokerlik va birja vositasi haqi va 
x.k.) shu jumladan, ko'zda tutilmagan xarajatlar kiritiladi va quyidagi buxgalteriya 
hisobi yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 15900-“S o‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalariga obuna bo'lishda bank aktsiyalar 
qiymatining bir qismini to'lashi mumkin. Aktsiyalar qiymati va obuna bo'yicha 
kiritiladigan to'lov summasi o'rtasidagi farq summasi aniqlanadi va ular quyidagi 
buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i - aktsiyalar 
narxi,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 
- to'lov summasi 
va 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni” -obuna 
paytidagi aktsiya narxi hamda obuna to'lovi farqi sifatida hisobga olinadi. Bank 
obuna bo'yicha qolgan summani to'laganda:
Dt 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni” 
hisobvarag'i,
Kt 16103-“Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
bo’yicha olinadigan mablag’lar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar” hisobvarag'i.
Agar qarz majburiyati diskont yoki mukofot bilan sotib olinsa, diskont yoki 
mukofot xarid qilish sanasida ro'yxatga olinmaydi. Biroq, diskont yoki mukofot 
summasi to'g'ri chiziqli usul bo'yicha qarz majburiyatining muomalada bo'lishi 
muddati davomida amortizatsiya qilinadi. Muomala muddatining so'ngida qarz 
majburiyatlariga qilingan investitsiyalaming balans qiymati qarz majburiyatining 
nominal qiymatiga teng bo'lishi lozim.
Diskont amortizatsiyasi summasiga 
Dt 44800-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i va mukofot 
amortizatsiyasi summasiga esa,


Dt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i,
Kt 44800-“S o ‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag'i.
Aktsiyalar shuningdek, diskont (ya’ni nominal qiymatidan past) yoki mukofot 
bilan (ya’ni nominal qiymatidan yuqori) xarid narxda qilinishi mumkin. Bunda 
diskont yoki mukofot xarid kuniga qayd va amortizatsiya qilinmaydi, ya’ni, burchli 
majburiyatlar diskontlari hamda mukofotlaridan farqli o'laroq, xarid qilingan 
aktsiyalar narxini nominal qiymatga keltirish davri hisobga olinmaydi.
Balans hisobotini tuzish sanasida bozor qiymatini balans qiymati bilan 
taqqoslash orqali qimmatli qog'ozlar qayta baholanadi va ulaming bozor qiymatini 
aniqlashda, birja va birjadan tashqari bozorlarda shaklIanadigan baholar to'g'risidagi 
ma'lumotlardan foydalaniladi. Fond bozorida kotirovka mavjud bo'lmagan hollarda, 
muayyan qimmatli qog'ozlaming qiymati emitentning moliyaviy hisoboti, auditorlik 
hisobot ma'lumotlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunda aktsiyalar qiymati sof 
aktivlami muomalaga chiqarilgan aktsiyalar soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Qrz 
majburiyatlarining balans qiymati diskont yoki mukofot amortizatsiyalari hisobiga 
xarid qiymatidan farq qilishi mumkin.
Aktsiyalaming balans qiymati ulami sotib olish qiymatiga teng. Barcha 
qimmatli qog'ozlar bir vaqtning o'zida qayta baholanadi, ya’ni bozor yoki balans 
qiymatining eng kami bo'yicha baholanadi. Agar bozor qiymati balans qiymatidan 
past bo'lsa, bank xarajatlari hisobidan qoplanishi mumkin boMgan zararlami qoplash 
zahirasi barpo etiladi. Bunda balans qiymati va bozor narxi o'rtasidagi farq 
summasiga,
Dt 56826- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog'ozlarga 
qilingan 
investitsiya bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami baholash” 
hisobvarag'i,
Kt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
Agar bozor qiymati balans qiymatidan yuqori bo'lsa zahira nolga 
tenglashtiriladi.
Investitsiyalar hisobvaraqlarda ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasi umumiy asosda belgilanadi. Bu shuni anglatadiki, bozor qiymatini balans 
qiymati bilan taqqoslash qimmatli qog'ozlaming har bir turi bo'yicha amalga 
oshiriladi, shundan so'ng, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplashning umumiy 
zahirasini barpo etish uchun jamlanadi.
Bunda oldindan barpo etilgan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan zararlami qoplash zahirasining hajmidan 
yuqori bo'lsa, u holda zahira ortiqcha bo'lgan summaga kamaytiriladi, ya’ni:
Dt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt 56826- “So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog’ozlarga 
qilingan 
investitsiya bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlami baqolash” 
hisobvarag'i.


Agar oldindan barpo etilgan ko‘rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan zararlami qoplash zahirasining hajmidan 
past bo'lsa, u holda zahira ko‘zda tutilgan hajmgacha qo‘shimcha ravishda oshiriladi, 
ya'ni:
Dt 56826- “So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog’ozlarga 
qilingan 
investitsiya bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlami baqolash” 
hisobvarag'i,
Kt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi kontraktiv hisobvaraq 
bo'lib, qimmatli qog'ozlaming umumiy balans qiymatidan chiqariladi va quyidagi 
tarzda amalga oshiriladi: Investitsiyalar hisobvaraqning - balans qiymati minus 
investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi 
investitsiyalar hisobvarag'i - sof qiymati ko'rinishida aks ettiriladi
Agar qimmatli qog'ozlami sotishda yoki qisqa muddatli qarz majburiyatlari 
to'lovini amalga oshirishda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i - amaldagi sotish bahosiga,
Kt 15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i - balans qiymati summasiga.
Agar sotish (to'lovini amalga oshirish) bahosi qimmatli qog'ozlaming balans 
qiymatidan yuqori bo'lsa, foyda summasiga 45803- “Sotishga mo’ljallangan 
qimmatli qog’ozlami sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” yoki 45809- 
“Xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo'yicha olingan dividendlar” hisobvaraqlari 
(aktsiyalar bo'yicha) kreditlanadi. Agar sotish bahosi qimmatli qog'ozlaming balans 
qiymatidan past bo'lsa, sotishdan ko'rilgan zararlar summasiga 55804- “Sotishga 
mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan 
zararlar” yoki 55806-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog'ozlaming 
sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar” 
hisobvaraqlari (aktsiyalar 
bo'yicha) debetlanadi. Shuningdek, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash 
zahirasi qayta hisob-kitob qilinadi va buxgalteriya hisobida uning summasi tuzatib 
qo'yiladi.
Bankning 
15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli 
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar”-hisobvaraqlarida hisobga olingan qimmatli 
qog'ozlarga nisbatan operatsiyalari mazmuni o'zgartirilsa, u holda ulaming hisobi 
10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” - tegishli hisobvaraqlarga o'tkazilishi (qayta 
tasniflanishi) mumkin. Bu foiz stavkasi, bozor narxi, moliyalash shartlari va 
manbalarining o'zgarishi oqibatida vujudga keladi. Natijada, o'tkazish balansi va 
bozor qiymatlarining eng kami bo'yicha amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan 
narxlaming eng kami o'tkazilgan qimmatli qog'oz uchun yangi balans qiymati 
bo'ladi. Agar bozor qiymati balans qiymatidan past bo'lsa, o'tkazishdagi tafovut 
55804- “Sotishga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya 
qilishdan ko'rilgan zararlar” yoki 55806-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan


qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar” - 
(aktsiyalar uchun) debetiga kiritiladi.
Bunda, 10700-“01di-sotdi qimmatli qog‘ozlari” -bozor qiymatiga,
Dt 55804- “Sotishga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki 
dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar” yoki 55806-“So‘ndirish muddatigacha 
saqlanadigan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan 
zararlar” hisobvarag'i - farq summasi,
Kt 15900-“So ‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i - balans qiymati.
Shuningdek, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi qayta hisob- 
kitob qilinadi va buxgalteriya hisobida uning summasiga tuzatish qilinadi. 
Shuningdek, obligatsiyalar bo'yicha foiz ushbu qimmatli qog'ozlaming nominal 
qiymati bo'yicha (xarid qiymati bo'yicha emas) hisob-kitob qilinadi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin