Bank aktsiyasiga obuna ro‘yxatga olinganligi uchun, lekin to‘lik puli
to'lanmagan
va
aktsiya
(sertifikati
)
ham
berilmagan
vaqtda
quyidagi
hisobvarag'larda aks ettiriladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30303- “Imtiyozli aktsiyalar uchun obuna mablag'ining to'lanmagan qismi
(kontr-passiv)” yoki 30306- “Oddiy aktsiyalar uchun obuna mablag'ining
to'lanmagan qismi (kontr-passiv)” hisobvarag'i.
A'zo bo'lgan aktsiya qiymati bilan aktsiya uchun to'langan pul mablag'i farqiga,
ya'ni, to'lanishi kerak bo'lgan summaga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv
yoziladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
“Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Obuna bo'lgan aktsiya uchun puli to'liq to'langanda, aktsionerlik kapitalidagi
ulushi tasdiqlanib, aktsiya (sertiflkat) blankasi berilganda, esa,
a) aktsiya uchun to'lanishi kerak bo'lgan qoldiq summa to'langanda,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30303- “Imtiyozli aktsiyalar uchun obuna mablag'ining to'lanmagan qismi
(kontr-passiv)” yoki 30306- “Oddiy aktsiyalar uchun obuna mablag'ining
to'lanmagan qismi (kontr-passiv)” hisobvarag'i.
b) aktsiya (sertifikat) blankasi berilganda,
Dt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30318- “Chiqarilgan
ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Aktsiyaning nominal boshlang'ich qiymati bilan obuna qilingan aktsiya qiymati
o'rtasidagi farq summasiga 30603- “Qo'shimcha capital” hisobvarag'ining «O 'z
aktsiyasini sotishdan qo'shilgan kapital» hisobvarag'i kreditiga yozuv qilinadi. Bir
vaqtning o'zida aktsiya (sertifikati) blankasi berilganda,
Dt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30318- “Chiqarilgan
ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Aktsiyani sotishda boshlang'ich nominal qiymatidan haqiqatda sotilgan qiymati
o'rtasidagi oshiqcha farq summasiga 30603- «Qo'shilgan kapital» hisobvarag'ining
«O 'z aktsiyasini sotishdan qo'shilgan kapital» hisobvarag'i kreditiga yozuv qilinadi.
Dostları ilə paylaş: