T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

A s

-----
x D b s
A b s
Bunda, As- amortizatsiya summasi, AK- aktivning amortizatsiyalanadigan 
qiymati, Dbs- Ushbu davr uchun birliklar soni (ish hajmi), Abs- aktivning butun 
foydali xizmat qilish muddati uchun mo'ljallangan birliklar soni (ish hajsmi)dir.
3. Aktivlardan jadal ravishda foydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining ta’siri katta bo'lganda aktivlar eskirishini tezlashtirilgan eskirish 
usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
3.1. Yillar yig'indisi usuli - ob’ektning xizmat qilish muddati, hisoblangan yillar 
yig'indisidan iborat bo'lib, u hisoblash koeffitsientining maxrajida bo'ladi. Ushbu 
koeffitsientning suratida ob’ektning xizmat qilish muddati oxirigacha qoladigan yillar 
soni (teskari tartibda) hisoblanadi.
3.2. Kamayib boruvchi qoldiq usuli - aktivning foydali xizmat qilish muddati 
davomida hisoblanayotgan amortizatsiya summasini kamayib borishini nazarda


tutadi. Bu usul ham yillar yig'indisi usulidagi kabi tamoyillarga asoslangan. Ushbu 
usulda to‘g‘ri chiziqli usuldagiga nisbatan ikki baravar oshirilgan amortizatsiya 
me'yori qo'llaniladi.
Banklarda asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari bank xarajatlariga 
o'tkaziladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 56600 - “Eskirish xarajatlari” tegishli hisobvarag'i,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i.
Yuqorida bildirilgan fikrlar va ko'rib chiqilgan amaliy ma’lumotlarga asoslanib, 
shuni ta'kidlash joizki, banklarda foydalanishda bo'lgan asosiy vositalarga 
amortizatsiya hisoblashda, aktivlaming foydalanish muddatidan kelib chiqib, ularga 
eng samarali bo'lgan usullaming birini tanlashda, bankning moliyaviy natijalariga 
ta’siri nuqtai nazardan yondoshishni talab qiladi. Chunki, ushbu samarali usul hisobot 
oyida ko'rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritilishiga qarab, ulaming ortishi yoki 
kamayishiga olib keladi.
8.4. Asosiy vositalam i hisobdan chiqarish va uning buxgalteriya hisobi
Tijorat banki binolari va keraksiz anjomlar sotilayotganda, bepul berilayotganda, 
shuningdek, yaroqsiz holga kelgan bino-inshootlar hamda anjomlar balansdan 
chiqarilayotganda ulaming qiymati qabul qilish- topshirish dalolatnomalari hamda 
yuqori banklaming farmoyishlariga amalga oshiriladi. Bunda, asosiy vositalarning 
chiqib ketishi ulami tugatish haqidagi AV-4-sonli dalolatnomaga binoan hisobdan 
chiqariladi. Agar asosiy vositalar tarkibida avtotransport vositalari bo'lganda esa, 
tugatish haqidagi AV-4a-sonli dalolatnomaga binoan hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalami tugatish to'g'risidagi dalolatnomalarda ulami tugatishdan 
olingan materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa tugatish bilan bog'liq xarajatlar, 
shuningdek, boshlang'ich qiymati, eskirish qiymati va tugatish natijasi ko'rsatiladi.
Banklarda asosiy vositalar quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilishi mumkin: 
to'liq jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganda: sotilganda: qaytarib bermaslik sharti 
bilan berilganda: fors-major hollarda: kamomad va yo'qotishlar aniqlanganda: 
aktivlardan foydalanish to'g'risida bank rahbariyati qaror qabul qilinganda: uni 
hisobdan chiqarish jarayonida hech qanday iqtisodiy foyda bermaganda.
Asosiy vositalar sotilayotganda sotishdan tushgan tushum uning qoldiq 
qiymatidan yuqori yoki pastligiga qarab, moliyaviy natija aniqlanib, hisobotlarda 
daromad va xarajat sifati tan olinadi. Agar banklarda asosiy vositadan foydalanish 
to'xtatilgan va boshqa holatlarda hisobdan chiqarish rejalashtirilgan paytda aktivning 
foydalanish to'xtatilgan kundagi balans qiymati aniqlanadi. U holda ushbu hisobdan 
chiqarilayotgan asosiy vositaning qoldiq qiymati buxgalteriya hisobida quyidagicha 
ramiylashtiriladi: Masalan:
1) bank binolari bo'lsa,
Dt 16511- “Binolar va boshqa imoratlaming yig'ilgan eskirish summasi (kontr- 
aktiv)” hisobvarag’i,
Kt 16509 - “Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar” hisobvarag’i.


2) 
30908- “BoshlangMch qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” hisobvarag'idagi mazkur asosiy vosita ob’ektiga tegishli boMgan qoldiq 
summasiga,
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” hisobvarag’i,
Kt 31203- “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag’i.
Shuningdek, bankning asosiy vositalari boshqa tashkilotlar va boshqa banklarga 
quyidagi narxlarda sotilishi mumkin: binoning sotuv narxi - qoldiq qiymatidan 
yuqori bo'lishi yoki binoning sotuv narxi - uning qoldiq qiymatidan kam bo'lishi 
mumkin. Agar, bankning transport vositasi sotilganda, sotib oluvchi asosiy vositani 
to'liq rasmiylashtirgandan so'ng, uning qiymatini to'lab berganda,
Dt 
19909- “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan 
mablag'lar” 
hisobvarag’i,
Kt 1 6 529-“Transport vositalari” hisobvarag’i.
Agar sotilgan asosiy vosita bo'yicha to'lov kelib tushsa,
Dt 16103- “Bosh bank/ filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
bo'yicha olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i,
Kt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
Agar, bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning 
qoldiq qiymatidan yuqori bo'lsa, u holda, 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va 
ko'rsatilgan xizmatlar 
uchun to'lanadigan mablag'lar” -sof tushum summasiga 
debetlanib, 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar” qoldiq 
qiymati va 45909- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan 
olingan foyda”- farq summasiga kreditlanadi.
Maboda, bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati 
uning qoldiq qiymatidan past bo'lsa, u holda,
Dt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag'i -sof tushum summasi,
Dt 55902- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan 
zararlar” - hisobvarag'i -farq summasi,
Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan 
mablag'lar” - 
hisobvarag'i- qoldiq qiymati.
Agar, bank tomonidan sotilayotgan asosiy vositalarga xaridor tomonidan 
oldindan to'lov amalga oshirilsa,
a) aktivning sotish summasiga,
Dt 16103- “Bosh bank/ filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
bo'yicha olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i,
Kt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
b) bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning 
qoldiq qiymatidan yuqori bo'lsa, u holda,
Dt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i - sof tushum summasi,


Dt 45909- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan 
foyda” hisobvarag’i - farq summasi
Kt 16529- “Transport vositalari” hisobvarag’i - qoldiq qiymati. 
v) agar, bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning 
qoldiq qiymatidan past bo'lganda esa, u holda,
Dt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i - sof tushum summasi
Dt 55902-“Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan 
zararlar” hisobvarag’i -farq summasi,
Kt 16529- “Transport vositalari” hisobvarag’i - qoldiq qiymati.
Ushbu 
operatsiyalaming amalga oshirilishni amaliy ma'lumotlar asosida 
quyidagi misolni ko'rib chiqamiz
1. Deylik, bankning transport vositasi 7,0 mln so'mga sotildi va uning qoldiq 
qiymati 5,0 mln. so'm. ( 400,0 ming so'mi qo'shimcha qiymat solig'i sifatida 
to'landi).
1) Transport vositasi xaridorga berildi (qoldiq qiymati balansdan chiqarildi).
Dt 
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan 
mablag'lar” 
hisobvarag’i - 5,0 mln.so'm,
Kt 16529-“Transport vositalari” hisobvarag’i - 5,0 mln.so'm.
2) Transport vositasining sotish qiymatiga, - 7,0 mln. so'm.
Dt 45909- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan 
foyda” - 7,0 mln. so'm.
Kt 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” - 7,0 mln. so'm.
3) QQS hisoblanganda,
a) Dt 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” -400,0 mln. so'm,
Kt 22504-“Hisoblangan boshqa soliqlar” - 400,0 mln. so'm.
b) QQS tegishli davlat soliq idoralariga to'lab berilganda,
Dt 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan mablag'lar” - 400,0 ming. so'm,
Kt xxxxx- byudjetning QQS bo'yicha hisobvarag'i - 400,0 ming. so'm.
4) QQS to'lab berilgandan so'ng qolgan summaga,
Dt 29802-“Tovar- moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar 
uchun 
to'lanadigan mablag'lar” -6,6 mln. so'm,
Kt 
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan 
mablag'lar” 
hisobvarag'i - 5,0 mln.so'm
Kt 45909- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan 
foyda” hisobvarag'i - l,6mln. so'm.
2. Agar, yuqoridagi operatsiya bo'yicha bankning transport vositasi 4,0 mln 
so'mga sotilgan deylik, uning qoldiq qiymati esa 5,0 mln. so'mni tashkil etgan, u 
holda,
Dt-19909-“Tovar-moddiy 
qimmatliklar 
uchun 
to'langan 
mablag'lar” 
hisobvarag'i - 4,0mln. so'm,


K t 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i - 4,0mln. so'm.
Bir vaqtning o'zid a ko'rilgan salbiy natijaga esa,
D t 29802- “Tovar - moddiy 
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i - 4,0 mln. so'm
Dt 55902- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan 
zararlar”- 1,0 mln. so'm ,
Kt 16529 - “Transport vositalari” hisobvarag'i -5,0 mln so'm .
Banklarda asosiy vositalarning yaroqsiz holga kelganida, qiymati to'liq jismoniy 
va ma'naviy eskirganda, kamomad yoki yo'qotishlar aniqlanganda, tekinga 
berilganda, fors-major holatlari vujudga kelganda buxgalteriya hisobida quyidagicha 
rasmiylashtiriladi:
Dt 55902- “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan 
zararlar” hiso b v arag 'i,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i.
Banklarda asosiy vositalarning xizmat qilish muddati tugashiga qaramasdan, 
foydalanishga yaroqli bo'lsa, ulardan keyinchalik ham foydalanish mumkin va ular 
balansdan chiqarilmasligi hamda eskirish hisoblanmaydi. Agar bank tomonidan 
asosiy 
vositalar 
boshqa 
tashkilotning 
ustav 
kapitaliga 
qo'yilm a 
sifatida 
yo'naltirilgandi, u holda ulam ing qiymati tegishli balans hisobvaraqlaridan 
chiqariladi va ustav kapitaliga kiritilayotgan vositaning haqiqiy qiymati 15800- 
«Qaram xo'jalik jamiyatlariga, qo'shm a korxonalarga va shu'ba xo'jalik jamiyatlariga 
qilingan investitsiyalar» hisobvarag'ining tegishli hisobvaraqlariga debetlanadi.
Shuningdek, tijorat banklari (bosh bank) o'ziga qarashli filiallarini asosiy 
vositalar bilan ta'minlab turishlari mumkin. Bunda, ularda berilayotgan asosiy 
vositalarning qiymati buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin:
1) bosh bankda,
a) Dt 16104- “Bosh bank/ filiallardan olinadigan m ablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvarag'i - qayta baholash natijasini ayirgandagi qoldiq qiymati,
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” hisobvarag'i - qayta baholash natijasi,
Dt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'ining - eskirish summasi,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i -balans qiymati.
b) agar asosiy vositalar ombordan berilsa,
Dt 16104-“Bosh bank/ filiallardan olinadigan m ablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar”- qayta baholash natijasini ayirgandagi qoldiq qiymati,
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi”- qayta baholash natijasi,
Dt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i - eskirish summasi,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i - yalpi balans qiymati.
2) Agar bank filiali asosiy vositani qabul qilganda:
a) Dt 16500-“Asosiy vositalar” -tegishli hisobvarag'i - yalpi balans qiymati,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” - tegishli eskirish» hisobvarag'i.
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” - hisobvarag'i- qayta baholash natijasi,


Kt 22205- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvarag'i - qayta baholash natijasidan qoldiq qiymatni ayirish 
summasi.
b) maboda asosiy vosita bank omboriga qabul qilinsa,
Dt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag'i -yalpi balans qiymati,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” - tegishli yig'ilgan eskirish» hisobvarag'i,
Kt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” - hisobvarag'i- qayta baholash natijasi,
Kt 22205- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvaraqlari — qayta baholash natijasidan qoldiq qiymatni ayirish 
summalari.
Yuqorida keltirilgan ushbu operatsiyalami Banklaming yagona balansi 
hisobotini umumlashtirishda 16104- “Bosh bank/ filiallardan olinadigan m ablag'lar -
Tovar-moddiy qimmatliklar” va 22205- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan 
mablag'lar - Tovar-moddiy qimmatliklar” hisobvaraqlar chiqarib tashlanadi va 
balans hisobotida aks ettirilmaydi. Bosh bank va uning filiallari o'rtasida bo'ladigan 
operatsiyalar harakatini quyidagi amaliy ma'lumotlar asosida ko'rib chiqamiz.
1. Deylik, bosh bankdan filialga balans qiymati - 100,0 ming so'm , unga 
hisoblangan eskirish summasi -200,0ming so'm va 30908- “Boshlang'ich qiymatiga 
nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaraq qoldig'i -10,0 ming 
so'm asosiy vosita berildi. Ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha 
rasmiylashtiriladi:
Dt 16104- “Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar» hisobvarag'i - 70,0 ming so'm ,
Dt 16500-“Asosiy vositalar” - tegishli yig'ilgan eskirish hisobvarag'i -20,0 
ming so'm,
Dt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” - 10,0 ming so'm ,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” hisobvarag'i - 100,0ming so'm.
2. Ushbu asosiy vositalar bank filiali tomonidan qabul qilinganda,
Dt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i -100,0 ming so'm,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” 
- tegishli hisobvarag'ida yig'ilgan eskirish 
summasi -20,0 ming so'm ,
Kt 22205- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvarag'i - 70,0 ming so'm,
Kt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” hisobvarag'i - 10,0 ming so'm.
3. Deylik, balans qiymati -80,0 ming so'm , yig'qilgan eskirish summasi -10, 
ming so'm va 
30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining 
oshgan summasi” hisobvaraq qoldig'i -10,0 ming so'm bo'lgan asosiy vosita «А» 
filialdan «В» filialga berilganda, ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha 
rasmiylashtiriladi:
1) «А» filialda,
Dt 16104- “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvarag'i «В» - 60,0 ming so'm ,


Dt 16500-“Asosiy vositalar” 
- tegishli hisobvarag'ida yig'ilgan eskirish 
summasi - 10,0 ming so'm ,
Dt 30908- “ Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” - 10,0 m ing so'm ,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” - tegishli hisobvarag'i 80,0 ming so'm .
2) «В» filialda esa,
Dt 16500-“Asosiy vositalar” - tegishli hisobvarag'i 80,0ming so'm ,
Kt 16500-“A sosiy vositalar” - tegishli hisobvarag'i yig'ilgan eskirish summasi - 
10,0 ming so'm ,
Kt 30908- “Boshlang'ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi” hisobvarag'i -1 0 ,0 ming so'm ,
Kt 22205- “ Bosh bank/filiallarga to'lanadigan m ablag'lar - Tovar-moddiy 
qimmatliklar” hisobvarag'i - 60,0ming so'm.
Shunday qilib, Banklarda asosiy vositalarning turlicha chiqib ketishi bo'yicha 
amalga oshirilgan operatsiyalaming buxgalteriya hisobini to 'g 'ri tashkil qilish, 
ulardan kutiladigan xarajatlar va daromadlami tan olishning ob’ektivligini 
ta'minlaydi, shuningdek, kelgusida ulardan samarali foydalanishni nazorat qilishga 
yaqindan yordam beradi.
8.5. N om oddiy ak tiv la m in g turkum lanishi, baholanishi 
va u lam in g hisobini yuritish
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar xuddi asosiy vositalar kabi ta'rifga ega, 
ya'ni, ular sub’ektlar tomonidan foydalanish uchun saqlanadi v a uzoq muddat 
foydalanish uchun sotib olinadi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy ko'rinishga ega bo'lm agan va foydali xizmat 
muddati bir yildan ortiq bo'lgan hamda ulardan bank xizmatlarini amalga oshirishda 
yoki ma'muriy m aqsadlar uchun foydalanishga m o'ljallangan aktivlar hisoblanadi. 
Ular quyidagicha turkumlanadi: patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill, savdo 
markalari, kom pyuter dasturiy ta'minotlari, litsenzi kabilardan iboratdir. Nomoddiy 
aktivlar bankga quyidagi manbalardan: sotib olish yo'li bilan; bank ichida yaratilishi 
yo'li bilan va tekinga olish yo 'li bilan kirim qilinadi.
Banklarda nomoddiy aktivlami balansga qabul qilish jarayonida qabul qilish 
dalolatnomalari tuziladi va ulam ing haqiqiy qiymati ko'rsatilib, quyidagi: dastlabki 
qiymati, tiklash qiymati, eskirish qiymati, balans qiymati bo'yicha hisobga olinadi. 
Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari, ulaming balans qiymati va 
shu aktivlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan amortizatsiya usullarini, 
amortizatsiya hisoblash tartibini, shuningdek, balans qiymatining o'zgarishini hamda 
ulami hisobdan chiqarishdan ko'rilgan moliyaviy natijalar hisobini aniqlashdan 
iboratdir.
Nomoddiy aktivning o'zining ta’rifiga javob bersa, bank tomonidan kelajakda 
iqtisodiy sam ara olish ehtimoli mavjud bo'lganda va aktivning qiymatini ishonchli 
aniqlash mumkin bo'lsa, ushbu aktiv nomoddiy aktiv sifatida tan olinishi lozim. 
Bunda nomoddiy aktivlami barpo etish va sotib olish jarayonida quyidagi 
tamoyillami qo'llash maqsadga muvofiqdir:


- sotib olishda - tannarx tamoyilini qo'llash;
- foydalanish davridagi mutanosiblik tamoyilini qo'llash - bunda qilingan xarajatlar 
va bu xarajatlar evaziga olingan daromad bir vaqtda aks ettirilishi talab qilinadi;
- muomaladan chiqim qilinayotganda daromadni e'tirof etish tamoyilini qo'llash, 
ya’ni. chiqim qilishda - olingan to'lov va hisobdan chiqqan aktivning balans 
qiymati o'rtasidagi farqqa teng bo'lgan foyda yoki zarar e'tirof etiladi.
Ushbu talab chetdan sotib olingan nomoddiy aktivlar bilan birga bank ichida 
yaratilgan nomoddiy aktivlar uchun ham qo'llaniladi. Bank aktivlaridan unumli 
foydalanish muddati davomida mavjud bo'ladigan va kelajakda olinadigan iqtisodiy 
samara ehtimolini baholash lozim bo'ladi. Bunda nomoddiy aktivlardan kelgusida 
olinadigan iqtisodiy samara, bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida vujudga 
keladigan, xizmatlami sotishdan kelib tushadigan tushum va xarajatlami tejash 
hamda boshqa foydalami o 'z ichiga olishi mumkin.
Agar nomoddiy aktiv, nomoddiy aktiv sifatida tan olishning ta’rifiga ham, 
mezonlariga ham javob bermasa, u holda ushbu modda bo'yicha xarajatlar ular qaysi 
davrga tegishli bo'lsa, shu davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Aktivlami 
nomoddiy 
aktiv sifatida ta'riflash 
imkoni 
bo'lmaganda, 
shu elementning 
muhimligidan kelib chiqib aniqlanadi. Ayrim hollarda nomoddiy aktivlar qoldiq 
qiymatiga ega bo'lishi mumkin, shunga haramay, ma'lum xizmat muddati yoki amal 
qilish muddatiga ega bo'lmagan nomoddiy aktivning qiymati asosli taxmin qilingan 
muddatda amortizatsiya qilinadi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin