Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “O`zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning tarifi”


O`zbekistoning alohida muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi xaritasi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə3/11
tarix18.02.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#84872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TABIAT KURS ISHI ozoda

O`zbekistoning alohida muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi xaritasi.
2.O`ZBEKISTONDAGI QO’RIQXONALAR VA ULARNING TIPLARI
Qo`riqxona quriqlik va suvlarning o`ziga xos landshaftlarini tabiiy holda saqlash uchun ajratilgan joylar bo`lib, xo`jalikda undan foydalanilmaydi. O`zbekistonda qo`riqxonalarning umumiy maydoni 2164 km kvadratga teng. Uning asosiy maqsadi tabiatning noyob diqqatga sazovor qismlari landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun uzoq vaqtgacha saqlashdan iboratdir
Rеspublikаdа 9 tа qo’riqхоnа mаvjud, ulаrning umumiy mаydоni – 209607,3 gа. Milliy tаbiаt bоg’lаri mа’lum mаqsаdlаr uchun fоydаlаnishgа yo’nаltirilgаn bo’lishi mumkin. Hududni muhоfаzа qilish vа fоydаlаnish o’zigа хоs rеjimgа аsоslаnаdi. Milliy tаbiаt bоg’lаri biохilmа-хillikni sаqlаsh vа tаbiаtdаn fоydаlаnishning оqilоnаligi vа nаzоrаtliligigа tаyanаdi. Rеspublikаdа 3 tа milliy tаbiаt bоg’i mаvjud.
Tаbiаt buyurtmаlаri rеspublikа vа mаhаlliy tоifаlаrgа bo’linаdi. Dаvlаt tаbiаt buyurtmаlаri хo’jаlik yuritishdаn to’liq аjrаtilmаydi, birоq hududdаgi хo’jаlik yurituvchi sub’еktlаr o’rnаtilgаn tаrtibni sаqlаshlаri lоzim. Buyurtmаlаr dоimiy bo’lmаsligi mumkin. Ulаr аlоhidа hаyvоn vа o’simlik turlаrini muhоfаzа qilish uchun tаshkil etilаdi. Rеspublikаdа mаvjud 11 tа buyurtmаning umumiy mаydоni – 1716200 gа. Ulаrning tаshkil etilish muddаti chеksiz, mа’lum muddаtli – 5 vа undаn ko’p yoki 5 yildаn kаm muddаtli bo’lishi mumkin.
3-Rasm

O`zbekistondagi qo`riqxona.
Nurota tog'-yong'oqzor davlat qo'riqxonasi. Qashqadaryo viloyatida, Hisor tog’ tizmalari g’arbida (Yakkabog’ va Shahrisabz tumanlari togli hududlarida) joylashgan davlat qo’riqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qo’riqxonalari negizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80986,1 ga, shundan 12203 ga o’rmonzorlar, 2745 ga o’tloqzor, 17 m ga suv havzalaridan iborat. Tabiiy landshaft majmualari va Hisor tog’ tizmasi ekotizmlarini saklash maqsadlarida tashkil etilgan. Qo’riqxonada o’simliklarning 870 (O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor o’simliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov astragali, oq parpi, Oshanin piyozi, anzur piyoz kabi 35 dan ortiq). Nurota tizmasida 78 oilaga tegishli tomirli o’simliklarning 814 turi mavjud. Ayni paytda, Nurota tizmasidagi o’simliklarning 29 turi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, ulardan 3 turini lolalar, 5 turini astragal va boshqa o`simlik turlari tashkil etadi.
Bu hududda mahalliy aholining asrlar davomida band bo’lgan bog'dorchilik faoliyatidan dalolat beruvchi, ko’plab buta va daraxtlarni, ayniqsa, boy sun'iy mevali o’rmonlarni ko`rish mumkin. Bu noyob landshaft turlaridan sanagan sun'iy o’rmonlar yong'oq va boshqa daraxtlardan tashkil topgan. O’rmonlarning bir qismini yong`oq, olma, qora va oq tut, o’rik, olcha, uzum, nok kabi mevali daraxtlar tashkil etsa, boshqa qismi terak, tol, qayrag'och kabi daraxtlarda tuzilgan. Tog` yon bag`rlaridagi buta va o`rmonzorlar asosan achchiq bodom va shu kabi daraxtlardan tashkil topgan. Bubdan tashqari bu yaerda Markaziy Osiyo mintaqasi juda kam uchraydigan daraxt-Shrqiy biota ham bor. Bir ming yoshli biyotaning aylanasi 8,5 metr bo`lib, Mojrum qishlog`ida joylashgan.
Nurota davlat qo`riqxonasi o`ziga xos boy va rang-barang fauna olami bilan ham ajralib turadi. U yerda sut emizuvchilarning 34 turi mavjud. Bu yerda keng tarqalgan va boshqa hududlarda kam uchraydiganturlardan biri bu Severtsov qo`ylari sanaladi. Shu bilan birga bu yerda noyob hayvonot olaming boshqa turlarini ham kuzatish mumkun. Yirtqichlarning tulki, bo`ri, to`ng`iz, shoqol va boshqa turlari asosan tog`ning baland qismlarida ko`plab uchraydi. Tog`ning pastki tomonida esa, bo`rsiq, cho`l mushugi, suvsar kabi hayvonlarini ko`rish mumkun. Tog` etaklarida va o`rmonzorlarda yovoyi cho`chqalar yashaydi, qo`riqxonaning tabiiy muhiti ularning yashashi uchun qulay shart sharoit yaratadi.
4-Rasm

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin