Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “O`zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning tarifi”


O`zbekistonning qo`riqxonalarining nomlari



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə9/11
tarix18.02.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#84872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TABIAT KURS ISHI ozoda

O`zbekistonning qo`riqxonalarining nomlari.
1979 yil 22 martda O'zbekiston Respublikasi hukumati 26-raqamli farmoni bilan Kitob davlat geolog qo'riqxonasini tashkil qildi. Maydoni 233 3938 ga Kitob qo'riqxonasi Zarafshon tog' tizmalarining Jindidaryo daryosining chap qirg'og'idan Qashqadaryoning Kitob rayonigacha bo'igan joylarda joylashgan. Qo'riqxona relefining balandligi dengiz sathidan 1300 m dan 2650 m gacha. Hududda Obi Safit, Xo'jaqo'rg'on, Zinzilbon, Novabak, Kushnova, Qizilolma, Kule, Jarshafi, Tushlik kabi vodiylar joylashgan. Hisor va Xazrat Sulton tog' tizmalarining quyi qismida eng chiroyli manzara Shirdog' joylashgan.
Bu yerlarda entomo -faunaning ob'ektlari, ya'ni 80 turdan ko'proq kapalaklami ko'rish mumkni. Ulaming 4 turi O'zbekiston Respubliasining Qizil kitobiga kiritilgan. 23 oilaga oid bo'igan 51 turdagi o'rgimchaklar, Raksimonlaming 11 turini uchratish mumkin. Suv jonzotlaridan 3 turdagi baliqlar, 2 tur amfibiya (yer suv jonzotlari) 14 tur sudralib yuruvchilar. 128 turdagi qushlar hamda 21 turdagi sutemizuvchilar mavjud. Umumiy jonzotlarning 168 turi mavjud 234 bo'lib, shulardan 10 turi O'zbekiston Respubliksi Qizil kitobiga kiritilan. Masalan: Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i, qushlardan oqtoshsip, qora quzg'un, borodaeh, burgut, qora laylak kabilar eng qo'riqlanishi lozimm bo' lgan jonzotlardir.
5.SURXON DAVLAT QO'RIQXONASI
Surxon davlat qo'riqxonasi O'zSSR Vazirlar mahkamasining 445 qaroriga binoan 1986-yil 8-sentyabrda tashkil etilgan. Surxon davlat qo'riqxonasi Surxondaryo viloyatinin Sherobod tumanining shimoliy sharqida joylashgan.
Bu qo'riqxona 2 maydondan Payg'ambarorol va kuchitangitovdan iborat. Payg'ambarorolning umumiy maydoni 3092 gektar, 1986-yil Kuchitangitov Payg'ambarorolga qo'shilib 24554 gektarni tashkil etgan. Qo'riqxona maydoni Pomir-Oloy tog' tizmasida dengiz sathidan 1500-3150 m balandlikda joylashgan. Qo'riqxona hududida 7 xil maydon ajratilgan: 1. Archazorlar. Ushbu maydon ko'p archa poyasiga ega bo'lgan o'rmonzorlar bilan tavsiflanadi. O'rmonzordagi daraxtlar ostida 222 o'suvchi tikanli bodom, namatak, tog' qizilchasi kabi o'simliklardan iborat, ular yakka-yakka yoki qalin bo'lib o'sadi. Tog' butalari, tikanli
bodom, namatak, tog' qizilchasi va boshqalardan iborat. 2.Tog' butalari maydoni. Ular tarkibiga tikanli bodom, kurchavka, namatak, tog' qizilchasi kiradi. Yetarlicha balandlikda butazorlar qalin o'sib himoya va yashirinish uchun maydonlar hosil qiladi va bo'ri, tulki, bo'rsiq, to'ng'iz, quyon va boshqa hayvonlar uchun uya qurishga sharoit yaratadi.
Yong'oqzorlar maydoni umumiy maydonning 20 % dan kam bo'lmagan hududni tashkil qiladi. Bu yerda Buxoro bodomi, oddiy yong'oq, olma, oJcha, do'lana va boshqalar o'sadi. Ushbu daraxtlarning bo'lishi ko'pdan ko'p hayvonlarning ozuqa bazasida ahamiyatini belgilaydi. 3. Cho'l maydoni. Bu hududga cho'l va o'tzorlar kiradi. 4. Kam uchraydigan yoki umuman o'smaydigan buta va daraxtlar kirishi mumkin. 5. Qoyalar. Bu maydonda yalang'och qoyalar yoki yirik o'pirilishlardan hosil bo'lgan toshlardan iborat daraxt va butalar bu maydonda o'smaydi yoki bitta yarimtasi uchrashi mumkin. O'tlar ma'lum joylardagina o'sadi. Ba'zi joylarda esa o'rtacha qalinlikda o't qoplamlari uchraydi.
6. Toshloqlar. Toshloqlar kichik jarlardan yalong'och toshli qoyalardan va soya tushgan toshlardan iborat. Daraxt va butalar bu yerda o'smaydi, o't qoplami esa 20%dan oshmaydi. 7. Foydalaniladigan yerlar: Qurilishlar, ko'chalar, uylar. O‘simliklarning 810 turi mavjud, ularning 29 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarida turkiston silovsini, morxo‘r, osiyo muf-loni, bo‘ri, tulki, quyon, bo‘rsiq, har xil zaharli ilonlar va qushlarning 130 ga yaqin turi uchraydi. Qo‘riqxonaning Payg‘ambarorol uchastkasi (Amudaryodagi kichik orol - uz. 8, eni 5 km; 3044 ga) o‘rmonzor va to‘qayzordan iborat (1986-y. gacha etalon to‘qayzorlarning o‘simlik va xayvonot dunyosini tabiiy holida saqlash maqsadida tashkil etilgan mustaqil qo‘riqxona bo‘lgan). 970 gektarini o‘rmonzor, qolgan qismini jiyda, terakjiyda, yulrun va terak aralash to‘qayzorlar tashkil etadi. Shuningdek, orolda chuchukmiya, yulg‘un va galofit o‘simliklar o‘sadi. To‘qayzorlarda buxoro xonguli, yovvoyi to‘ng‘iz, qamish mushugi, qushlardan qirg‘ovul, burgut, tasqara, qirg‘iy; hind jayrasi,sudraluvchilardan cho‘l agama-si, toshbaqalar, kaltakesaoar, ilonlar va b. ko‘p uchraydi. XII-XII-asrlarda orol muqaddas ziyoratgoh bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, orolda musulmon arboblaridan biri dafn etilgan va uning qabri ustida Zulkifl masjidi bo‘lgan. Shu bois, mu-sulmonlar bu orolni muqaddas joy, ya'ni «Payg‘ambarorol» deb atashganalar) turi mavjud.

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tish kerakki 2014-yil 10-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi hamda Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'ini jalb qilgan holda «Mamlakatimiz milliy bog'lari va qo'riqxonalari» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi, Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i mas’ul rahbar va xodimlari, manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O'zbekistonda ayni vaqtda 9 ta davlat qo'riqxonalari, 3 ta milliy bog', 1 ta ekomarkaz, 1 ta biosfera rezervati, 11 ta davlat buyurtmaxonalari, 5 ta tabiat yodgorligi hududlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu hududlarda milliy hamda xalqaro "Qizil kitob"larga kiritilgan, yo'qolish ehtimoli bo'lgan nabodot va hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan.
Mazkur tizimda davlat tabiat qo'riqxonalari asosiy o'rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo'riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo'lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo'riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o'simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo'riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o'rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o'rni bilan bog'liq keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.
Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash O’zbekiston Hukumati biologik xilma-xillikni saqlash muhumligini e’tiborga olib, 1998-yil 1-aprelda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi tomonidan tasdiqlangan O’zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha Milliy strategiya va harakat dasturini qabul qildi. Ushbu dasturning ustivor maqsadi O’zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, biologik xilma-xillikni muhofaza etish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishdir, ushbu loyiha esa oldinga qoyilgan ustivor maqsadlarni amalga oshirishda ko’maklashadi. Hozirda mamlaraktda iqtisodiy-ijtimoiy muammolar mavjudligini, hukumat uchun davlat byudjetidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali faoliyat yuritishlari uchun etarli mablag’lar yo’naltirish qiyinligini e’tiborga olgan holda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga mutasaddi bo’lgan hukumat tashkilotlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning samarali faoliyati va biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun yangi usullarni izlamoqdalar. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, biologik xilma-xillikni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar orqali saqlab qolish uchun davlat byudgetidan ajratiladigan mablag juda ham ko’p harajatlidir.
2004-yil dekabrda O`zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi yangi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qo’shimcha mablag`larni jalb etish imkoniyatini yaratdi. Ushbu loyiha qo’riqxonalar boshqaruvida yangicha usullarni qo`llash imkoniyatlarni beradi, bu o’z navbatida yuzaga kelgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga olib keladi. Amaldagi qonunchilikda mahalliy aholini keng jalb gilgan holda va ularning manfaatlarini inobatga olgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishda yangicha mexanizmni qo`llash imkoniyatlari mavjud.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin