Hisor qo'riqxonasiSurxondaryo, Qashqadaryo va Tojikiston Respublikasi bilan 24 km. uzunlikda chegaradosh. Hisor qo'riqxonasi hududi ko'p qavatli geologik tuzilishi bilan farqlanadi. Hisor qo'riqxonasining gidrografik zanjiri Surxondaryo bilan chegaradosh tog'liklardagi muzlik va qorliklarda boshlanuvchi Qashqadaryoning irmoqlaridan tashkil topgan. Daryolarning alohida belgilari suv to'planish balandligining yuqorilishidir. Qizildaryo uchun bu balandlik 2702 m, Oqsuv uchun 2444 m, Tanhoz daryo uchun 2170 m. Yuqori joylashgan suv to'plagich1ari bilan farqlangan holda qo'riqxona daryolari oqimining kengroq kontsentratsiyasi va eng katta nisbiy suv keltiruvchanligi bilan harakterlanadi.
Florasi (o'simliklar dunyosi). Hisor qo'riqxonasi hududi Afg'on Turkiston geobotanik provintsiyasining g'arbiy Hisor okrugiga kiradi. Ildizli o'simliklarning 800-900 ta soni mavjud.
Bu yerda O'rta Osiyo tog'liklariga xos bo'lgan nabototlardan murakkab gullilar, dukkaklilar, karamgullilar, ko'plab donli o'simliklar, soyabongullilar va labgullilarni uchratish mumkin. G'arbiy Hisorda daraxt va butasimon o'simIiklar kam bo'lib, bor yo'g'i 60 turi bor. Asosiy o'simlik turlarini mojevelnikdan tashqari Turkiston ASYER), Momiqli (A) va Semyonov (A semyonovi) zaranglari, Sug'diyona yasini, do'lana, Sivyers olmasi, Sharq olchasi kabi o'simliklar asosiy qismni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Qizil 228 kitobiga (1998 yil) kiritilgan noyob turlardan karnida 32 xiii ushbu qo'riqxona hududida o'sadi.
Zomin davlat tog‘-archa qo'riqxonasi. Bu eng eski qo'riqxonalardan bo'lib, 1926-yilda tashkil etilgan, maydoni 4000 gektar. Zomin davlat tog'li Archa qo'riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin hamda Baxmal rayonlari hududidagi Shimoliy tog' tizmalarida joylashgan.
Qo'riqxona hududi dengiz sathidan 1760-3500 metr balandlikdagi aniq ajralib turuvchi Turkiston tizma tog'i, ya'ni baland va o'rtacha tekisliklami o'z ichiga oladi. Bu kabi ajoyib tog'lar bilan bir qatorda daryo vodiylar, turli go'zal manzarali daraxtlar ham mavjud. Qo'riqxonaning Janubiy qismi Turkiston tog' tizmalari bilan Shimoliy tomonlari esa o'rmonsimon ko'rinishdagi unumdor tuproqli hududlar bilan ajralib turadi. Qo'riqxonaga yaqin aholi punktlari quyidagilar: Sharq tomonidan Qizilmozor qishlog'i, Shimol tomonidan Kichik Qorashaqshaq qishlog'i qo'riqxona chegarasidan 4 km. uzoqlikda joylashgan. O'simliklardagi bir necha turdagi tog' lolasi, zirk, marmarak, daraxtlilardan ko'pgina archalar, qora tyerak, tog' oJcha, yovvoyi olma, nok, bodom, do'lana, yong'oq kabilar o'sadi. Bundan tashqari tol, turang`il, jiyda, butalar, pista, anjir, na'matak, o'simliklardan tog'ga xos rovoch, tog' arpa, chayir, bug'doyiq, andiz, qirqqizloq, sariqchoy, tulkiquyruq, uchqat, zamburug', lishaynik, mox kabilami uchratish mumkin. Bir narsani ta'kidlash joizki, qo'riqxonadagi daraxt -buta o'simliklar katta ahamiyat kasb etadi. Qora tyerak va archa yog'ochini quriganda ishlatish lozim. Bu kabi daraxtlardan yoqilg'i sifatida foydalaniladi.Tog' yonbag'irlarida o'sadigan o't o'simliklar esa pichan sifatida chorva mollarga va otlarga byeriladi.
Masalan, tog'-dasht o'simliklaridan qo'ziquloq, yovvoyi beda, bug'doyiq va shu kabi o'tlar o'sadi. Butalardan namatak, zirk, yovvoyi oJcha kabi butalarni uchratishimiz mumkin. O'simliklar dunyosi. Qo'riqxona hududdagi o'simliklar uch turga bo'linadi: Tog'-adir o'simliklari; O'rmon o'simliklari va baland tog'li o'simliklar. Tog'-adirlar dengiz sathidan 1300-2300 m. balandlikda joylashgan. O'rmonli qisrnlari esa 2100 m balandlikdan boshlanib 2700 m balandlikda tugaydi. Hozirgi kunda qo'riqxonada 70 oilaga rnansub 700 xil o'q ildizli o'simliklar mavjud. Ulardan 280 turining 13 ta xili O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Dorivor o'simliklaming 20 xili hamda manzarali gullarning 15 xili mavjud.