4.O‘simliklarning radiatsiya ta’siriga chidamliligi
Tabiiy muhitning eng xavfli vaziyatlaridan biri uning radiofaol moddalar bilan zaharlanishidir. Shuning uchun ham uning oldini olishga juda katta e’tibor berilmoqda.
Er sharida ma’lum miqdordagi radiofaollik tabiiy va sun’iy radiofaollik natijasida hosil bo‘ladi. Radiofaol elementlar: uran -238, uran -235, toriy - 232, kaliy - 40, uglerod -14 va boshqalar planetamizda ma’lum miqdorda tarqalgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular doimo parchalanib, o‘zgarib turadi. Ularning ayrim emirilish davri juda uzoq muddatga teng bo‘lib, uran - 238 ning yarim emirilish davri 4,51 mlrd.yil, uran -235 ning yarim emirilish davri 713 mln.yil va toriy - 232 ning yarim emirilish davri 14,4 mlrd.yilga teng.
Yerda radiofaol elementlarning parchalanishi natijasida tuproq-da, suv va havoda tabiiy radiofaollik vujudga keladi. Tarkibida kaliy, uran, toriy va boshqa radiofaol izotoplar bo‘lgan chang shamol bilan yer yuzidan atmosferaga ko‘tariladi va vaqt o‘tishi bilan havo orqali katta maydonlarga tarqaladi.
Keyingi vaqtlarda sun’iy radiofaollikning turli yadro reaksiyalari yordamida sun’iy yo‘l bilan sodir qilingan radiofaollik ko‘payishi asosida umumiy radiofaollik ortib bormokda. Muhitning radiofaol ifloslanishining asosiy manbalari: radiofaol rudalarni qayta ishlovchi zavod va korxonalar; yadro yoqilg‘isini qayta ishlovchi korxonalar; atom elektr stansiyalari; atom reaktorlari va boshqalardir. Bu manbalardagi ayrim nosozliklar, avariyalar va shuningdek, atom, vodorod va boshqa yadro qurollarini portlatish natijasida tashqi muhit Radiofaol moddalar bilan ifloslanadi. Bunday korxonalarning chiqindilari hisobiga ham ifloslanish ko‘payadi.
Ayniqsa, yadro qurollarini sinash uchun portlatilganda juda kuchli radiofaol nurlanish vujudga keladi. Umuman, radiofaol moddalar tirik organizmlarni zaharlaydi. Tirik organizmlarda radiofaol moddalar konsentratsiyasi ko‘payib, organizm uchun xavfli bo‘lib qoladi. Ayrim planktonlarda radiofaollik suvdagi radiofaollikka nisbatan 1000 martagacha ko‘p bo‘ladi.
Radiatsiyaning biologik ta’siri ko‘p tomonlama bo‘lib, molekulalardan to organizm va hatto populyasiya xususiyatga ega bo‘ladi. Radiofaol nurlarning ta’sir mexanizmi tirik organizmga o‘xshashdir. Bu nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri molekulalarni emiradi. Hujayralarning membranalari, organoidlari va ayniqsa, nuklein kislotalar, fermentlar va membranalipidlarini kuchli zararlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |