Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Wo,.t.o,.m.b.s.m. = Wd.n.s. - Wq.s.n



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə38/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203
majmua

Wo,.t.o,.m.b.s.m. = Wd.n.s. - Wq.s.n.

bu yerda:

Wo,.o,.m.b.s.m.-o'simlik tomonidan o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan suvning miqdori;

Wd.n.s.-dala nam sig'imi; Wq.s.n.-qat'iy so'lish namligi.

Ammo sulish namligi hamma o'simliklar uchun bir xil emas. Masalan, qat'iy so'lish hodisasi soyasevar va suvxo'r o'simliklarda tuproq surish kuchi S = 0,7-0,8 MPa, bo'lganda ro'y bersa, qishloq xo'jalik o'simliklarida S = 1 - 2 MPa, qurg'oqchilik joylarida o'suvchi o'simliklarda va daraxtlarda esa S = 2-3 MPa bo'lganda ro'y beradi.


4.Tuproq tarkibidagi suvning xillari


Tuproq tarkibida deyarli toza suv deyarli bo'lmaydi. U ma'lum kontsentrasiyali eritmalar holida bo'ladi. Tuproq zarrachalari bilan suv har xil birikadi va uning turli shakllarni hosil qiladi.

Gravitasion suv tuproqning yirik (>60 mkm) kapillyarlaridagi harakatchan suv, uni o'simliklar yaxshi o'zlashtiradi.

Kapillyar suv-tuproqni kichikrroq (60 mkm) kapillyarlaridagi suv bo'lib, u pastga tushib ketmaydi ya'ni kapillyarlar suv yuzasi meniskining tortilishi hisobiga tutib turiladi. Ushbu suv ildiz tukchalari tomonidan yaxshi so'riladi.

Pardasimon suv-tuproq zarrachalari yuzasida molekulyar tortishuv kuchlari-adsorbsiya hisobiga tutib turiladi. Pardasimon suv o'simliklar tomonidan qiyin o'zlashtiradi.

Gigroskopik suv-tuproq zarrachalari tomonidan katta kuch bilan (1000 atm) suvni ushlab turiladi. O'simlik tomonidan o'zlashtirilmaydi.

Immobilizasion suv tuproqdagi kolloid moddalarga kimyoviy bog'langan suv bo'lib, o'simliklar tomonidan umuman o'zlashtirilmaydi.

Tuproqdagi o'simliklar tomonidan o'zlashtirmaydigan suvga-suvning o'lik zahirasi deyiladi. Tuproqni to'la nam bilan ta'minlangan holati uning to'la nam sig'imi deyiladi. Bu ko'rsatkich yirik qumli tuproqlarda-23,4%, mayda qumlida28,0%, engil qumoq va og'ir qumoq tuproqlarda mos ravishda 33,4% va 47,2% bo'lsa, og'ir soz tuproqlarda 64,6% atrofida bo'ladi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin