Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə73/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203
majmua

SUVNING FOTOLIZI. Fotosintezning dastlabki fotokimyoviy
reaksiyalaridan biri—bu suv fotolizidir. Suvning yorug‘lik energiyasi
ta’sirida parchalanishi fotoliz deyiladi. Uning mavjudligini birinchi marta 1937 yilda R.Xill barglardan ajratib olingan xloroplastlarda aniqladi. SHuning uchun mazkur jarayon Xill reaksiyasi deb ataladi. Bunda ajratib olingan xloroplastlarga yorug‘lik ta’sir etganda CO2 siz sharoitda ham kislorod ajralib chiqishi kuzatiladi (A—vodorod):
yorug‘lik

2 H2O + 2A 2AN2 + 02.

xloroplast

Xill reaksiyasidan xloroplastlarning faollik darajasini aniqlashda foydalaniladi. Ajralib chiqayotgan molekulyar kislorodning manbai suv ekanligini 1941 yilda A.P.Vinogradov va R.V.Teys izotoplar usulidan foydalanish yo‘li bilan tasdiqladilar. Havodagi umumiy kislorodning: 016-99,7587 foizni, 017- 0,0374 foizni va 018-0,2039 foizni tashkil etadi. SHu yilning o‘zida amerikalik olimlar S.Ruben va M.Kamen H2O va CO2 larni og‘ir izotop O18 bilan sintez qilish va fotosintez jarayonini kuzatish usuli bilan ajralib chiqayotgan kislorodning manbai suv ekanligini yana bir marta tasdiqladilar. Natijada kislorod ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan vodorod protoni va elektroni akseptorlar yordamida CO2 ni o‘zlashtirish manbai bo‘lib hisoblanadi. Suvning fotoliz jarayoni ikkinchi fototizimdagi reaksiya markazida kechadi va bunga xlorofill molekulalari yutgan to‘rt kvant energiya sarflanadi.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin