7 - MAVZU: FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI.
Reja:
Fotosintez va uning ahamiyati.
Fotosintez to‘g‘risida nazariyalar.
Fotosintez ekologiyasi, fotosintezga ta’sir etuvchi faktorlar va hosildorlik
1.Fotosintez va uning ahamiyati.
Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dinamik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbai kuyosh energiyasi bo‘lib, organizmlar uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki erkin kimyoviy energiya xolidagina o‘zlashtirish qobiliyatiga egadir. Bu organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar energiyasidir. Uni faqat yashil o‘simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil qilishi mumkin. YAshil o‘simliklar tanasida quyosh nuri ta’sirida anorganik moddalardan (CO2 va H20) organik moddalarning hosil bo‘lishi fotosintez deyiladi. Fotosintez yer yuzida quyosh energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi yagona jarayondir.Hosil bo‘lgan organik moddalar jamiki organizmlar uchun energiya manbai, umuman hayot asosini tashkil etadi. SHu bilan birga fotosintez tabiatdagi kislorodning ham yagona manbaidir. Fotosintez jarayonini quyidagi sxematik tenglama bilan ifodalash mumkin:
6CO2+ 12H20 = C6H12O6 + 6H2O + 602.
Yashil o‘simliklarning hayoti uluksiz ravishda organik moddalar to‘plash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan tavsiflanadi. SHuning uchun ham tabiatdagi boshqa organizmlarning, jumladan, xayvonlar va odamlarning hayoti o‘simliklarda bo‘ladigan fotosintezga bog‘liq . CHunki bu organizmlar organik moddalarni tayyor xholda faqat o‘simliklar orqali oladilar.
Fotosintezni o‘rganish buyicha birinchi tajribani ingliz kimyogari Dj.Pristli 1771 yilda o‘tkazdi. U sham yondirilishi yoki sichqonning nafas olishi natijasida havosi “buzilgan” shisha qalpoq ostiga yashil yalpiz shoxchasini ko‘ygan va bir necha kundan keyin unda havo .yaxshilanganini aniqlagan. Ya’ni yalpiz saqlangan qalpoq ostida sham uzoq muddat o‘chmasdan yongan, sichqon esa yashagan.
Dostları ilə paylaş: |