3. FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI, FOTOSINTEZGA TA’SIR ETUVCHI FAKTORLAR VA HOSILDORLIK
Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez maxsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekanligi tushuniladi. Bu omillarning ta’siri va o‘simliklarning bu ta’sirlarga moslashuvi o‘simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq.
Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida o‘zlashtirilgan CO2 , yoki hosil bo‘lgan organix modda miqdoriga aytiladi. Fotosintezniig sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida o‘simlik quruq massasining barglari yuzasi xisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Ko‘chilik o‘simliklar uchun bu 5-12 g/m2 ga teng. Fotosintez eng muxim fiziologik jarayonlaridan biri bo‘lib, o‘simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |