Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə79/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   203
majmua

HARORAT. Harorat o‘simliklarning hamma tiriklik jarayonlariga tasir etadi. Fotosintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtasi mavjuddir:
1) minimal — bu darajada fotosintez boshlanadi; 2) optimal - fotosintez jarayoni uchun eng qulay harorat darajasi; 3) maksimal — bu eng yuqori harorat darajasi bo‘lib, undan ozgina ortsa fotosintez to‘xtab qoladi. Harorat nuqtalarining darajasi o‘simlik turlariga bog‘liq bo‘ladi. Minimal harorat shimoliy kenglikda o‘sadigan o‘simliklar (qarag‘ay, archa va boshqlar) uchun - 150S, tropik o‘simliklari.uchun esa 4-80S atrofida bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun harorat 25-350S bo‘lganda eng jadal fotosintez sodir bo‘ladi. Haroratning undan oshib borishi fotosintezni ham sekinlashtiradi va 400S ga etganda to‘xtab qoladi. Harorat 450 S ga etganda esa ayrim o‘simliklar o‘la boshlaydi. Ayrim cho‘l va adirlarda yashaydigan o‘simliklarda 580 S da ham fotosintez to‘xtamay davom etadi. Umuman, fotosintez jarayoniga yorug‘lik, CO2 miqdori va harorat birgalikda murakkab aloqadorlikda ta’sir etadi.

SUV. Fotosintez jarayonida suv juda katta omildir. Chunki suv asosiy oksidativ substrat — havoga ajralib chiqadigan molekulyar kislorod va CO2 ni o‘zlashtirish uchun vodorod manbai bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqri barglarning me’yorida suv bilan ta’minlanishi: og‘izchalarning ochilish darajasini va CO2 ning yutilishini, barcha fiziologik jarayonlarning jadalligini, fermentativ reaksiyalarning yo‘nalishini ta’minlaydi. Barg tizmalarida suvning juda ko‘p yoki kamligi (ayniqsa, qurg‘oqchilik sharoitida) og‘izchalarning yopilishiga, natijada fotosintez jadalligiga ham ta’sir etadi. Suv tankisligi yoki kamchilligining uzoq muddatga davom etishi elektronlarning siklik va siklsiz transporti, yorug‘likda fosforlanish, ATFlarning hosil bo‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin