FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK Fotosintez jarayonida o‘simliklarda organik modda hosil bo‘ladi va to‘plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya’ni fotosintez jarayonida hosil bo‘layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog‘lik bo‘ladi: A=E-D, bu yerda, A—to‘plangan organik modda miqdori, R — fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik modda miqdori, D — nafas olish jarayoniga sarflangan organik modda miqdori.
O‘simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo‘lgan quruq moddaning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning xo‘jalik maqsadlariga ishlatiladigan qismi (donlari, urug‘lari, ildiz mevalari va boshqalar) xo‘jalik hosili deyiladi. Xo‘jalik hosilning miqdori har xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi va bu koeffitsient (Kho‘j) bilan ifodalanadi: Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuqori hosildorlik darajasiga erishish mumkin: 1) ekinzorlarda barg sathini ko‘paytirish; 2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish; 3) fotosintezniig jadalligini va mahsuldorligini oshirish; 4) fotosintez jarayonida sintezlangan organik moddalarniig harakatini va o‘simlik a’zolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar. Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (o‘g‘itlash, sug‘orish, erga ishlov berish, zararkunandalarga qarshi kurashish va hokazolar) o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |