YORUG‘LIK ENERGIYASI. YOrug‘lik energiyasi elektromagnit tebranish xususiyatiga ega. U faqat kvantlar yoki fotonlar xolida ajraladi va tarqaladi. Xar bir kvant yorug‘lik ma’lum darajada energiya manbasiga ega. Bu energiya mikdori asosan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
E=hs,
bu erda, E—kvant energiyasi, djoul (kdJ) hisobida, h—yorug‘lik konstantasi, doimiy son
6,26196. 10-34 dj/s—to‘lqin uzunligi, S—yorug‘lik tezligi 3.1010 sm/s.
Quyosh yorug‘ligining ko‘zga ko‘rinadigan va fotosintetik faol qismidagi (400-750 nm) nurlarda xar bir kvantniig energiyasi turlicha bo‘ladi. Masalan, to‘lqin uzunligi 400 nm.ga teng bo‘lgan spektrning bir kvantining energiyasi 299, 36 kDJ ga teng, shu asosda 500 nm—239, 48 kdJ, 600 nm—199, 71 kdJ, 700 nm—170, 82 kDJ va hokazo. YA’ni to‘lqin uzunligi qisqa bo‘lgan yorug‘likning energiyasi ko‘proq va uzunlariniki aksincha oz. SHuning uchun ham qisqa ultrabinafsha nurlar (to‘lqin uzunligi 300 nm.dan qisqa) Erdagi tirik organizmlarga zararli tasir qilishi mumkin. CHunki ularning energiyasi ko‘p. To‘lqin uzunligi 300-400 nm.ga teng nurlar asosan o‘sish va rivojlanishni boshqarishda ishtirok etadi. Bu nurlar ta’sirida hujayralarning bo‘linib ko‘payishi va o‘simlikning rivojlanish jarayoni tezlashadi.To‘lqin uzunligi 400-700 nm.gacha bo‘lgan nurlar fotosintezda ishtirok etadilar, chunki bu spektrlarning energiya darajasi fotosintetik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. To‘lqin uzunligi 750 nm va undan uzun nurlarning energiyasi juda kamligi sababli ular fotosintezda ishlatilmaydi.Har bir pigment, jumladan, xlorofill molekulasi bir kvant yorug‘lik energiyasini yutish qobiliyatiga ega. Olimlarning izlanishlari natijasida yorug‘lik energiyasining fotosintetik reaksiyalardagi samardorlik darajasi aniqlandi. Energiyaning samaradorligi yutilgan kvant yorug‘lik nuri hisobiga fotosintez jarayonida ajralib chiqqan O2 yoki o‘zlashtirilgan CO2 ning miqdori bilan belgilanadi. SHuni hisobga olish zarurki, yutilgan hamma nurlar (ayniqsa qizil) foydali bo‘lsa ham, ular energiyasining ancha qismi xlorofill molekulasida elektronlar ko‘chishi jarayonida yo‘qotiladi. Natijada bu energiya foydali koeffitsientning (FK) kamayishiga sababchi bo‘ladi. Bir molekula CO2 ning to‘la o‘zlashtirilishi uchun 502 kDJ energiya sarflanadi. Demak, bu reaksiyaning amalga oshishi uchun
CO2 + H2O [CH2 O ] + O2
to‘lqin uzunligi 700 nm.ga teng bo‘lgan qizil nurlarning uch kvanti etarli bo‘ladi. CHunki bu nurlarning har bir kvanti 171 kDJ energiyaga ega. Amalda esa bir molekula CO2, ning to‘la o‘zlashtirilishi va O2 ning ajralib chiqishi uchun 8 kvant talab etiladi. YA’ni fotosintez jarayonida foydalaniladigan qizil nurlarning foydali koeffitsienti 40 foizga yaqin bo‘ladi. Ko‘k-binafsha nurlarning foydali koeffitsienti yanada pastroq (21 foiz). O‘simliklarga yorug‘likning to‘lqin uzunligi 400 nm.ga teng ko‘k spektri ta’sir ettirilsa, foydali koeffitsient 20,9 foizga teng bo‘ladi (chunki har bir kvantning energiyasi 229kDJ)
1957 yilda R.Emerson o‘tkazgan tajribalar ko‘rsatishicha, to‘lqin uzunligi 660-680 nm bo‘lgan qizil nurlarning samaradorlik darajasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega. To‘lqin uzunligi ulardan qisqa yoki uzun nurlarning samaradorlik darajasi pasaya boradi Masalan, to‘lqin uzunligi 710 nm bo‘lgan qizil nurlarning 1000 kvanti yutilganda 20 molekula kislorod ajralib chiqqan, 650 nm.dan 1000 kvant yutilganda esa 100 molekula kislorod ajralib chiqqan. Lekin 710 nm va 650 nm yorug‘lik spektrlari bir vaqtda ta’sir ettirilganda esa 120 molekula o‘rniga 160 molekula kislorod ajralib chiqqan. Demak, har xil to‘lqin uzunligiga ega nurlardan foydalanishniig samaradorligi yuqoriroq bo‘lib (40molekula O2 ko‘p ajralgan), bu Emerson samarasi deb yurgizila boshlandi.R.Emerson (1957) xloroplastlarda ikkita fototizim mavjudligini taxmin qilgan edi. Bu taxmin keyinchalik tasdiqlandi. differensial sentrifugalash va boshqa usullar yordamida fototizim - I va fototizim -. II hosil qiluvchi oqsillar komplekslari ajratib olindi va o‘rganildi. Fototizimlar faoliyati natijasida kvantlarning yutilishi, elektronlar transporti va ATF larning hosil bo‘lish jarayoni sodir bo‘ladi. Xar bir fototizimda faol reaksiyalar markazi mavjud bo‘lib, u xlorofill “a” yutadigan nurlarning eng yuqori to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanadi. Birinchi fototizimda asosiy pigment — ikkinchi fototizimda — P680ga teng. Xloroplastlardagi har bir fotosintetik faol reaksiya markazida 200-400 molekula xlorofill “a”, yordamchi pigmentlar, xlorofill “b”, karotinoidlar va fikobilinlar bor. Bularniig asosiy vazifasi yorug‘lik energiyasini yutish va uni reaksiya markaziga etkazib berishdir.
Dostları ilə paylaş: |