Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Ovqatlanishi va ahamiyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə7/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

Ovqatlanishi va ahamiyati.

G`urrakning ovqatlanishi haqida bizga ma’lum bo’lgan adabiyotlarda quyidagi ma’lumotlar mavjud. I.A.Dolgushin (1962) yozishicha g`urrak faqat erdan ozuqasini terib oladi.Kamdan-kam hollarda u daraxtlardan, ya’ni tut mevasini olib eydi. Ammo biz o’z kuzatishlarimiz davomida uni daraxtdan tutni olib egashshi ko’rmadik. Ehtimol erga tushgan tutlarni esa kerak. Ovqat spektri har xil o’simliklarning urugidan iborat. Ayniqsa unga bug`doy, tariq, grechixa safloraning uruglari ma’qulga o’xshaydi. Ko’plab begona o’simliklarning uruglarini ham eydi. Suv ichishga ehtiyoji katta. Ertalabki va kechki ovqatlanishdan keyin davriy ravishda suv ichish uchun suv manbai tomon uchadi.Qoraqum cho’lining sharqiy rayonlarida etuk g`urraklar cho’l o’simliklarini urugi bilan oziqlanadi. Oshqozonda va jig`ildonda selin, sutlama, qiyoq urugi 62,5 dan to 100% gacha uchraydi. Ayniqsa Xrozafora, Leman Eminium, agmen va boshqalarning urugi 12,5 - 50,0% gacha oshqozonlarida topilgan. G`urrakning O’zbekistonda oziqlanishi yaxshi, chuqur o’rganilmagan. R.N.Meklenburstevning (1950) ma’lumot berishiga avgustning oxiridan to oktyabrning o’rtasigacha bu kushning ovqatida bug`doy urug`lari, yana begona o’tlarning urug`lari va saflora ustunlik kilar ekan.X.S.Solixbaev (1967) Karshi chulida 4 ta g`urrakning jig`ildonida 23- 75 tagacha turli o’t uruglarini, birtasida esa 42 ta xashaki no’xat urugini borligini ko’rgan.Mayning oxiridan to noyabr oyigacha Buxoro shahri atroflaridan tutilgan 8 ta g`urrakning oshqazonida va jigildonida bugdoy urugining uchrash chastotasi 62, 5% makkajo’xori urugi 12,5%, beda urugi 25%, begona o’tlar urugi 62,5% o’simliklarning boshqa qoldigi esa to 25% gacha etkanligi bilamiz (Bakoev, 1994)Yana bir xolatni ta’kidlash o’rinli, ya’ni g`urrakning ovqati tarkibida madaniy o’simlik uruglarini ko’p uchrashi bu qushni zararli ekinligini bildirmaydi. Chunki g`urraklar dalalarga otlanganda, erdagi hosil yigishtirib olingan bo’ladi, buni ustiga bu qush donlarni yerdan terib oladi, poyaning uchidagi boshoqqa tegmaydi, oziqlanishda tigiz bug`doyzor va boshqa don ekinzoriga kirmaydi ham, unday joylardan qochadi.


Shunday qilib, g`urrak shahar, qishloq, dalalarimizdagi daraxtzorlarning, butazorlarning, ixotazorlarimizning eng go’zal, xush ovozli qushlaridan hisoblanadi. Odamlarga, ularning ekinlariga ziyon keltirmaydi, begona o’tlarni sonini boshqarib foyda keltiradi. Yana bu qush ishqibozlik ovining ob’ekti hamdir. Uning xushbichim gavdasi, yonib turgan ko’zlari va o’ziga xos sayrashi odamlarga nixoyatda katta zavq-shavq bag`ishlaydi.Keyingi yillarda yovvoyi ovlanadigan hayvonlarning soni, bioxilma- xilligi ma’lum darajada pasaygani, kamaygani bois kaptarsimonlarning, jumladan g`urrakning ov xo’jaligidagi mavqei, reytingi ortib bormoqda. Shunday vaziyatda uning ovlash muddatlarini oqilona belgilash masalasi paydo bo’ldi. Kuzatishlarga qaraganda respublikamizda avgust oyining o’rtalarida 1-stiklning a’zolari-yosh g`urraklar gala hosil qilib janubga tomon uchadi. Shu vaqtda ularni ov qilinganda galada mahalliy katta yoshdagi g`urraklar ham ko’p uchraydi. Buning ustiga avgustning ikkinchi dekadasi oxiri, uchinchi dekadasi boshida ovlangan g`urraklar orasida 30% ga yaqini ham jo’jalarini ovqatlantirib turar ekan. Sentyabrning boshida esa bunday qushlar bo’lmas ekan. Ammo bu vaqtga kelib yosh g`urraklarning anchasi va ko’payishni barvaqt tugatgan qari qushlar uchib ketgan ham bo’ladi. Demak, ov muddatini kechiktirish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin