1.2. Bulduruqlar – Pterocletes kenja turkumi bo’lib 1 ta oilasi – bulduruqlar – Pteroclidae bor. 16 ta turi bo’lib 2 ta avlodga mansub. Avlodlari – bulduruq – 14 ta turni o’ziga birlashtirgan. Ikkinchi avlodi suv buldurug`i bo’lib uni ham 2 ta turi ma’lum. Taxmin qilinadigan kelib chiqish markazi – bu Shimoliy Amerikadir. Qazilma qoldiqlari ustki eostendan ma’lum bo’lib (Franstiya, hozirgi areal doirasidan) ular hozir yashab kelayotgan avlodlarga tegishlidir.Bulduruqlar uncha katta bo’lmagan qushlar (vazni 300-500 g.). Afrikaning va Janubiy Osiyoning qurg`oqchil dashtlari va cho’llarida yashaydi.Tumshug`i kichik, ustki tumshug`i biroz shishgan. Voskovistasi yo’q. Burni teri burmasi bilan yarim yopiq holda. Oyoqlari kalta. Keyingi barmog`i kichik va oldingi barmoqlarning joylashish darajasidan yuqoriroqda o’rnashgan. Ayrim turlarda u bo’lmaydi, yo’qolgan. Oldingi barmoqlari nisbatan kalta, ayrim turlarida asosiy qismi birikkan bo’ladi. Jig`ildoni ancha yirik va yon o’simtalari yo’q. Ko’r ichagi uzun, faol ishlaydi. O’t pufagi bor. Bo’g`izi traxeo-bronxial, simmetrik tovush muskullari bor. Kontur patlarida sust rivojlangan qo’shimcha o’q (stvol) bor. Pteriliya va apteriyalarida kamroq momiq (pux) o’sadi. Birinchi darajali qoquv patlari 11 ta bo’lib, birinchisi yaxshi rivojlanmagan. Qanoti diastatik tipda. Rul (dum) patlari 14-16 ta bo’lib, o’rtadagilari uzunroq. Par-patlari qoplagan tanasidagi rangda ustki tomondan sarg`ish rang va chipor tus ustunlik qiladi. Erkagi urg`ochisiga qaraganda tiniqroq bo’yalgan.Uchishi tez, keskin intiluvchan tarzda. Er yuzida yaxshi yura oladi va tez yuguradi ham. Suv ichayotganda vaqt-vaqti bilan davriy holda boshini yuqori ko’taradi va shu holatda suvni yutadi. Uya qilish davrida ham gala (to’da) holda yashaydi. Odatda tarqoq guruh shaklida uya qiladi. Uyasi – er yuzida tuproqda uncha katta bo’lmagan chuqurchani eslatadi. Ba’zan uyada kamroq o’tlarni to’shaydi. Bitta uyadagi tuxum soni 2-4 ta, ko’proq 3 ta chipor tusda bo’ladi. Tuxum bosishda erkagi va urg`ochisi ishtirok etadi. Bu jarayon 4 hafta davom qiladi. Tuxumdan chiqqan jo’jalarining ko’zi ochiq, chipor momiq pux bilan qoplangan. To qanotga ko’tarilgunga qadar uya rayonida bo’ladi. Ota-onasi bolalarini faqat ovqatlantirib qolmaydi, balki ularga o’z jig`ildonida suv keltirib suv ham beradi. Ayrim kuzatishlarga ko’ra bulduruqlar suv bo’yiga kelgach suvga kiradi, shu paytda to’shi, qorin qismidagi patlari ho’l bo’ladi. Qushlar qaytib uyiga kelganda ularda hali suv saqlangan bo’ladi. Shunda jo’jalar patlarga tumshug`i bilan yopishib undagi namlikni –suvni o’zlashtiradi. Bulduruqlar ba’zan suv havzasidan o’nlab kilometr uzoqda ham uya qiladi, ammo davriy ravishda suvga uchib keladi. Er yuzasida oziqlanadi. Odatda urug`larni, o’simlikni yashil qismlarini eydi va yo’l-yo’lakay hasharotlarni, boshqa quruqlik umurtqasizlarini ham ovlaydi. Ko’payish davridan boshqa paytlarda katta gala hosil qilib ko’chib yuradi. Ayrim turlari nodavriy xarakterda o’z areali chegarasidan uchib ketadi. Misol: oddiy suv bulduruq G`arbiy Yevropaga o’tgani ma’lum.
II bob. O’zbekiston kaptarsimonlari asosiy turlarining tarqalishi, biologiyasi va ahamiyati 2.1.Qumri (Streptopelia decaocto Friv) ning tarqalish biologiyasi, xo’jalik ahamiyati.