«Pustim Uzbekistana» monografiyasidan keltirilgan xarita. (Nazarov, 1990) bo’yicha qumrining O’zbekistonda tarqalishi.Shartli belgilar: • - uya qilish aniqlangan joylar; 0 - yozda uchratilgan joylar
Qumri biologiyasiga doir ma’lumotlar Yashash joyi. O’zbekiston sharoitida qumri asosan qishloqlarda, posyolkalarda va shaharlarda yashaydi. O’troq qush. Uning yashashi ko’pincha turli daraxtzorlarni, butazorlarni va odamlarning turli inshootlari bo’lishi bilan bog`liq. Ko’proq daraxtzorlarni yoqtiradi. Buxoro shahrida u yil davomida eski shahar qismida, yangi shahar (mikrorayon) da ham suvli, daraxti ko’p joylarni tanlaydi. Qishloqlarda ham shunday. Odamlar nisbatan kam, tarqoq joylashgan Qorovulbozor tumanida uni uya qilishi dala shiyponlari va oldida xovuzlar, daraxtlar borligi bilan bog`liq. Keng ochik maydonlarni, daraxtsiz hududni qumri yoktirmaydi. Buni turning Uzbekistonda tarqalishi xususiyati ham tasdiqlaydi ya’ni asosan odamlar va ularning bog`-chorbog`lari bor bo’lgan madaniy landshaft muxim yashash joyi hisoblanadi. Ba’zan ovqat izlab yaqinda joylashgan bug`doyzorlarda xam ko’rish mumkin. Ammo uzoqka bormaydi. Agar dala atrofida ixotazorlar bo’lsa, suv, oziqa manbai aniq bo’lsa bunday joyda ham bola ochadi. Ammo zichligi yuqori bo’lmaydi. Turli manbalarda (Meklenburstev, 1951; Dolgshin, 1962 va boshqa) qumri faqat bahor, yozda emas, qishda ham yashash botopi odamlar bor bo’lgan joylar, hududlar hisoblanadi. Ammo uning odamga o’zini yaqin tutishi kichik musichadan ancha farq qiladi. Biroz xurqish unda doim bilinadi. Buni qishloq, shahar populyastiyasi misolida ko’rish mumkin. Shaharda xurkish kamroq, qishloq, dalada esa ko’proq.
Qumri o’zining oziqlanish stastiyasida. Soni. Ma’lumotlarga qaraganda qumri soni, zichligi turli yashash joylarida, stanstiyalarida bir xil emas. Masalan: Buxoro shahridagi parkda uning o’rtacha soni 10 ga maydonda 42 tani, mikrorayonda esa kamroq 20 tani, eski shahar qismida 16 tani tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Qorako’lda 10 taga, Peshko’da 18 taga, Qorovulbozorda 8 taga, Romitan, Shofirkonda 34 taga etadi. Yangi qurilayotgan zonada ular juda ham kam o’rtacha soni 3 tani tashkil qiladi. Bunday tafovutlarni bo’lishi tabiiy bo’lib, o’rganilgan joylarda daraxt, buta, trofik sharoitning turlichaligi bilan bog`lik. Ba’zan un tegirmoni bo’lgan xonadonda bular ko’plab 50-100 tagacha to’planadi. Yirik ko’p qavatli imoratlar oldida daraxtlar bulmasa bunday joyda bu qush bormaydi ham. Ammo qumri soniga abiotik omillar, ayniqsa qishda haroratning pasayishi ham ta’sir etadi. Buni 2007-2008 yilgi qishda sovuq qattiq kelganda ayrim qumrilarni o’lik holda topilganligi (Bux Du bog`ida) ham tasdiklaydi. Yana ta’kidlash lozim baxordan yozga, kuzga tomon qumri soni ortib boradi. Kuzdan baxorga tomon kamayadi. Bu holatni albatta muayyan populyatsiya doirasidagi son dinamikasi, uni belgilovchi omillarning ta’siri bilan izohlash mumkin. Ko’payish davri biologiyasi. Qumri O’zbekistonda, jumladan Buxoro viloyati shahri sharoitida o’troq yashaydi. Ya’ni yil davomida uya hududini tark etmaydi, boshqa uzoq joylarga ketmaydi. Urchish davri ancha erta fevral oyidan boshlanadi. Hatto ba’zan uning sayrashini yanvarning oxirgi dekadirgach eshitish mumkin. Uning tuxumli uyalarini Buxoro shahri sharoitida fevraldan to noyabr oyigacha topish mumkin. Urchish davrining cho’ziq bo’lishi bir tomondan turning ekologik valentligining yuqori bo’lishi bilan, ikkinchi tomondan yil davomida reproduktiv stiklning bir necha marta takrorlanishi bilan ham bogliqdir. Bu xodisani aniq sezish, tushunib olish uchun hozirgacha O’zbekistonda qumri uyalari undagi tuxum, jo’jalar soni haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz (1-jadval.) Bu jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki qumri ko’payishi urchish muddatlari bizning hududda ancha cho’zilgan bo’lar ekan. Uning eng ertangi to’liq tuxumli uyalari Peshku tumanida 8-10 fevralda topilgan. BuxDu bog`ida endigina qurilishi tugallangan uyasi 5 aprelda qayd qilingan, bu uyaga tuxumlar 7-8 aprelda qo’yilgan. Eng kechki tuxumli uyasi 16 oktyabrda Peshku tumanida uchratilgan. 2008 yilda yaxshi uchaoladigan qumri bolalari 29 aprelda Buxoro shahrida qayd qilindi. Qumri politsiklik tur ekanligini, ko’payish davriinig cho’zilishidan tashqari ayrim kuzatish natijalari ham tasdiqlaydi. Ya’ni Xo’jam Sayyod to’qayzorida 11 may kuni topilgan uyada 2 ta parpat bilan yaxshi qoplangan 11 kunlik jo’jalari bor edi. Bu jo’jalar uyani 14 may kuni tark etdi. Shu uyaga 23 may kuni 2 ta toza quyilgan, isitilayotgan tuxum bor edi. Bunday vaziyat 11 uyada (1-jadval) ham kuzatilgan ekan. Kuzatishlarga qaraganda qumrilar bitta uyani qurishni 4-5 kunda bitkazdi. Uyani kurish intensivligi ertalab soat 7-00 dan to 18-00 gacha kuzatildi. Uyaga qurilish materialini keltirish chastotasi ertalabki soatlarda (7-11) yuqori bo’ladi. Kunning o’rtasida biroz pasayadi, kechga yaqin soat 16 dan yana avjiga chiqadi. Ammo kunning ikkinchi yarmidagi intensivlik ertalabkidan ancha past bo’ladi. Ammo, uyasi uncha mustaxkam emas, g`ovak sovuq holda bo’ladi. Ba’zi uyalardagi tuxumi pastdan qaraganda ko’rinadi ham. Qumri uyalari ba’zan baxorgi kuchli shamollar vaqtida vayron ham bo’ladi, qulab erga tushadi. Uyasi o’zining tuzilishi, ko’rinishi qiyofasi bilan boshqa qushlar-musicha, g`urraknikiga juda ham o’xshaydi. Kurilish materiali sifatida qaragay, qayragoch, tol, majnuntol va boshqa daraxtlarning novdalarini hamda ajiriqni ildizpoyasini, olabutaning shoxchalarini ishlatadi. Uya devori yupqa, past bo’ladi, daraxtning asosiy tanasidan o’sgan yon novdalarida joylashtiriladi (n=12). Ba’zan daraxtning asosiy tanasining shoxlanish joyida uyasini quradi. Juda ham kam xollarda qumrilar o’z uyasini shamol ta’sirida singan, boshqa shoxa, daraxt ustiga tushgan shox-shabbalarning ustida ham yasaydi. Ayrim manbalarda (Meklenburstev, 1951; Dolgushin, 1962) qumri uyasini butalarga, turli qurilishlarga joylashtirishi aytilgan. Ularning ko’p ozligi belgilasa kerak. Shahar sharoitida qumri asosan istiroxat boglari, xiyobonlar, mikrorayondagi uylar oldidagi daraxtlarda uyalarini quradi. Yirik daraxtzorlarning markazida boshqa qushlar (go’ngqarga, zag`izg`on va boshqalar) tunashi munosabati bilan o’z uyasini erta baxorda chekkaroqdagi daraxtlarda quradi. Shu o’rinda yana ta’kidlash lozimki, qumri bizning region uchun yangi kelgan qush turi bo’lgani bois uning uya kurish, tuxum bosish davrida zag`izgon, mayna, kichik musicha, ko’k kaptarlar bilan ma’lum ma’noda raqobatda ham bo’ladi. Bitta uyaga odatda qumri 2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumni har kuni bittadan qo’yishi aniqlandi. Uning tuxumi oq tusda, xech bir dog`lari yo’q. Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha (Meklenburstev, 1951; Dolgushen 1962, Fundukchiev 2001) arealining boshqa rayonlarida (Qozog`iztonda) o’lchangan tuxumlar razmeri (n=7) uzunligi 30-32,1, eni 22,7-24,Zmm (o’rtachasi: 31x23,9mm); (n=6): 29,8-33,7x23,5x25,8mm (31,0x24,4mm); 29-34x23- 26mm. Zarafshon davlat qo’riqxonasida o’lchangan 64 ta tuxumning o’rtacha razmeri: 24,6x31,0mm ga teng. Tuxumlarning razmeridagi individual variatsiyalar 23,6-26,3x29,1-33,5mm. Toza qo’yilgan tuxumlarning og`irligi (n=36): 8,3-11,7g., O’rtachasi -9,6g. Tuxum og`irligiga doir O’rta Osiyo rayonlaridan boshqa ma’lumot adabiyotlarda deyarli yo’q. Agar biz to’plagan ma’lumotlarni yuqoridagi dalillar bilan solishtirsak ularning yaqinligi ko’zga tashlanadi, ya’ni geografik o’zgaruvchanlik yo’q hisobi. Bir oz tafovut (0,2-0,7mm) qumri tuxumining enida seziladi. Ammo bu masalani ko’proq material to’plab, keyin tahlil qilish maqsadga muvofikdir. Bizning kuzatisharimizga ko’ra qumri erkagi tuxum bosishda, uni isitishda ishtirok etmaydi. Odatda u kunduzgi vaqtda uyadan 4-10 m uzoqda bo’lib, uyani va urg`ochi qumrini boshqa qushlardan, xavfdan qo’riqlaydi. Bordiyu uyaga biror qush (zag`izg`on) yaqinlashsa baland bir bo’g`indan iborat baland tovush chiqorib unga tomon agressiv hatti-harakati bilan tashlanadi. Kechqurunlari esa uyaga yaqinroq novdaga tunaydi. Ma’lum bir stanstiyada uyalar aro masofa Buxoro shahrida 40-55m, Olotda 20-28m, Qorovulbozorda esa 8-14m bo’ladi. Bu xodisadagi farqlar biotop, statsiya sharoitining qumri uchun qulaylik darajasi, maydonning keng-torligi bilan bog`ik. Yangi o’zlashtirilgan hududlarda, masalan: Qorovulbozorda daraxtlar asosan shiypon oldidagi hovuz atrofida bo’lib, qumrilar shu joyda uya quradilar.Tuxum bosish davrida tuxumlar og`irligining kamayib borishi umumiy xodisa bo’lsa ham, uning kamayish mikdori, foiz ko’rsatkichlari turli uyalarda bir xil emas. Olingan natijalarga ko’ra tuxumlar og`irligi inkubatsiya oxiriga kelib, ularni boshlang`ich og`irligiga nisbatan 15,06% dan to 20,6% gacha kamayar ekan. O’rtacha ko’rsatkich-18,05% ni tashkil etadi. Ma’lum bo’lishicha, tuxumlarning qurib borish jarayoni bitta uyadagi tuxumlarda ham turlicha ekan. Bunday tafovut uyadagi tuxumlarning kattaligi, undagi teshiklarning ko’pozligiga va uyaning qurilishi va joylashtirilishi xususiyatlariga, hamda ob-havo sharoitlariga bog`liqdir.
Ovqatlanishi va ahamiyati. Qumri ham boshqa kaptarsimonlar, musichalar kabi tipik don xo’r qush. Arealining boshqa rayonlarda uning ovqat spektri va bugdoy, arpa, suli, no’xat, grechka, surepkaning uruglari kiradi. Ba’zi joylarda, masalan, Odessada kungaboqar urug`i asosiy ovqati hisoblaadi. Dala ekinlarining urug`i bilan, kam xollarda esa ayrim qattiq qanotli xasharotlar- qo’ng`izlarni, mollyuskalarni ham eydi. Hozirgacha O’zbekiston sharoitida uning ovqatlanishi maxsus o’rganilgan emas. Don saqlanadigan ombordan tutilgan 2 ta qumri oshqozonidagi ovqat o’rganilganda bittasida 14,7 g, ikkinchisida 9,2g uzum urug`lari, makkajo’xori donlari borligi aniqlandi. Kech ko’zda va qish davrida Buxoro shahrida qumrilar qarg`alar tunaydigan xiyobonlarda ertalabdan to kechgacha ko’k kaptarlar galasi bilan birga qarg`alarni qusqilarini (pagadka) titkilab uning tarkibidan har xil urug`- donlarni terib olib ovqatlanadilar. Agar e’tibor berilsa bularda biotik munosabatlardan komensalizmni namoyon ekanligini payqash mumkin. Ba’zan qumrilarni biz shahardagi axlat chiqindilari tashlanadigan punktlarda ozuqa qidirib turganini uchratamiz. Qishloq joylarida qumrilar bahor, yoz davomida agrostenozlarda ayniqsa donli ekin maydonlarida ovqatlanib yuradilar. Ammo alohida aytish lozim: qumri boshoqdan don-urug`ni olmaydi. Doim erga tushgan urug`larni terib eydi. Uni ba’zan dala chumchug`i bilan tegirmon atrofida, bozorlarda, yo’llar yoqasida va boshqa hududlarda (hovlida, parranadachilik fabrikalarida va boshqa) ovqat izlaganini ko’rish mumkin. Bu qush xamma joyda ham er yuzasidan tushgan donlar, urug`lar, non ushoqlarini terib oladi. U tamoman zararsiz qush. Uning o’ziga xos «Gu-guu-guuu» deb doim uch bo’g`indan iborat tovushi, sayrashi, harakatlanishlri, xushbichimligi bog`larimizga, xiyobonlarga, hovli qishloq, shaharlarimizga uziga xos yoqimli ko’rk va zavq bag`ishlaydi. Qumrilar bizda nuqul madaniy landshaftlarda yashagani bois katta estetik axamiyat ham kasb etadi.
2.2. G`urrak - (Streptopelia turtur arenicola Hart) ning tarqalishi,biologiyasi va ahamiyati. Umumiy tavsifi, areali O’zbekistonda tarqalishi. G`urrak qushlar sinfining kaptarsimonlar - Solumbiformes turkumining musicha - Streptopelia avlodiga mansub qush bo’lib, o’zining umumiy tuzilishi, xatti - harakatlari, par-patlarining rangi, joylanishiga ko’ra qumriga yaqin bo’lib, jussasi bir oz kichikligi va ayrim belgilari bilan undan farq qiladi.Adabiyotlarda (Meklenburstev, 1951, 1990 Dolgushin, 1962; va boshq) yozilgan tavsiflarga hamda o’zimizning kuztishlarimizga asoslanib bu qushni quyidagicha tavsiflash mumkin.G`urrak - Streptopelia turtur qush turi sifatida 1758 yilda K.Linney tomonidan nomlangan. Bu turning 5 ta kenja turi bor. Shulardan Streptopelia turtur arenicola kenja turi O’zbekistonda uchraydi. Fanda qayd qilingan barcha kenja turlari bir-biriga o’xshash. Ammo ulardagi tafovutlar umumiy par-patlaridagi rangda va kattaliklarida (razmerlarida) ko’zga tashlanadi.Voyaga yetgan g`urrakning boshining usti va ensasi kulrang - ko’kimtir. Bo’ynining yon tomoni bo’ylab qora patlardan iborat, cheti tiniq kulrang - havorang xoshiyali yirik bittadan dog`i bor. Tana orqa qismining oldingi qismi qo’ng`ir tusli bo’lib ayrim patlarining o’rta qismi qora rangda. Orqasining keyingi qismi va dum usti kulrang-qo’ng`ir, yon tomoni esa ko’kish. Elka va qanotni qoplovchi ustki patlari serbar sariq xoshiyali, ustki qanotni qoplovchi kichik patlari kulrang ko’kish bir xil tusda,qanotining osti xam shu rangda. Qoquv patlari ko’n-ir va patining tashqi elpig`ichining cheti tiniq kambar oq xoshiya bilan chegaralangan. Tomoq qismi oqish bo’ynining old qismi, jig`ildon zonasi va to’shi ko’kimtir - pushti rangda, qorin qismi oqimtir, tanasining yon tomonlari kulrang-ko’kish pushti, dum osti oq. Dum patlari qoramtir - kulrang. O’rtasidagi juft patlardan boshqasining uchi oq rangda. Chetki juft patlarining tashqi elpig`ichi oppoq. Tumshug`i qoramtir, oyoqlari esa oqish qizil tusda. Ko’zlarining rangdor pardasi to’q sarik-qizil tusda. Yosh g`urrakning par- patlarining rangi biroz tiniqligi bilan, qorin qismining oqligi bilan harakterlanadi.O’zbekistonda uchrovchi kenja tur S.t.arenicola razmeri va tuzilishiga doir ilmiy adabiyotlarda quyidagi ma’lumotlar bor: erkak g`urrak tanasining uzunligi (n=5) 280 - 305 mm, o’rtacha 287,4 mm; qanotlari yoyiq holda 490 - 492 mm, o’rtacha 541,4 mm: qanotining uzunligi 161 - 179 mm, o’rtacha - 170,0 mm: urg`ochisining qanoti 161 - 175 mm, o’rtacha 165,5 mm. Qozoqistonda tutilgan g`urrakning qanoti 160 - 184 mm, dumi 115 - 125 mm, elkasi 20 - 24 mm, tumshug`i 15-19 mm. G`urrakning vazni iyun oyida: 130 g; 122; 124. O’rtachasi 122 g. (Meklenburstev, 1951, 1990 Dolgushin, 1962). Keltirilgan vaznga doir dalillar erkak jinsiga tegishli ekanligini ta’kidlash lozim.G`urrakning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlaridan ayrimlarini aytish kerak. Xuddi arealining boshqa hududlarida bo’lganidek, bizning sharoitda ham bu qushni darov payqash qiyin. U ko’pincha daraxtlarning barg-shoxchalari orasida bo’lib ko’zga darov tashlanmaydi. Hatto oziqlanish uchun qumri, musichalar kabi erga tushmaydi. Agar shaharda yashasa ham ovqatlanish uchun uni tark etadi. Qishloqda uni ko’rsa bo’ladi, hatto bu erda er yuzasida yurib hovlilarda ovqatlanadi ham. Suv ichish uchun, ovqatlanish uchun bu qush ko’pincha qushni yaqin dalalar va ariq, kanallarga uchib ketadi. Ba’zan uni uzini ko’rmay, tovushini eshitib qolish mumkin. G`urrak erta tongda to quyoshchiqguncha dalada ovqatlanadi, suv manbaiga borib suv ichadi. Katta gala hosil qilmaydi. Ko’proq uni 2 juftini birga yurganini, suvga borganini ko’rish mumkin. Suv manbaiga kelgach g`urrak bu erda dam ham oladi, par- patlarini tozalash bilan band bo’ladi, turli toshchalarni yutadi. Ammo bu ishlar ko’p vaqtni olmaydi va suv bo’yida uzoq kolmaydi. Odatda etuk yoshli g`urraklar uyada yoshlari esa daraxt, bo’yi shoxlarida turib quyoshning issig`idan saqlanadi. Kechga yaqin ular yana ovqatlanish uchun dalaga uchib ketadi. Tunash uchun ular yana uz joyiga kaytib keladi va kechasini daraxtlarda tig`iz barg-novdalar orasida o’tkazadi. Ular shunday joyni tanlaydiki, ko’z bilan ularni topish, ko’rish qiyin. Daraxtdan uchganda birdan qo’zg`alib uchadi, qanotlaridan o’ziga xos tovush beradi va tez orada qushlar turli tomonga tarqaladi. Bordiyu biror yirtqich duch kelsa ham ular xuddi aytilgandek o’zini tutadi. oshqa kaptarsimonlar bilan dam olish paytida tunaganda aralash gala hosil qiladi. Dalada ovqatlanganda yovvoyi kaptarlar bilan birga bo’lishini ko’rdik. Ammo, bu gala turg`un bo’lmaydi va tez orada tarqalib ketadi. G`urrakning tovushi urchish davrida eshtiladi. Uning tovushini, ya’ni sayrashini "g`urr-g`urr", "qurr-qurr" degan bo’ginlar orqali ifodalash mumkin. Bu vaqtda urg`ochisini ketidan quvib yuradi va pasttovushda chapillab oladi. Areali. G`urrak Evropaning O’rta va janubida, Shimoliy Amerikaning ancha katta zonasida, Kichik Osiyo, Old Osiyo va O’rta Osiyoda, Sibirning janubiy-g`arbida va Qozoqistonda uya qiladi. Bu qushning tarqalishining shimoliy chegarasi Angliya, Daniya va Estoniyaning janubi orqali o’tib keyin to Kalinin, Kostroma, Perm, Nijniy Tagilgacha boradi. Shu erdan shimoliy-sharq tomon o’tib Qo’rg`on viloyatiga chikadi va keyinchalik Qozoqiston bo’ylab tarqaladi. Uya qilish arealining janubiy chegarasi Kanar orollari, Saxroyi Kabirdagi tog`lar va voxalar, Iroq, Eron, Afg`oniston, Pokistonning shimoliy rayonlarigacha boradi. Xuddi shunday bu qush Kashqarda va Jung`oriyada ham bor. Qishlash joyi esa - ekvatorial Afrika hisoblanadi (Saxari, Senegal, Sudan) (Stepanyan, 1990). O’zbekistonda tarqalishi. G`urrak O’zbekitonda deyarli hamma joyda uya qiladi, keng tarqalgan. Uning uya qilishi bu erda shimoliy-garbda Amudaryoning eng quyi oqimi hududlaridan (Bogdanov, 1882, Molchanov, 1912, Gladkov, 1932 va boshq) to Chirchiq vodiysigacha - (respublikaning shimoliy-sharqida) qayd qilingan. Mamlakatimizning past-tekisliklarida, tog`oldi rayonlarida keng uchraydi. Tog`li rayonlarda bu qush to bargli o’rmon - butazorlar chegarasigacha boradi. Bu joylarda tog` daryolarining quyi va o’rta qismidagi sohillarida yashaydi. Janubdagi toglarda (Bobotog, Boysuntog`, Ko’hitang va boshq) olchazorlarda bemalol uya qilib bola ochadi. (Meklenburstev, 1950,1956; Solixboev va boshq 1964). Qizilqum cho’lida bu qushni ko’payish davrida ko’p zoologlar ko’rganlar. Chunonchi, A.P.Xoroshxin (1876) 28 may kuni (1872 yilda) Bisbuloq qudug`ida ko’rgan va g`urrak bu cho’l uchun xarakterli qushlardan degan. Boshqa bir olim - N.A.Zarudniy (1915) g`urryakni Polbop quduq, Top quduqda, Belgiduq, Desabay quduqsta, Tomdi voxasida va Taxtatou kabi hududlarda ko’rgan, qush migrastiya va uya qilish mavsumida uchratilgan. Qizilqumda g`urrak Saksovulzorlarda, qandim, qum akastiyasi ko’plab uchraydigan joylarda, quduqlar, chashmalar atrofidagi daraxtzor - butazorlarda uchraydi. Cho’lning ancha ichki qismidagi kichik voxalarda, Buxoro, Qorako’l, va voxalariga tutash bo’lgan qumliklarda ham serob holda uchraydi, uya qiladi, bola ochadi.Vertikal yunalishda bu qush mamlakatimizdagi toglarda dengiz satxidan 1500 - 1800 metrgacha ko’tariladi. Ammo turli sharoitlarda bu qushning soni har xil.Biz o’z kuzatishlarimiz davomida bu qushning Navoiy viloyatida, Buxoro viloyati shaharlari, qishloqlarida ko’p uchrovchi qushlardan biri ekanligini aniqladik. Shunday qilib, g`urrak O’zbekistonga keng tarqalgan, ammouning uya qilish joyi tekis joylashmagan.
G`urrakning O’zbekistonda tarqalishi xaritasi.Shartli belgilar: • - uya qilish aniqlangan joylar