Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Umumiy tavsifi, areali, O’zbekistonda tarqalishi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

Umumiy tavsifi, areali, O’zbekistonda tarqalishi.
Qumri qushlar-Aves sinfining kaptarsimonlar-Solumbofermes turkumining musicha - Streptopelia avlodiga mansub. Bu qush tanasining umumiy tuzilishi, par-patlarining rangi joylanish xarakteri bilan kaptarlarga o’xshaydi. Ammo u yana ham ko’proq musichalarga, ayniqsa katta musichaga, g`urrakka o’xshash ekanligini ta’kidlash zarur. Bizning kuzatishlarimizga qaraganda voyaga etgan qumrining ko’rinishini quyidagicha tavsiflash mumkin. Ya’ni, uning bosh qismi, bo’ynining orqasidagi par- patlar bo’z, kulrang tusda bo’lib, ba’zan vinorang - pushti tusda tovlanib turadi. Bo’ynining orqa qismida ko’ndalang qora tusli halqasi bor, u o’roqsimon yo’nalgan bo’lib uzoqdan ham ko’zga yaxshi ko’rinib turadi. Uning ana shu belgisini e’tiborga olib, unga rus tilida «Kolchataya gorlista» deb nom ham berganlar. Tananing orqa elka qismi va qoquv qanotlarini qoplovchi patlari va dum usti patlari kulrang tusdadir. Birinchi darajali qoquv patlari bir oz qoramtirroq, ikkinchi darajalari esa bo’zroq, qanoti osti patlari esa ko’kimtirroq tusda bo’ladi. Tomog`ining patlari tiniq - oqish rangda. Bo’yinning old qismi va yon qismi jig`ildon zonasi ko’krak qismidagi patlari tiniq oqish va pushti tusda bo’lib quyoshda kulrang bo’lib tovlanadi. Tanasining qorin qismi va yon tomonlari havorang - kulrang, dum osti patlari qung`ir ko’kish bo’lib, dum patlarining uchi oxiri oq rang bilan tugaydi. Dumning o’rtasidagi patlar tanasining orqa qismi bir xil rangda, qolganlari esa asosiy qismida qoramtir - kulrang, uchki qismiga tomon tiniq kulrang yoki oq bo’lib boradi. Tumshug`i qora, oyoqlari esa qizg`ish rangda ko’zlari rangdor pardasining cheti qizil. Voyaga etmagan, uyani tark etgan yosh qumrilarning parpatlarining rangi uncha shaffof bo’lmaydi, bir oz nursiz bo’r tovlanadi. Ularning bo’ynida qora tusli o’roqsimon halqa yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Ilmiy adabiyotlardagi (Dolgushin, 1962) ma’lumotlariga ko’ra qumri qanotining uzunligi 170-190 mm, dumi 125-145 mm, stevkasi (ilik suyagi) 21-26 mm, tumshug`i 16-19 mm keladi. Iyun oyida tutilgan erkak qumri vazni 195 gr, urg`ochisiniki esa 193 gr kelgan. Yana boshqa bir manbada (Meklenburstev 1951) erkak qumrilar qanotining uzunligi 164-173 mm (n=6), urg`ochilarining esa 160-174 mm (n=7) bo’lib, bu ko’rsatkichlarning o’rtachasi 167,8 va 167,6 mm ga teng.
R.N. Meklenburstev (1951) fikricha qumri (Streptopelia decaocto Friv) o’z areali doirasida 3 ta kenja tur hosil qilgan. Bular: 1. S.D.Decaocto frive, 1838; 2. S.D. Xauothocuclus New; 3. S.D.Stoliczcae Hume, 1874. Kenja turlarining 3 ta ekanligini L.S.Stepanyan (1990) ham ko’rayotgan. Ammo bu masala hanuzgacha to’liq ishlangan emas. O’rta Osiyoda, jumladan Uzbekistonda tarqalgan qumrilar S.D.Stoliczcae ekanligi tan olinmoqda. Toshkentlik yosh olim S.R.Zagrebinni (1994) bu haqdagi xulosalar ancha jiddiy. Uzbekiston Milliy Universitetining Zoologiya kafedrasida saqlanayotgan qumri kollekstiyalarini va Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari va boshqa hududlaridan tutilgan qumrilarning morfometrik o’lchamlarini, ayniqsa qanot uzunligini (n=20) qiyosiy tahlil qilgan. Natijada, O’zbekistonning sharqiy rayonlarida yashovchi qumrilar S.D.Stoliczcae kenja turiga mansubdir degan xulosaga kelgan. Bizning fikrimizcha to’plangan tahlil qilingan material hajmi uncha ko’p emas. Yana faqat 2 ta belgi-qanot uzunligi, jins bo’yicha taqqoslangan xolos. Kelgusida O’zbekiston bo’ylab unga yondosh hududlarni ham e’tiborga olib ko’proq material to’plash, chuqurroq, kengroq tahlil qilish maqsadga muvofik. Chunki yirik, tajribali olimlar (Meklenburstev 1951, Dementev 1952 va boshqa) xulosalarini yana o’rganish foydalidir. T. 3. Zokirov R.N.Meklenburstevlar (1969) ma’lumotlarga ko’ra qumrining yana bir kenja turi S.D.Decaocto bo’lib uning rangi ancha quyuqligi bilan xarakterlanadi. Afg`onistonda yashaydi. U erdan keyingi davrda Turkmanistonga o’tgan degan fikrlar borligini ham inobatga olmoq kerak. Ehtimol Turkmaniston Uzbekistonning janubiy - garbiy hududlarida, keyingi yillarda tarqalgan qumrilar ham shu kenja turkumga mansub bo’lsa kerak. Buxoro shahridagi qumrilarning parpatlarini rangi bo’yicha tiniq, koramtir guruxiga ajratish mumkin. Ammo bu xodisa maxsus tadqiq etilishi kerak.
Areali. Qumri tarqalishi, areali o’ziga xos xususiyatlariga ega. G`arbiy Evropada bu qush bolqon yarim orolidan to Gollandiya, Angliya va janubiy-g`arbiy Skandinaviyagacha hamda kichik old Osiyodan to Xitoy, Quriya va Yaponiyagacha bo’lgan hududda uchraydi, yashaydi. Sobiq ittifoqda esa Boltiqbo’yi respublikalarida Tallingacha Ukrainadan to Kievgacha, Turkmanistoning janubig`arbida, Qozoqistoning janubida, Qirg`izistonda va O’zbekistonda tarqalgan. Kamdan - kam hollarda tasodifiy uchish natijasida Amur daryosining quyi oqimida ham qayd qilingan. Yaqin o’tmishda qumri O’rta Osiyoda 2 ta bir-biridan aloxidalashgan joyda bor edi. Buning bittasi Tukmanistonda Murgob va Tedjen daryolari voxasida bo’lsa, ikkinchisi Qozoqistonda, ya’ni Ili daryosi voxasida va unga yondosh hududlarda (Jung`oriya, Xitoy) joylashgan edi. Xozirgi davrda kelib qumri o’z arealini keng front bo’ylab o’zgartirmoqda. Bu xodisani aloxidalashgan hududlarda ham kuzatish mumkin. Chunonchi, Turkmanistonda qumrining yashash joyi, hududi shimolga tomon o’zgardi. Agar uni 1942 yilda Ko’shkada paydo bo’lganligini e’tiborga olsak, keyinchalik u Murg`ob daryosi bo’ylab T Taxtabozor, Doshkenti kabi shimoldagi rayonlarga ham o’tdi va bu joylarda ko’paya boshladi, bola ochdi. Bu qush 1950 yili yana ham shimolroqda joylashgan rayon-Gazikli-bentda, Saraxsda paydo bo’ldi. Ammo, shundan keyingi 30-40 yil ichidagi davrda qumri Turkmaniston bo’ylab tarqalishiga doir ma’lumot yo’q. Faqat keyingi yillarda qumrilar yana o’sha eski hududlarida va Kopet tog`ining markaziy tog` oldi rayonlarida kayd etilmoqda (Eminov,1993).Jumladan bu qush 1991 yilning aprelida Sandikachi posyolkasida (Mo’rg`ob daryosi bo’ylab) 1993 yilda esa Tadjen daryosi bo’ylab (2-Tadjen posyolkasida, Kopettog` qo’riqxonasida va boshqalar) kuzatildi. Qumri 1991 yildan boshlab katta Qoraqum soxillarida Ashxabod shahri atroflarida, 1990 yilda Geogtepada (Ashxaboddan 50 km g`arbda) qumrilarning sayrashi, uya qilishi aniqlandi. Keyin 1992-1993 yillarda bu qush Ashxabod shahrida xam keng tarqaldi. Bu shahardan 15 km g`arbda joylashgan, Bag`ir posyolkasida Anna bekatida, Feruza daryosi hududlarida ham oila hosil qilib yashay boshladi.
Shunday qilib, qumrilar Turkmanistonda o’z arealini kengaytishni madaniy landshaftlar bo’ylab janubdan shimolga tomon hozir ham davom ettirmoqda. Kelajakda bu qushni Kopettog` rayoni hududlarida g`arbga tomon yunalishida tarqalishi kutilmoqda. Xuddi shunday qumri tarqalishi temiryo’l va qoraqum kanali bo’ylab davom etishi mumkin.
Qumrining Uzbekistonda tarqalishi. Bu haqdagi dastlabki ma’lumot 1956 yilda nashr qilingan «Fauna Uzbekskoy SSR» (2-tom; 2- kism; 151-152 bet) nomli monografiyada keltirilgan (Meklenburstev, 1956). Kitobda yozilishicha qumrini Uzbekistonda topilishiga doir faqat bitta dalil bo’lgan. Ya’ni ish muallifi - R.N.Meklenburstev 1918 yilda Toshkent shahrida bitta qumrini ko’rgan ekan. Qush patlari titkilangan, iflos bo’lgani bois uni kaysi bir qushsevarning qafasidan uchib chiqqan degan fikr bildirilgan. Yana ma’lum bo’lishicha Moskva davlat universitetining zoomuzeyida Toshkentda tutilgan qumrining atigi bitta tulumi (kollekstiya) mavjud, u S.D. Stoliczcae ga mansubdir. Ammo bu qushning kim tutgani, kollektsiya qilgani, uning sanasi noma’lum. Boshqa ilmiy dalillar to yaqin yillargacha adabiyotlarda topilgan emas. Yangi ma’lumotlar o’tgan asrning 80-yillaridan keyin paydo bo’ldi. Ana shunday ma’lumotlarning bir qismi 1990 yilda nashr qilingan. «Ptistы Uzbekistana» kitobining 2-jildida (206-209 bet) keltirilgan. Chunonchi, E.R.Fotellar qumrini Toshkent shahrining turli go’shalarida uchratganini, 1987 yil 29 aprelda Surxandaryo viloyatida Hazortog`da, Shredr nomidagi ilmiy tekshirish istitu bo’limining bog`ida qayd etdi. 1986 yilning mart oyida Ohangaronning o’rta oqimida Oqcha ovchilik xo’jaligi hududida keyinchalik Samarqand shahrida qumri borligi aniqlandi, bu erda 1986 yil 21 aprelida qushning-qumri uyasi topildi. Shu yili yana Chirchiq daryosining O’rta oqimida - Olmazor bekatida bu qush kuzatildi va tutib olindi. Bu qushning tulumi O’ZMU qoshidagi ornitologiya kollekstiya fondida saqlanmoqda. Xuddi shunday bu qushni 1985-1986 yillar davomida Toshkent shahri atroflarida ornitologlar - R.N.Meklenburstev va D.Yu.Kashkarovlar ko’rganlar. Yana bir qiziqarli dalil - ya’ni qumrini Qizilqum cho’lining qoq markazidagi Tomdi posyolkasi chekkasida tabiatshunos R.P.Tretyakov uchratdi; 1984 yil yozida «Qizilqum» sovxozi markazida qumrilarni borligi qayd etildi. Qizilqumning janubiy - sharqiy qismida Aydar ko’llari tizimida A.P.Nazarov 2 ta yakka-yakka holda uchib yurgan qumrini 1987 yilning 18 va 24 aprel kunlarida uchratdi. Ana shu qushlardan bittasi kollekstiya qilindi u xozir O’ZMUda saqlanmoqda. Bu ornitolog 1987 yil 28 may kuni qumrini Turkiston tizma tog`lari tizimida, aniqrog`i Baxmalda va Usmatda sayrayotgan holda ko’rgan va shu dalillarga tayangan holda Aydar ko’llari va Samarqand shahri qumrining janubiy-sharqida eng chekka nuqtasi deb baholangan edi. (Nazarov, 1990). Ammo o’tgan asrning 80 yillarining oxiri 90 yillar boshida mutaxassis ornitologlar qumrini O’zbekistonning boshqa vioyatlari hududlarida paydo bo’lganligiga doir ma’lumotlarni matbuotda e’lon qildilar. Jumladan, S.B.Baqoev, X.V.Salimov (1990) Buxoroda bo’lib o’tgan O’rta Osiyo va Qazogizton ornitologlarining birinchi, O’zbekiston ornitologlarining uchinchi ilmiy konferenstiyasida qumri tarqalishi, biologiyasiga doir yangi ma’lumotlarni umumlashtirdilar. Ma’lum bo’lishicha vaqtida 1988 yil 1 mart kuni ular qushlar sonini hisobga
olish vaqtida Buxoro shahridagi somoniylar dam olish va istiroxat bog`ida (parkda) yovvoyi kaptarlar galasi orasiga 4 ta qumri ham borligini payqaganlar. Keyingi oylarga va 1988-1989 yillarda bu bog`da 4-8 ta qumri qayd qilingan, 1988 yil 28 aprel kuni uning 2 ta tuxumli uyasi ham topilgan. Bu uyada qumri biologiyasiga doir qator kuzatishlar ham olib borilgan. Shu yilning 28 dekabr kuni qumrilar yana yovoyi kaptar galasida Buxorodan 60 km shimoliy-g`arbda, Shofirkon tumanining Tambov sovxozi don ekini dalalarida, ixotazorlarda qayd qilingan. 1989 yilning iyun oyida 2 ta qumri Buxoro shahrining shimolida xozirgi «Tamanno» to’yxonasi qoshidagi daraxtzorda uchratilgan edi. Keyinchalik juda ham qisqa vaqt ichida qumrilarni Buxoro, Navoiy viloyatidagi qator shaharlarda, qishloq posyolkalarida tarqalganligini va uya qilgani aniqlangan, uni biologiyasi qisman o’rganilgan (Baqoev, Xolboev, 1993; 1995). Ma’lum bo’lishicha qumri soni ortib borgan. Shu davrda qumri O’zbekistonning janubiy rayonlarida tarqalganligi ham ma’lum bo’lgan. Chunonchi, A.N.Filatov, E.N.Lanovenko (1990) 19 aprel kuni Shahrisabz shahri markazida qumrini birinchi marta uchratganlar, 10-17 may kunlari esa bu qushning uyasini chinor daraxtida, erdan 15 m balandda topganlar. Shahrisabz qumrining O’zbekiston janubidagi tarqalish nuqtasi. Qumri yoz va qishda Qarshi shahrida ham bor. Ammo bu qushni hozirga Termiz shahrida hech kim uchratgan emas (Lanovenko, 1993).
Keyingi yillarda qumri Qoraqalpog`istonda, Amudaryoning quyi oqimi bo’ylab ham tarqalmoqda. O’rmonshunos ornitolog olim M.Ametovning (1993) to’plagan yangi ma’lumotlari buni to’la tasdiqlaydi. Ma’lum bo’lishicha qumrilar 1994 yilning 7-8 fevralida Doshan aulda, 16 iyun kuni Chimboy shahrida, 5 iyul kuni Nukus tumanidagi Qizil uy qishlogida, 3 avgustda Mangit posyolkasida, 17 avgustda esa Nurumtubek to’qayda, 5 sentyabr kuni Oqterak jamoa xo’jaligi hududida, 13 sentyabrda Kegeyli o’rmon xo’jaligining Qayrag`ochzorida, 22 sentyabrda Kattag`orda, 29-30 sentyabr kuni Nukus shahridagi botanika bog`ida, shahar shifoxonasi hududida va boshqa joylarda aniq kuzatilgan, qayd qilingan. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki qumrilar Amudaryo quyi oqimidagi rayonlarda ham asosan madaniy landshaftlar bo’ylab tarqalmoqda. Biz o’zimizning 2007, 2008 yilgi kuzatishlarimiz davrida qumrining Buxoro viloyatida keng tarqalganligini sonini ko’payganligini ko’rdik. Uni Jayron ekomarkazi hududida, Qorovulbozor posyolkasida va qator qishloqlarida ham, Neftezavodsk posyolkasida uya qilishini aniqladik. O’z kuzatishlarimiz va ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda bu qushning O’zbekistonda tarqalishi xaritasi-sxemasini tuzdik (1-2 rasm). Agar bu xarita 1990 yilgi (Nazarov, 1990) xarita bilan solishtirib qaralsa qumrining uya qilish hududi respublikamizda kengayganligini, ko’payganligini sezish mumkin.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin