Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə8/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

III bob. Xulosa

Dunyo ornitofaunasida kaptarsimonlar turkumining 310 turi ma’lum. O’zbekistonda 12 turi uchraydi. Bu turkumni sistematiklar 2 ta kenja turkumga ajratganlar: kaptarsimonlar va bulduruqsimonlardir.


Kaptarsimonlar kenja turkumi vakillaridan ikkita turga e’tibor berildi (qumri, g`urrak)
Qumri va g`urrakning tarqalishi, biologiyasi va xo’jalik ahamiyati to’grisidagi kuzatishlar, ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarini tahlili ayrim xulosalarni qilishga asos bo’ldi.

  1. O’rganilgan turlar - qumri va g`urrak qushlar sinfining kaptarsimonlar turkumining musicha avlodiga mansub qushlar. Ularning umumiy tuzilishda par - patlarning rangida, hatti - harakatlarida, biologiyasida umumiy xususiyatlar mavjud (ikkala tur ham yashash stastiyasi, oziqlanishi bilan daraxt, butalar, o’rmon bilan bog`liq). Ammo tafovutli xatolar ham yo’q emas (qumri nisbatan yirikroq, vazni 193 - 195 g, g`urrakning vazni esa 122 - 130 g).

  2. Bu qushlarning areallarida ham o’xshashlik bor. Ammo hudud, yashash joyi bilan bog`liqlik darajasi o’xshash emas. Chunonchi qumri O’zbekiston sharoitida o’troq holda, g`urrak esa o’tkinchi, uya qiluvchi qush hisoblanadi. Qumrining O’zbekistonda bo’lishi haqidagi ma’lumotlar 1918 yildan buyon bor. Ammo bu turning o’tgan asrning oxirgi choragida Respublikada tarqalishi jadal tus oldi. Bu tur o’z arealini, sonini o’zgartirayotgan qush hisoblanadi. Ayniqsa madaniy landshaftlarda yaxshi yashaydi. Soni juda ham serob. Bu gapni g`urrak to’g`risida aytish qiyin. U nisbatan kamroq sonda uchraydi. Arealida siljish kuzatilgan emas.

  3. O’rganilgan turlarning yashash sharoitiga talablari o’xshash. Ya’ni ikkala tur ham daraxtzor, butazorlarni xush ko’radi. Ammo suvning bo’lishi ham ularni tarqalishidan muhim.

  4. Ko’payish davri biologiyasida bu turlar o’rtasida farqli holatlar bor. Qumri o’troq bo’lgani bois, urchishga ancha erta kirishadi, uning tuxumli uyalarini Buxoro sharoitida fevraldan to noyabrgacha topish mumkin. G`urrak esa migrant, kelib ketuvchi qush, urchish ancha kech boshlanadi (mayning boshidan to avgustning birinchi dekadasigacha tuxum qo’yadi), barvaqt tugaydi.

  5. Qumri va g`urrakning uya tuzilishi, qurilish materiallari o’xshash. Ammo uyaning o’lchamlarida farq bor. Masalan: qumrining uya razmerlari: balandligi 70 - 110 mm; kengligi 185 - 230 mm; g`urrakning uyasining o’lchamlari esa - kengligi - 141,7 mm, chuqurligi 19,5 mm. Tuxumlarining rangi ikki turda ham oppoq, soni ham har bir uyada 2 tadan iborat. Qumri tuxumining o’rtacha vazni 9,4 g. G`urrakning esa 8,2 g. Xuddi shunday farqni tuxum uzunligi va enida ham ko’rish mumkin.

  6. Tuxumni bosish zichligi qumrida yuqori (88,6 - 96,2%), g`urrakda kamroq (46,9 - 88,9 %). Bunday vaziyat turli ob - havo sharoiti, uyaning joylanishi va qushlarning hatti - harakatlari bilan bog`liq bo’lsa kerak. Tuxum bosish davri ham bir xil emas. Qumri 16 - 18 kun, g`urrakda 15-16 kun.

  7. O’rganilgan turlar ikkalasi ham donxo’r. Ammo ovqatlanish hatti harakatida farq bor. Qumrining turli joyda erdan don terishini ko’rish mumkin. G`urrak ovkatlanishda biroz yashirinishni yoqtiradi. Uni uchratish qiyin. O’rganilgan turlar - qumri, g`urrak inson uchun ziyon keltirmaydi. Begona o’tlar urug`ini eb foyda keltiradi. Bu turlar o’zining xushbichimligi, yaxshi sayrashi, sokin hatti - harakatlari bilan kishilarga estetik zavq beradi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin