Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


I bob. Kaptarsimonlar – Columbiformes turkumi haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

I bob. Kaptarsimonlar – Columbiformes turkumi haqida umumiy ma’lumot

Ayrim ma’lumotnomalarda (Flint i d.r. 1968) kaptarsimonlar alohida turkum, bulduruqlar alohida turkum sifatida keltirilgan. Ammo keyingi fundamental adabiyotlarda (Kartashov, 1974; Bogdanov, 1992; Shernazarov va b. 2006 va boshq.). Bu ikkala turkum birlashtirilgan va kaptarsimonlar turkumi deb nomlangan. Biz oxirgi adabiyotlardagi holatni saqlagan holda keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik.Dunyo faunasida kaptarsimonlar turkumining 310 turi bor. MDH hududida turkumning 16 turi ma’lum. O’zbekistonda esa 12 turi uchraydi. (Kartashov, 1974; Shernazarov va boshq. 2006). Turkum 2 ta kenja turkumga bo’linadi.


1.1. Kaptarsimonlar – Columbae kenja turkumi.
Bularning tumshug`i ozmi-ko’pmi uzunroq, old qismi yo’g`onroq. Burun tumshuqlari teri burmasi bilan yopiq emas. Oyoqlari bulduruqlarnikidan uzunroq. Orqa barmoq yaxshi rivojlangan va oldingi barmoqlar bilan birxil daraja balandlikda joylashgan. Jig`ildoni ancha yirik bo’lib, u qizilo’ngach yon o’simtasi sifatida rivojlangan. Ko’r ichagi rudiment holda yoki umuman yo’q ham. Ko’p turlarida o’t pufagi rivojlanmagan. Bir qator turlarida esa quymich bezi ham yo’q. Pastki bo’g`iz nosimmetrik joylashgan muskullariga ega. Bu kenja turkumning 2 ta oilasi ma’lum (drontlar, kaptarlar). Birinchi oila vakillari ucha olmaydigan yirik qushlar bo’lgan. Ular o’tmishda Maskaren orollarida (Mavrikiy, Reyunon, Rodriges) yashagan XVI-XVII asrlarda to’liq qirib yuborilgan. Ularning 3 ta turi bo’lgan, 2 avlodga (Raphus, Pezaphars) birlashgan. Ularning tumshug`i juda ham kuchli, uzun shishiq bo’lib, uchi ilmoqli bo’lgan. Voskovistasi yo’q. Bosh yirik, to’shi past killi (tojli). Qanoti qisqargan, bu hol uning skeleti uchun ham xos. Korakoid va o’mrovi sust rivojlangan. Chanoq va keyingi oyoqlar skeleti baquvvvat. BirinchI darajali qoquv patlaridan 5-6 tasi saqlangan. Dum patlari bo’lmagan. Pat qoplami siyrak bo’lgan. Yuz qismi yalang`och ham. Quruqlikda, botqoqlik uchastkalarida hayot kechirgan. Har xil o’simlik ozuqa iste’mol qilgan. Juft holda yashab o’zini uchastkasini qo’riqlagan. Jo’jalarining o’sishi uzoq bir necha oy davom etgan. Drontlar kaptarlarning primitiv shoxi bo’lib uchish qobiliyatini yo’qotgan. Bunga uning orol sharoiti, jussasining og`irligi, yirikligi (to 10 kg. vazn) ham sabab bo’lishi mumkin.Kaptarsimonlar oilasi vakillari ko’proq o’rtacha kattalikda bo’ladi. Ammo ancha kichik shakllari (musichalar to 30 gr.) va yiriklari (vazni 3 kg. Tojdor kaptar) ham bor.Tumshug`i ingichka, biroz uzunlashgan, uchida ilmog`i bor. To’shida toj (kil) yaxshi rivojlangan. Kontur patlarida qo’shimcha pat o’qi yo’q. Birinchi darajali qoquv patlari 10-11 ta. Rul patlari 12-14 ta. Par-patlarining rangi har xil, yaltiroqligi bilan xarakterlanadi. Jinsiy deformizm rangda namoyon emas. Juda ham yaxshi uchadi, erga yaxshi yuradi ammo yomon yuguradi. Suv ichganda boshni yuqori ko’tarmaydi, suvga tumshuqni botirib so’rib ichadi. Ko’pchilik turlari yakka juft holida uya qiladi. Ammo ayrim turlari guruh holida hatto haqiqiy koloniya hosil qilib uya qiladi. Uyalari g`ovak, uncha mustahkam emas. Uya qilish joylari har xil: daraxt kovaklari, qoya, jarliklardagi kovaklar, ayrimlari erda ham uya qiladi. Jish bola ochuvchi qushlar. Ko’pchiligi polistiklik ya’ni bir yilda 2-3 marta hatto bizda 4-5 marta tuxum qo’yadi (musicha, kaptar).Turli o’simlik ozuqalari: urug`lar, mevalar, yashil qismlar bilan oziqlanadi. Doim suv ichishga borib turadi. Kaptarlar – kosmopolit qushlardir. Er sharining mo’’tadil va issiq kengliklarida, okean orollarida ham yashaydi. Bu oilaning hozirgi kunda 45 ta avlodi, 285 ta turi bor.
Bulduruqlar va kaptarlarning bir turkumga kiritilishi bir qancha muhim anatomik, morfologik belgilarning skeletlarida borligi hamda ovqat hazm qilish sistemasidagi umumiyliklar bilan izohlanadi. Ayniqsa tumshuqning nisbatan ingichka bo’lishi, burun teshiklarining torligi, tirqishsimon bo’lishi, ko’pchiligida voskavistaning mavjudligi, boshni kichikligi, bo’yinni kaltaligi va to’shning keng bo’lishi (jig`ildon) ham bular uchun xarakterli. Gavda kompakt holda bo’lib ko’krak muskullari kuchli rivojlangan bo’ladi. Qanotlari uzun, o’tkirlashgan. Dum qanotdan kalta bo’ladi. Oyoqlarining kichikligi ham xarakterli. Pat qoplami tig`iz va zich bo’ladi, ammo ular teriga mustahkam birikkan emas. Kunduzgi faol qushlar hisoblanadi. Bu turkumga kiruvchi turlar hammasi monogam.Kaptarsimonlarning go’shti mazali, sport ovi ob’ekti hisoblanadi. Xonaki qushlar sifatida ham ularni ahamiyati bor. Ular orasida manzarabop zotlar, go’sht beruvchi zotlari, pochta zotlari bor. Xonaki kaptarlar turli tajriba tadqiqotlarni olib borishda ham muhim ob’ekt hisoblanadilar.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin