Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


G`urrakning biologiyasiga doir ma’lumotlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə6/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

G`urrakning biologiyasiga doir ma’lumotlar
Yashash joyi. G`urrak turli biotoplarda yashaydi, uya qiladi. Ammo hamma joyda ham uning asosiy talabi bu uya qilish joyi, ya’ni daraxtzor butalarning bo’lishi va suv manbaasining borligidir. Suv manbalari ham xar xil ya’ni ariqlar, kanallar, hovuzlar, quduqlar bo’lib, ularning yaqinida albatta daraxt, butalar bo’lsa yaxshi. Janubiy-garbiy O’zbekistonda bu qushning asosiy stastiyasi madaniy landshaftlardir. Uni shaharlarda, qishloq boglarida, atrofi ixotazor bo’lgan dalalarda, sugorish tizimi soxillarida, xiyobonlar, katta hovlilarda uya qilishini ko’rdik. Voxalar bilan yondosh bo’lgan qumliklardagi saksovulzorlar, yulgunzorlarda ham bor. Oq jangal, qandimda hatto qo’l bo’yidagi qamishlar ham uning uya qilishi uchun qulaydir. 2007 yil may oyining o’rtalarida uning Sarmishsoy bo’yidagi changalzorda uyasi borligini aniqladik. Qurgoqchil cho’ldagi oazislarda daraxt, buta va suv bulsa g`urrak albatta bu erga uchraydi. Bunday joyda u ko’proq qayragoch, mevali daraxtlarni tanlaydi. Qulay suv tizimi | bo’ylab g`urrak ba’zan ancha ichkariga - tabiiy ekosistemalarga, ya’ni to’qay, tog`larga ham o’tadi. Ammo suvsiz hududlardan qochadi. Migrastiya davrida uni butazorlar, bargli o’rmonda va bugdoyzorlarda ham kuzatish mumkin. Bu erda xam suvning bulishi muximdir. Shu bilan bir qatorda g`urrak tigiz ko’p maydonni egallab turgan past bo’yli paxtazorlarni yoqtirmaydi. G`urrakning odamga nisbatan o’zini tutishi qumriga qaraganda pastroq, ya’ni tez hurkuvchan o’ziga yaqinlashtirmaydi, tez uchib ketib qoladi. Shuning uchun uni payqash, ko’rish boshqa musichalarga qaraganda ancha mushkul.
Soni. G`urrak bizning regionda o’zi uchun qulay bo’lgan biotoplarda ko’p sonli qushdir. Ammo turli biotoplarda ma’lum maydon birligidagi zichligi har xil. Qadimgi voxalarda (Buxoro, Samarqand, Qorako’l) serob, yangi nisbatan yon uncha yirik bo’lmagan hududda soni kam (Zarafshon, Uchkuduk va boshqa). Masalan: iyunda Tomdi voxasida g`urrakning soni 10 ga da 4,3 ga ni, Shofirkon tumanidagi qishloqlarda 18,0 ta ni, uning chetida esa 9,6 ta ni tashkil etadi (Kashkarov, 1981; Baqoev, 1994). Mirzacho’ldagi yulg`unzorda 10 ga da 13,3 ta g`urrak uchraydi, bedazorda (chetida daraxtlar bulsa) 10,0 ta ga etadi. Bizning kuzatishimizcha voxa oldi kumliklarda, saksovulzorlarda may oyida bu ko’rsatkich 12 tani tashkil etdi. Amu - Buxoro kanalining sohilida 1 km masofada g`urrakning 2 ta uyasini topdik. Bahorda migrastiya davrida soni ko’payadi. Masalan: may oyining boshida (2008 yil) Jondor tumanida 2 soat vaqt davomida 160 ta g`urrak hisobga olindi. Ular telegramma liniyasida gurux-gurux bo’lib turar edi. (9-13 tadan xar bir go’ruxda). Shunday qilib xulosa o’rnida aytish lozim g`urrak qulay yashash joylarida ancha ko’p sonli qush. Ayniqsa qishloq bog`larida uni soni ko’proq. Shaharda xam bor, ammo uni soni qishloqka qaraganda ancha past. Agar uni sonini qumri soni bilan solishtirsak unda g`urrakni soni | kamligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yana qush sonini belgilovchi omillar ham ko’p. Ayniqsa migrastiya davrida uning ortishi, so’ngra kamayishini; ko’payish davri davomida may oyidan avgustga tomon yana ko’payishini alohida e’tiborga olmoq kerak.
Ko’payish davri biologiyasi. G`urrak O’zbekiston sharoiti uchun o’tkinchi, uya qiluvchi qushdir. Bahorda bizga tomon ancha kech uchib keladi. R.N.Meklenburstev (1956) uni Toshkent rayonida bahorda kelishini, aprelning o’rtalarida qayd qilgan. Nurato tog`ining shimoliy yon bag`rida 10 - mayda, janubida esa 26 aprelda uchib kelgan (Solixboev va b. 1970). | Mirzacho’lda g`urraklarning kelishi turli yillarda 24; 21; 19 aprelda kuzatilgan (Fundukchiev, 1979). Zarafshon vodiysida bu qushni bahorda uchib kelishi qator yillarda (1967 - 1981) 16 apreldan to 29 aprelgacha qayd qilingan (Baqoev, 1994). Keyingi ikki yilda (2007-2008) bu qushni Buxoro tumanida paydo bulishini biz 20 va 25 aprelda kuzatdik. Respublikaning janubida Surxandaryoda ancha oldin aprelning birinchi dekadasida g`urraklar paydo bo’ladi va keyingi dekadada ularning soni ortib boradi (Solixboev, 1964). Yana ham janubroqda, masalan Rapatakda (Turkmaniston) bahor iliq kelgan yillarda g`urrakni martning ikkinchi dekadasidan uchratish mumkin (Attaev, 1979). Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki bahorgi migrastiya muddatlari turli yillarda, joylarda ancha farq qilib, bu hodisaning boshlanishi ma’lum darajada iqlim sharoiti bilan bog`liqdir. Buxoro viloyati sharoitida g`urraklarning ko’plab gala shaklida uchib kelishi aprelning uchinchi dekadasidan mayning o’rtalarigacha davom etadi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin