Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


Umumiy ishtirokchilar soni: 38 nafar



Yüklə 459 Kb.
səhifə20/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Umumiy ishtirokchilar soni: 38 nafar

Ota-onalarning anketa savollariga bergan javoblarini tahlil qilganda shunisi ayon bo’ldiki, ba’zi javoblarda ularning teskari fikrda ekanlar. Masalan, 3-savolga bobo-buvilarning javoblari ota-onalarnikiga teskari proportsiya hosil qilgan. Ya’ni respondent bobo-buvilar orasida “Oldindan bunday yomon so’zlarni aytishni ta’qiqlab qo’yishadi” degan javobni belgilaganlar ko’pchilikni tashkil etsa, respondent ota onalar orasida “Eshitmaganga olishadi yoki buni hazilga yo’yishadi” degan javobni belgilaganlar soni ko’pchilikni tashkil etadi. Shu erning o’zidayoq farzand tarbiyasida yosh ota-onalar bilan bobo-buvilar o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud ekanligini ko’rsatib turibdi. Bu esa aynan shu mavzuda ota-onalar va bobo-buvilar o’rtasida tez-tez suhbat va o’quvlar tashkil etish lozimligini ko’rsatib turibdi. Bundan tashqari biz maktab va bog’chalarda o’tkazgan davra suhbatlari va ota-onalar o’quvlarda shuni guvohi bo’ldikki, ko’pgina ota-onalar bu borada bilim va malakalari etishmasligini tan olishdi va shunga o’xshash qiziqarli mavzularda uchrashuvlar tashkil etishni bizdan so’rab qolishdi.


Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda bobo va buvilarning o’rni” mavzuidagi ota-onalar yig’ilishi loyihasi
Diskussiyani boshlash tartibi.
Siz quyidagi ikki nuqtai nazardan qay birini qo’llab-quvvatlaysiz?
1-nuqtai nazar: Kattalarning ko’magi oila tarbiyasi samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi degan fikr mavjud.
Qay biringiz ushbu fikrni ma’qullasangiz yashil kartochkani ko’taring.
2-nuqtai nazar: Bunga aynan teskari fikr ham mavjud: ota-onalar bolalarini o’zlari tarbiyalashlari kerak, chunki kattalar har doim ham bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydilar.
Agar kim shu fikrni ma’qullasa, qizil kartochkani ko’tarsin.
Qizil va yashil kartochka ko’targanlar alohida ikki guruhga ajratiladi. Har bir guruh o’z fikri va nuqtai nazarini shakllantirib, uni himoya qiladi.
Endi esa shu masala bo’yicha o’z fikr-mulohazalarimizni bayon etamiz.
Diskussiyaning taxminiy savollari:

  • Oilada nevaralar tarbiyasida bobo va buvilarning o’rnini qanday baholaysiz?

  • Sizningcha, bobo va buvilarning nevaralar bilan birga yoki alohida yashashlari ular tarbiyasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?

  • Bolalarning buvilariga injiqlik qilishlari va ularning gaplariga quloq solmasliklari sizningcha ko’proq nimaga bog’liq?

  • Nega bobo va buvilar nevaralarga uncha-muncha narsani ta’qiqlamaydilar, ular qo’llaydigan ta’qiqlar faqat bolaning xavfsizligi bilan bog’liq bo’ladi (mas., qaychi, pichoq, gugurtni olma)?

Hozirgi paytda oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashda bobo va buvilarning o’rni qanday? Bizning fikrimizcha, juda beqiyos. Binobarin, ular biz bilan birga yashaydilarmi yoki alohidami, buning farqi yo’q. Bu o’rinda butunlay boshqa aspektlar o’rin egallaydi.
Keksa avlod – oilaviy qadriyatlar va an’analarning qo’riqchilari va tashuvchilari. Bunga ularda mavjud bo’lgan bir qadar psixologik erkinlik yordam beradi. Axir ular o’z bolalari tarbiyasi bilan qiyin vaqtda – ish-uy va yoshlik ermaklari orasida yurib shug’ullanganlar va har doim ham o’z ota-onalaridan ko’mak olmaganlar. Ularning ko’pchiliklari shunday niyat qilishgan: “Biz o’z farzandlarimizga ularning bolalarini tarbiyalashda yordam beramiz”. O’z bolalarini katta qilish mobaynida to’plagan tajribalariga asoslanib, ular nevaralar tarbiyasiga nisbatan qanday munosabatda bo’lishni yaxshiroq bilamiz deb o’ylashadi.
Keling, nevaralar tarbiyasida bobo va buvilarning o’rni qandayligini bir tahlil qilaylik. Bu o’rinda oilada olamshumul voqea – uchinchi avlodning dunyoga kelganligiga alohida urg’u berilishi ahamiyatli bo’lib hisoblanadi. Olimlarning kuzatishlaricha, oilada vujudga keladigan ziddiyatlarning sababchilari bobo-buvi va nevaralar emas, balki keksa va yosh ota-onalar bo’lib hisoblanadilar. Uning asosida turli motivlar yotadi. Bu katta avlodning yosh ota-onalar pedagogikasi bilan kelishmasligi yoki, aksincha, yosh ota-onalarning kattalar pedagogikasini ma’qullamasliklari bo’lishi mumkin. Bu oddiygina rashk ham bo’lishi mumkin. Katta avlod bilan o’rta avlod vakillari bolaga muhabbat borasida raqobatlashadilar. Ko’pincha, yosh ota-onalar o’z bolasini bobo va buvilaridan rashk qilishadi. Ko’pgina yosh onalar bunday munosabatlarni muhokama qilib, bolasi undan ko’ra ko’proq buvisini yaxshi ko’rishidan shikoyat qiladi. Bu shunda namoyon bo’ladiki, qachon buvisi uylariga kelsa, bolalar quvonchi ichiga sig’may xursand bo’ladilar, buvisi yoki bobosiga erkalanib, bir qadam ham ularning yonidan jilmaydilar.
Fikrimizcha, bola tarbiyasiga oid shunday va shunga o’xshash mulohazalarni bola tomonga burishimiz kerak bo’ladi. Keling, bolani, uning borliqqa munosabati, xatti-harakatlari motivini tushunishga harakat qilib ko’raylik. Ota-ona sifatida o’z-o’zimizga savol berib ko’raylik: “Bolamga uyda barcha qulayliklarni yartish uchun nima ish qildim?” Bu o’rinda gap bolaning qanday kiyinganligi, ovqatlanganligi haqida bormayapti. Asosiysi bu emas. Asosiy masala – bolani, uning o’ziga xos sirlari va bolalik tashvishlarini tushunish haqida boryapti.
Bola intuitiv ravishda bobo yoki buvining uyda borligi oila a’zolari o’rtasidagi munosabat qanchalik mo’’tadil ekanligini oydinlashtiradi. Nima uchun buvi yoki boboning mehmon bo’lib kelishi bolada jo’shqin his-tuyg’ularni uyg’otadi. Chunki ota-onasi uning uchun faqat shanba va yakshanba kunlari vaqt ajrata oladi. Buvi uchun esa o’z nevarasidagi hamma narsaga qiziqib qaraydi. U uzoq yillar davomida orttirgan tajribasi va donoligi bilan yosh ota-onalarga nisbatan bosiqroq, sabrliroq bo’ladi. Bu esa bobo-buvilarga bolani eshita olish, u bilan muammolarni muhokama qilish, nevarasini quchoqlab erkalash, unga shirin-shirin taomlar pishirib berish, uni bog’da yoki hayvonot bog’ida sayr qildirish imkonini beradi.
Ammo yosh ota-onalarga nisbatan ham nohaqlik qilmoqchi emasmiz. Albatta ular ham, garchi sabr-toqat va bosiqlik etishmasada, hamma narsani tezgina bajarmoqchi bo’lishadi. Hamma narsaga ulgurishga harakat qilishadi. Ular, so’zsiz, o’z bolalarini yaxshi ko’rishadi, ammo tezyurar poezdga o’xshash sertashvish hayotlari ularni bolalarining quvonchiyu qayg’ulari oldidan tez olib o’tib ketadi. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, faqat bolalar uchungina bobo va buvilar qondosh qadrdon. Yosh ota-onalar uchun esa ularning biri qaynona, ikkinchisi qaynota. Bu esa butunlay boshqacha munosabat darajasi bo’lib hisoblanadi. Va insoniy ehtiroslar bu yosh juftlikni parchalab boradi. Kelin ko’pincha qaynanasi bolasini unga qarshi qayrayotganligi va ota-ona obrusini erga urayotganligidan shikoyat qilsa, qaynona esa o’z navbatida unga bolani ishonmayotganliklari, ularning hayotiy tajribalarini pisand qilmayotganliklaridan shikoyat qiladi. Ko’p holarda esa bunday kelishmovchiliklar zamirida rashk yotadi. Kimga nisbatan rashk? Istalgan kishiga – o’g’liga, nevarasiga, qiziga, eriga nisbatan rashk bo’lishi mumkin. Bunday hollarda bola goh ota-onasi, goh bob-buvisi tomonida turib, “harbiy kengash a’zosi” ga aylanadi.
Ma’lumki, bobo va buvilarning o’z nevaralariga munosabati mental xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, o’zbek oilalarida bobo va buvilar muhim o’rin egallaydilar. Chunki o’zbek oilalarida avlodlar vorisiyligiga ko’p e’tibor beriladi. O’zbek xalqi qadimdan bolajon xalq bo’lganligidan, katta oilalarda nafaqat uch avlod, balki to’rt, besh avlod vakillari ham yashaydilar. Bola tarbiyasida bobo va buvilar o’zbek oilalarida juda katta rol o’ynaydilar. Shuning uchun bo’lsa kerak, xalqimiz orasida “bola boqqan vaqtincha, nevara boqqan ulguncha” degan maqol aytib yuriladi. Kattalar yoshlarni duo qilganlarida: “Ilohim, ayolband bo’ling, nevara-evalararning tagiga qolib keting”,- deb aytishadi. Bu bizning xalqimiz uchun eng yaxshi duo sanaladi.
Pedagog va psixologi olimlarimiz oilada bobo-buvi va ota-onalar, nevaralar munosabatlarini o’rganib chiqib, buvilarning uch asosiy tipini ajratadilar. Bular: “rasmiy” yoki “oddiy”; “faol” yoki “band”; “uzoq” yoki “chetlashtirilgan”.
“Oddiy” buvilar nevaralariga qarash va ularni tarbiyalashda ishtirok etishadi. Ammo ular bola tarbiyasi deganda odatda, unga ovqat tayyorlash va ovqatlantirish, sayr qildirish, yuvintirish yoki oilaning moddiy ta’minotiga yordam berishni tushunadilar. Olib borilgan so’rovnomalar natiasida shu narsa aniqlandiga, har ikki buvining biri aynan ana shu tipga kiradilar. Bunday buvilar nevaralari bilan televizor ko’rishadi, ularga ertak o’qib berishadi, ular bilan sayr qilishadi, birga dam olishga borishadi. Nevaralarining dars tayyorlashlarida, o’yinlarida, ularni madaniy takomillashtirishda bu tipdagi buvilar kamroq ishtirok etishadi. Ular nevaralarini rag’batlantirib borishadi: maqtashadi, ularga o’yinchoqlar, shirinliklar, muzqaymoq va turli xil narsalar olib berishadi, quchoqlab erkalatishadi. Bularning barchasini ular “shunchaki” yoki “odobli bola bo’lgani uchun”, yoki bo’lmasa “hali juda kichkina bo’lgani uchun” qilishadi. Nevaralarini “o’zini yomon tutgani uchun” jazolashga to’g’ri kelganda ular bola bilan gaplashmay qo’yishadi yoki ularni urushib beradilar.
“Faol” buvilar o’z nevaralarining tashvishlari va muammolari bilan yuqori darajada band bo’ladilar. Ular nevaralariga mehribonchilik qiladilar, ularni erkalatib yuboradilar, dars tayyorlashlariga yordam beradilar, ular bilan o’ynaydilar, nevaralar bilan teatrga, madaniy ko’rgazmalarga boradilar. Bularning hammasi buviladan katta kuch-g’ayrat talab etadi. Bunday buvilar nevaralaridagi oq ko’ngillik, boshqalarning muammolariga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari paydo bo’lishiga birinchi bo’lib diqqatlarini qaratadilar; agarda nevaralariga dalda bo’lish ularni qo’llab-quvvatlashga to’g’ri kelsa, juda e’tiborlilik bilan munosabatda bo’ladilar. “Yolg’on gapirgani, dangasaligi, qo’polligi” uchun jazo tariqasida bolalarga televizor ko’rishni, mehmonga borishni ta’qiqlash, orqasiga bir tarsaki qo’yishlari mumkin. Umuman, bu tipdagi buvilar nevaralarini jazolashga oldingi tipdagilariga nisbatan faol ishtirok etadilar va o’zlarini bunga haqli deb hisoblashadi.
“Uzoq” yoki “chetlashtirilgan buvilar” nevaralariga nisbatan juda kam vaqt sarflaydilar. Bunday buvilarning nevaralari tug’ilganidan o’z ota-oanlari yoki ikkinchi buvilari tarbiyasida bo’lishganligi uchun “chetlashtirilgan buvi”lar nevaralariga nisbatan hech qanday mas’uliyatni bo’nlariga olmaganlar va olmaslikda davom etyaptilar. Bunday buvilarning gaplarida ko’pincha qarama-qarshi mulohazalarni kuzatish mumkin. Masalan, bunday buvilar oilada ularning asosiy vazifasi nevaralar tarbiyasi deb hisoblashadi va shu bilan birgalikda ularga faqat kitob o’qib berishlari, toza havoda sayr qildirishlari mumkin. Yoki ularning nevaralari oldidagi burchlari yilida bir-ikki marta ulardan xabar olish, telefonda hol-ahvol so’rab turishdan iborat deb bilishadi.
Tarixiy sayohat.
Qadimgi o’zbek oilalarida bobo-buvilar, umuman keksa avlodning oilada bosh bo’lishi odatiy hol bo’lgan. Bobo-buvi, katta bobo va buvilar bor bo’lgan xonadaon fayzli, farishtali, barakali, tabarruk xonadon hisoblangan. Odatda, o’zbek xonadonlarida nafaqat bobo-buvi, ota-ona va nevaralar, balki yaqin qarindoshlar, amakilar, yangalar va amakivachchalar birga katta bo’lishgan. Ular aksariyat, katta dasturxon boshida o’tirishib ovqatlanishgan. Yoshi katta, keksa bobo va buvilarga dasturxon to’ridan joy ajratilgan, keyin ota, amakilar, ona va yangalar, keyin esa bolalar yoshlariga qarab dasturxon atrofida o’tirishgan. Toki bobo-buvi va katalar dasturxonga qo’l uzatmasalar bolalar qo’l uzatmay kutib turishgan. Qo’ni-qo’shnilar to’y qilishmoqchi, qiz uzatib, o’g’il uylantirmoqchi bo’lsalar, albata ana shunday tabarruk otaxonu onaxonlar bor bo’lgan xonadaonga maslahat solib kelishgan. To’y-marakalarda aynan ana shunday tabarruk otaxon va onaxonlar hurmat va e’zoz bilan taklif etilgan va dasturxonga fotiha o’qish, non sindirish, kelin bo’lmish qizning baxt ko’ylagini kiydirish, kuyov bo’lmishning kuyovlik to’nini kiygizish, chimildiqni osish, kelin-kuyovlarning o’rnini to’shash, bola tug’ilganda eng avvalo uning qulog’iga azon o’qish, birinchi bor tirnog’ini olish, sochiga qaychi urish, oyoq chiqarganda ramziy ma’noda bolaning oyog’iga ip bog’lab uni qirqib tashlash, bolalarga muchal tuyi munosabati bilan sarpo kiygizish kabi vazifalar yoshi ulug’, nevara-evaralarni katta qilgan, bir nikoh bilan bobo-buvi bo’lgan otaxonu onaxonlarga ishonib topshirilgan. Bugungi kunda o’zi mustaqil yashaydigan yosh oilalar soni ko’payib borayotgan bo’lsada, bunday an’analarimiz hali ham xalqimiz orasida davom etib kelmoqda. Shuning uchun ham xalqimiz orasida “Qari bilganni pari bilmas”, “Qaynanali kelin qarqara kelin, qaynanasiz kelin masxara kelin”, “Ota-onang – davlating, o’g’il-qizing - savlating” degan maqol va iboralar yuradi.
An’anaviy jamiyatda keksalar o’tmish axborotlarining bosh qo’riqchisi, bilim va tajribaning tashuvchilari sanalganlar. Ularning dono va farosatli, adolatli, ko’pni ko’rgan, oq-qorani taniydigan kishi bo’lganliklari uchun oilada bola tarbiyasini kerakli yo’nalishga burishlariga ishonganlar. Bobo va buvilar avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’analarni, urf-odatlarni, afsonalar, ertaklar va rivoyatlarni nevaralariga etkazganlar.
Bobo va buvilarning kichkina va katta nevaralar bilan munosabatlari doimo iliq va samimiy bo’lgan. Agar ota-onalar bolalarini qattiq koyisalar, bobo va buvilar ularni yumshatib turganlar, ko’pincha nevaralarining ba’zi sho’xliklari va injiqliklariga ko’z yumganlar, kichik gunohlarini kechirganlar, ular og’rib qolsalar yoki xafa bo’lsalar ovutganlar, borgan sari katta nevaralar o’z bobo va buvilariga o’zlarining eng nozik sirlarini ishonganlar va ularni eng yaxshi maslahatchi deb bilganlar.
Bobo va buvilarning oilada bola tarbiyasidagi o’rni haqidagi suhbat yakunida shuni aytmoqchimizki, har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli, o’z xalqi va Vataniga sadoqatli, eng sara insoniy fazilatlarga boy yoshlarni tarbiyalashda bobo va buvilarning o’rni beqiyos ekanligini o’rta avlod – ota va onalar chuqur anglashlari lozim. Ota-onalarning o’z ota-onalariga munosabati, ularga bo’lgan hurmat va ehtiromi yosh bolalarda hali kichkinaligidanoq o’zaro hamkor, hamfikr bo’lib, bir yoqadan boshchiqarib ishlash va yashash ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Bunday bolalar ijtimoiy munosabatlarga tezgina kirishib keta oladi, ularda bag’rikenglik, hamdardlik va hamkorlik malakalari juda erta shakllana boshlaydi.
Unutmaslik kerakki, bola murakkab oilaviy avlodlar muammosini tushunmaydi. Bobo-buvilarning dunyoqarashi va psixologiyasidagi o’ziga xoslik va farq mavjudligini, kishining qarilik davri boshlanishi bilan psixikasida turli ziddiyatlar va o’zgarishlar paydo bo’lishini yosh ota-oanalar unutmasliklari hamda bunga tushungan holda munosabatda bo’lishlari kerak.


Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin