Ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari mundarija



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə2/10
tarix04.01.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#78455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ta\'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari

Kurs ishi maqsadi- Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari ni o’rganish.
Kurs ishi vazifalari: Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari ning ahamiyatini asoslab berish.
Kurs ishi ob’ekti: Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari .
Kurs ishi predmeti - Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari ning samarali shakl, metod va vositalari.
Kurs ishining metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi qonunlari; Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning qaror, farmon va asarlari; “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”; “Ilk qadam” o’quv dasturi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kirish, asosiy qism, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati hamda ilova materiallaridan iborat.


I bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilishning nazariy asoslari.
1.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berish tartibi to’g’risidagi nizom.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, ularning faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish, ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi imzolagan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faqat davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari
5. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
6. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari:
ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
foyda olish huquqiga ega.
3-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish
8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.
9. Maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ladi.
10. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga kirish joyida fuqarolarni maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi o‘rnatiladi.
Unda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, pedagog va tibbiyot xodimlarining diplomlari nusxalari, Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
11. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 7 — 12 nafar bolalarga tarbiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
12. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi lozim.
13. Maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolagandan so‘ng faoliyatini boshlaydi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yuritiladi.
14. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘z (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi:
9 soatli;
4 soatli.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
16. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
17. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish
18. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va muassasadan chiqarish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining qarori bilan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar soni 7 nafardan kam bo‘lmasligi va 12 nafardan oshmasligi lozim.
19. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyuniga qadar davom etadi. 1-iyundan 1-sentabrgacha bo‘lgan davr muassasada sog‘lomlashtirish davri hisoblanadi.
5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
20. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
21. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
22. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
23. Maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini o‘qitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) belgilaydi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish tilini tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish;
ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
25. Quyidagilar ota-onalarning majburiyatlari hisoblanadi:
oilaviy nodavlat ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar badalini o‘z vaqtida to‘lash;
oilaviy nodavlat ta’lim muassasasida bolaga berilgan ta’lim-tarbiyani mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
26. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
27. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan (tegishli hududlarda oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo‘lmagan holatlarda) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar ham pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
30. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
31. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilangan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
32. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
33. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etadi.
34. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
35. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
36. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash
37. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
38. Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy organlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunalar va o‘quv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va o‘quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga maktabgacha ta’lim tashkiloti javob beradi.
39. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq muassisning mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
40. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi:
tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to‘lash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar bo‘yicha ovqatlanish, yumshoq inventar, anjomlar va dori-darmonlarga ajratilayotgan miqdorlarda xarajatlarni qoplash;
41. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
43. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
44. Maktabgacha ta’lim tashkilotining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga
2-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etiladi.
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ruxsatnoma — vakolatli organ tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga beriladigan, tadbirkorlik faoliyati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
talabgor — yakka tartibdagi tadbirkor yoxud ularning ruxsatnoma olish uchun tegishli ariza bilan belgilangan tartibda orqali murojaat qiladigan vakolatli shaxsi.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) cheklanmagan muddatga beriladi.
Talabgor arizasiga ko‘ra, ruxsatnoma muayyan muddatga berilishi mumkin.
5. Ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yuritish huquqini beradi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga ruxsatnoma berish talablari va shartlari
6. Quyidagilar ruxsat berishga doir qoidalarga muvofiq oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha talablar va shartlar hisoblanadi:
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mol-mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolar, inshootlar va sharoitlarning mavjudligi;
o‘quv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni yozma shaklda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etish yoki Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
7. Ruxsatnoma berish uchun mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan boshqa talab va shartlar belgilanishi mumkin emas.
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
8. Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi
9. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizada yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi ko‘rsatiladi va unga quyidagilar ilova qilinadi:
pasportining ko‘chirma nusxasi;
oilaviy nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili;
bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan talabgor o‘rtasida belgilangan tartibda imzolangan davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim nusxasi;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari nusxalari;
oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli hududlarda oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi.
10. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
11. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi).
12. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun ruxsatnoma talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
13. Ruxsatnoma talabgorining arizasi ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
14. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi huzurida komissiya tuziladi va u tuman (shahar) moliya bo‘limi, iqtisodiyot bo‘limi, adliya bo‘limi, qurilish bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi boshliqlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
15. Komissiya toq sonli a’zolardan va kamida yetti kishidan iborat bo‘lishi kerak. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i komissiya kotibi hisoblanadi.
Komissiyaning ishchi organi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi hisoblanadi. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi qabul qilingan hujjatlarni haqqoniyligini o‘rganib chiqib, Komissiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi.
16. Komissiya yig‘ilishida talabgor tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar muhokama qilinadi va yig‘ilish natijasida talabgorga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish masalasi bayonnoma bilan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
17. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining qarori talabgorning arizasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etish komissiya bayonnomasida asoslangan holda talabgorga komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu bayonnomaning nusxasi taqdim etiladi.
18. Tuman (shahar) hokimligi ruxsatnoma berish bo‘yicha qaror qabul qilganda talabgorga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Ruxsatnoma ikki nusxada — talabgor va tuman (shahar) hokimligi uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin: murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi; talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi. Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
20. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan holatlarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (taqdim etiladi).
21. Ruxsatnoma berishda rad uchun asos bo‘lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish tuman (shahar) hokimligi tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.

Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin