Ta\'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari
1.2.Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish foliyatini tartibga solidi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
Quyidagilar Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi hisoblanadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi:
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’ligini mustahkamlash;
Bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi(nutqida, ko’rishida, eshitishda) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar Oilaviy nodavlat majtabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda letsenziya olgan vaqtdan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o’z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.