Ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari mundarija



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə9/10
tarix04.01.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#78455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ta\'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish foliyatini tartibga solidi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Kurs ishidan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari quyidagicha belgiladik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi:
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’ligini mustahkamlash;
Bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi(nutqida, ko’rishida, eshitishda) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.
Tavsiyalar
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari borasida yanada kengroq ilmiy ish olib borish;
Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari borasida ko’proq mashg’ulotlar o’tqazish;
Ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslarida milliy an’analar va xorij tajribasisini uyg’unlashtirish.



Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin