Ta\'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari
XULOSA
Mashg`ulot bolalar bog`chasida bolalarga ta`lim berishning asosiy shaklidir. Mashg`ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta`lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy-gigienik, xulq madaniyati, gaplashishi nutiqi, sanoq - hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko`nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta`lim berishda bosh rolni mashg`ulot egallaydi. Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida ta`limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma`lim o`rin va vaqt ajratilgan. Mashg`ulot tarbiyachi rahbarligida o`tkaziladi, tarbiyachi mashg`ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg`ulotlarini tashkil etadi. O`quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir birlariga faol ta`sir etishadi, o`z tashabbusi, topag`onligini namoyon qilish imkoniyati tug`iladi.
II Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. 2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig’ida sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilarfi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvhcisi, va xodimlari o’rtasidagi munosabatlar o’zro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar pedagogic faoliyatga qo’yilmaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatalrida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini muassis gtomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tominidan, shuningdek, qonun hujjjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturiari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogTig'ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida]
yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalardaxalqimizningyuksakma'naviyativainsonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g’risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'iimga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv- chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbir- lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun belgilangan me'yordan ortiq bo'lmasligi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig'ida sog'lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota- onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini
hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tegishli pedagogik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo'yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo'llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniyrivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va ta'lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyaiashtirish va moddiy-texnik ta'minoti
Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.