1) har bir guruxdagi ta’lim-tarbiya ishlari reja asosida tashkil etilishini nazorat qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini, jumladan, guruxning ta’lim-tarbiya ishlari rejasi, diagnostika daftari, amalga oshirilgan ishlar hisobotini o’rganish va taxlil etish;
2) gurux xonalarining jihozlanishi, ularning tegishli o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali vositalar, o’yinchoqlar bilan ta’minlanishini nazorat etish.
Mudira ota-onalar majlisini tashkil etishga ham mas’uldir. Majlisni ota-onalar qo’mitasi raisi olib boradi yoki uni tashkil etishda yordam beradi. Mudira xaftada 2 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda mavjud muammo, kamchiliklar, bolalar tarbiyasiga oid masalalar xal etiladi.
Mudira tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari.
«Ilk qadam» o’quv dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mexnat tarbiyasiga oid quyidagi vazifalar belgilangan;
a) mexnatga nisbatan munosabatning asoslarini tarbiyalash;
b) mehnat ko’nikmalarini shakllantirib borish;
v) bolalar mexnat faoliyati mazmuni va ko’lamini kengaytirib, ularni takomillashtirib borish;
g) shaxsning muxim sifatlari: mexnatsevarlik mas’uliyat, gamxurlik tejamkorlik sabr- toqat, chidam, qat’iyat kabi xislatlarni shakllantirish;
d) topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natijasi o’rtasida bog’liqikni aniqashni o’rgatish, mehnatning ahamiyatini tushuntirish, mehnat natijalariga tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash;
e) topshiriqiarga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish, ishni oxirigacha yetqazish ko’nikmasini, uni sifatli bajarishga intilish asoslarini shakllantirish;
j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o’z ishi va umumiy ishni rejalashtirish, uyushtirish va amalga oshirishning asoslarini, jumladan, uning izchilligini ta’minlash, ish uchun kerakli mehnat jihozlarini xozirlash va ulardan to’g’ri foydalanish, ish yakuniga etgach, barcha jihoz va mehnat vositalarini tozalab, joy-joyiga olib borib qo’yishni o’rgatish;
z) o’z harakatlarini urtodtarining harakatlari bilan muvofixutashtirish, bir-biriga ko’maklashish va o’zaro kunikmasini shakllantirish.
Bolalarning mehnat faoliyati turli guruxlarda tarbiyalanuvchilarning yoshini e’tiborga olgan xolda o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaishlariga rahbarlik qilish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya, ayniqsa, mashg’ulotlar asosan turli o’yinlar tarzida olib boriladi. Shu sababli mudira tomonidan o’yin faoliyatini kuzatish va taxlil qilib borish muxim ahamiyat kasb etadi. Bu xol o’yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini shakllantirishda alohida o’rin egallashi, o’yin turlarining xilma-xilligi va ularning tarbiyalanuvchilarda ijobiy fazilatlarni qaror toptirish va rivojlantirish xususiyatiga ega ekani bilan bog’liq. Mudiradan barcha o’yinlarga xos xususiyatlarni yaxshi bilish, o’yin jarayonini chuqur taxlil qilish va tarbiyachilarga o’z vaqtida yordam ko’rsatishni taqozo etadi. Ta’kidlanganidek bolalar o’yinlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular bolaning maktabgacha muassasada bo’lgan butun davri mobaynida mazmuni, uyushtirilishi, tarbiyalanuvchi faolligi va imkoniyatlarini namoyon qilish harakteri, bolalarga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra o’zgarib, takomillashib boradi.
Mudira o’yin turlarini tanlashga alohida e’tibor karatishi lozim. Xususan, mudira tarbiyachi tomonidan olib borilayotgan mashgulotlarda bolaning tili, dunyoqarashi, xislat va fazilatlarini shakllantirishga, ijodiy imkoniyatlarini, masalan, musiqa yoki rasm chizishga qiziqishini rivojlantirishga xizmat qiladigan o’yinlardan qay darajada foydalanayotgani, ularning ta’lim- tarbiya maqsad-vazifalariga qay darajada mosligi taxlil etib borilishi va zarur hollarda, o’z bilimi va tajribasiga tayanib, tarbiyachiga tegishli ko’rsatma hamda maslahatlar berishi lozim. U turli yoshdagi guruhlarda o’yinlar tizimini «Ilk qadam» o’quv dasturi asosida ishlab chiqishi va o’yin jarayonini kuzatish jadvalini to’zishi zarur.
Mudira barcha guruxlarda o’yinlar asosidagi mashgulotlarni o’tkazish uchun zarur shart-sharoit yaratilgani (o’yinlar uchun etarli vaqt ajratilgani, ularni to’laqonli va qiziqarli o’tkazish uchun joyning, o’yinchoq, ko’rgazmali vositalar va qo’llanmalarning mavjudligi hamda xonalarda to’g’ri joylashtirilgani va xokazo)ga alohida ahamiyat berishi darkor;
Shunday qilib, mudiraning bu boradagi raxbarlik faoliyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol bo’lib voyaga etishiga xizmat qiladigan, ularning emotsional-ruxiy xolati barqarorligini ta’minlaydigan va qiziqishlarini rivojlantiradigan metod va usullardan samarali va oqilona foydalanishni ragbatlantirish, jumladan, zarur xollarda o’yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish orqali bolaning nutqini rivojlantirish, jismoniy va aqliy faolligini oshirish, ularda ma’naviy- axloqiy xislatlarni tarbiyalashga yo’naltirilmog’i kerak.
Guruhularda o’yinlarning to’laqonli va qiziqarli o’tkazilishiga yordam beradigan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin;
a) tarbiyachining o’yinni to’laqonli va qiziqarli o’tkazish hamda uni oqilona boshqarish qobiliyatiga ega ekani;
b) o’yinni to’laqonli va qiziqarli tashkil etish uchun tegishli muhit va shart-sharoit yaratilgani;
v) kun tartibi rejasiga kiritilgan mashgulotlarda o’yin uchun etarli vaqt ajratilgani. Ma’lumki, bolalarning o’yin jarayonidagi xatti-harakatlari ularning katta yoshli kishilarga taqlid qilishga intilishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan ta’lim- tarbiya va mashgulotlar jarayonida bu jixhatni e’tiborga olish barobarida, o’yin orqali jismoniy, aqliy, ma’naviy jixhatdan rivojlantirishga, ularning qiziqishlari va ijodiy imkoniyatlarini shakllantirishga intilish talab etiladi.
O’yinning maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik jarayonidagi o ’mi
O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma'qul.
Sayr davomida harakatli o’yinlarni, qurish-yasash o’yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o’yin uchun maxsus vaqt belgilash o’yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo’lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo’llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o’yining o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, qishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks ettiradi. O’yin paytida hona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin.
Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvivlayotgan qaxramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechilmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi.
Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O’yin g’oyasi - bu nima o’ynashni belgilab olish: "do’kon, '‘shifoxona”, "uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga o’xshashlar. O’yin mazmuniga, g’ovasiga qarab bolalarninng bunday o’yinlarini bir necha o’ziga xos guruhlarga bo’iinadi.
O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqaelar aks etishi ham mumkin.
G’oya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi, uning rivojlanishini, o’yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro bog’’lanishini belglab beradi. O’yining qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o’yinning mazmuniga bog’’liq. O’yinda bola ijro etadigan rol o’yining asosiy o’zagi va tarkibiy qismidir. SHuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan.
Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u boialarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
O’yin bolaiarda ijtimoiv axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola qishilarning axloq- odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilavotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xoxishlarini jamoa xoxishi bilan kelishib olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rgandilar.
Ammo o’yinga to’g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalaniladi. Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o’z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasini to’g’ri o’sishini, harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta'minlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolaiarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O’yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqealikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O’yinda boolalarning avval olgan tassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula, she'r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolaiarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O’yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kundo’zgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yinga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli- rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. SHu bilan birga ermak o’yinlardan ham foydalaniladi.
Ammo o’yin bilan ta'lim o’rtasidagi bog’’liqlik bola ulg’aygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uyg’onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni o’zgaradi. Endi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab etuvchi o’yinlar, sport tarzidagi o’yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o’yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashqil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.
XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, Mustaqillikning dastlabki davrlarida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik va ahillikni ta‘minlash eng muhim vazifalardan edi. Ayniqsa, mamlakatning taraqqiyot yo’lini, jamiyat rivojining aniq va yorqin istiqbolini belgilab olish kun tartibida kechiktirib bo’lmas vazifa sifatida turgan edi. Ana shunday muhim bir davrda mamlakat kelajagining yaqin va uzoq muddatli taraqqiyot vazifalarini belgilab berishda O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov va hozirgi prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ilmiy mardligi, donoligi va uzoqni ko’ra bilish qudrati keng qamrovliligi bilan namoyon bo’ldi.
Mamlakat rivojining zamonaviy va istiqboldagi talab-ehtiyojlariga munosib ravishda ta‘lim jarayoni tashkil etilmoqda, takomillashtirilgan davlat ta‘lim standartlari, amaliyotga joriy etilmoqda. Ular asosida o’quv-uslubiy majmualar, yangi pedagogik hamda axborot-kompyuter texnologiyalari yaratilmoqda, MTTlar qayta ixtisoslashtirilmoqda, oliy ta‘lim tashkilotlari faoliyati Maktabgacha ta’lim modernizatsiyani hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda, ilmiy-pedagogik va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, ta‘lim sohasi oldiga qo’yilgan vazifalarni, ularning o’zaro bog’liqlik yo’nalishlari bo’yicha ko’rib chiqish va natijada aniqlangan muammolarni hal qilish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, bu kadrlar tayyorlash jarayonining barcha ishtirokchilari, ya‘ni uzluksiz ta‘lim tizimi, joylardagi davlat hokimiyati hamda o’z-o’zini boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari, shuningdek, jamiyatdagi manfaatdor doiralarning yaqindan o’zaro ijtimoiy hamkorligini ta‘minlash taqozo etiladi. Ikkinchidan, birinchi holatga uyg’un holda ta‘lim turlarida kasbiy ta‘lim sifatini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning davlat, jamiyat, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarning muntazam o’zgarib turuvchi ehtiyojlariga tezkor va munosib javob topa olish salohiyatini oshirish zarur.