6-amaliy mashg’ulot: Muammoli o’qitish texnologiyasining kontseptual qoidalari.
Mashg’ulot rejasi: 1.Muammoli ta’limning mohiyati va vazifalari.
2.O‘quv muammosining asosiy belgilari.
3. Muammoli ta’limni tashkil etish shart-sharoitlari.
Talabalarning bilimini baholash mezonlari: 1) mavzuga doir topshiriqlarni konspektlashtirish – 0.6 ball;
2) mavzuga doir topshiriqlarni bajarish – 0.7 ball.
3) Mavzuga doir test topshiriqlarni bajarish – 0.6 ball
Jami: 1.9 ball.
1-topshiriq: Mashg’ulot rejasida berilgan vazifalar yuzasidan og’zaki savol-javob.
2-topshiriq: Quyida keltirilgan test savollari bilan tanishing va daftaringizga to‘g‘ri javoblari kalitini yozing.
1. Savol qanday holatlarda muammoli bo‘ladi?
A) U ilgari o‘zlashtirilgan tushuncha va tasavvurlar bilan mantiqiy bog‘-langan bo‘lsa
V) Ma’lum o‘quv vaziyatida o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tushuncha va tasavvurlar bilan bog‘langan bo‘lsa
S) O‘zida bilish qiyinchiligi hamda ma’lum va noma’lumning aniq chegarasining mavjud bo‘lishini aks ettirsa
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
2. Qaysi qatorda muammoli ta’limning birinchi darajasi (sathi ) ifodalangan? A. O‘qituvchi o‘zi muammoni qo‘yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo‘lini qidirishga yo‘naltiradi.
V. O‘qituvchi muammoni qo‘yadi, talabalar esa mustaqil hal etadilar
S. Talaba muammoni o‘zi qo‘yadi va uni o‘qituvchi echadi
D. Talaba muammoni o‘zi qo‘yadi va uni echadi
3. Qaysi qatorda muammolikning to‘rtinchi darajasi (sathi) ifodalangan? A. O‘qituvchi muammoni qo‘yadi, o‘quvchilar esa mustaqil yoki o‘qituvchining raxbarligi ostida muammoni echadilar;
V. O‘quvchi muammoni o‘zi qo‘yadi va uni o‘qituvchi echadi;
S. O‘quvchi muammoni o‘zi qo‘yadi va uni echadi;
D. O‘quvchi muammoni qo‘yadi.o‘qituvchi esa uni echishga yordam beradi.