Jami: 1.9 ball. 1-topshiriq. Mashg’ulot rejasida berilgan vazifalar yuzasidan og’zaki savol-javob.
2-topshiriq: ta’lim jarayonini tashkil etishning quyidagi shakllarini tushuntirib bering?
O’quvchilar soniga ko’ra: individual, guruhli, kichik guruhlar, ommaviy(frontal).
Sinf-dars tizimiga ko’ra: aralash dars, yangi mavzuni bayon qilish darsi, olingan BKMlarni mustahkamlash darsi, o’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish darsi, bilimlarni takrorlash va mustahkamlash darsi, sayohat-ekskursiya darslari.
Ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya.
3-topshiriq:Quyidagi test topshiriqlarini bajarib, javoblarini daftaringizga ko’chiring:
1. Axborotli texnologiyalari bu...?
A) nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy)
B) pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi
C) o’zaro ta’sirlar
D) pedagogikada monitoring
2. Pedagog modeli nimalardan iborat?
A) ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish, talabchanlik va adolatlilik
B) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, u bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish
C) ta’lim berish mahorati, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o’z bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish
D) o’z bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish
3. Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
A) o’quvchiga qo’yib borilgan baholarni predmet bo’yicha umumiy bahoga birlashtirish qoidalaridan
B) o’quv jarayonini uzluksiz, uzoq vaqt muttassil kuzatish va uni boshqarishdan
C) takomillashtirish yoki o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdan
D) o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdan
4. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
A) o’quv jarayonini mazmunli amalga oshirish
B) o’quv jarayonini mazmunli rivojlantirish
C) o’quv jarayonini vaqt doirasida olib borish
D) A va B,C
5.Pedagogik texnologiyani bugungi kundagi ahamiyati qanday?
A) pedagogikada monitoringda
B) ta’limning baholash shkalasida
C) o’quv jarayonini uzluksizligida
D) sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi
6.Pedagogik texnologiyada axborot texnologiyalarni o’rni qanday?
A) ijodiy yondashuvda
B) o’zaro ta’sirlarda
C) pedagogikada monitoringda
D) boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylandi hamda uning funktsiyalarini qisman o’z zimmasiga oladi
7. An’anaviy yondashuvning asosiy xususiyati nimada?
A) ijodiy yondashuv
B) nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy)
C) gapirib berish, tushuntirish, talaba esa bu axborotni xotirada saqlaydi
D) o’zaro ta’sirlar
8. «Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi?
A) «texne» - mahorat, sanhat, «logos» - tushuncha ta’limot
B) «texne» - mehnat, sanhat, «logos» - tushuncha bilim
C) «texne» - qobiliyat, sanhat, «logos» - tushuncha ta’lim
D) «texne» - sanhat, «logos» – tushuncha o’qitish
9. Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim - qanaqa jarayon sifatida tashkil etiladi?
A) takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon
B) harakatning yangi usullarini topish jarayoni
C) mustaqil o’zlashtirish jarayoni
D) ijodiy yondashuv jarayoni