Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə35/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab
topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning
yashash joyiga yaqin bo’lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi
estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim,
maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baholash sog’lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo’yicha
muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori
shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish
imkoniyati kabilarni o’z ichiga oladi.
Qizikishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, shaxsning
ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, ishlash jarayonida korxonadagi imkoniyat
to’siqlari, ishni boshqarishi, kasbiy o’sishi, tashabbusning paydo bo’lishi
muhim ahamiyatga ega. Ba’zan esa qiziqish bo’yicha ish joyini tanlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan
klassifikatsiya kilingan.
U kasb motivlarini quyidagicha guruhlarga ajratadi:
1. Dominant motivlar (kasbga qiziqishning ustun turishi).
2. Vaziyat bilan bog’liq motivlar (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart
sharoitlarni ro’yobga chiqarish).
3. Komformist motivlar.
4. Kasbiy motivlar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarining, do’st
va tanishlarining maslahatlari bilan).
A.P.Vasilev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy
motivlarini keltirib o’tadi:
1.Shaxsda insonlarni davolash istagi.
2.Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan halos etish istagi.
3.O’z yaqinlarining sog’ligi hakida qayg’urish imkoniyati.
4.Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5.O’z sog’ligi hakida qayg’urish.
6.Moddiy qiziqishlar.
Fapb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivatsiyasini
quyidagicha ta’riflaydilar Ularning fikricha insonlar qanchalik o’z ishlaridan
qoniqsalar, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchlirok harakat qiladilar.
Ular faoliyat jarayonida rag’batlantirilib borilsa, shunchalik qattiqroq
ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan rag’batlantirish ishchilar
faoliyatida maxsuldorlikning oshishini keltirib chiqaradi. Bu kabi turli
qo’shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilishga shu bilan birgalikda
yaxshiroq mehnat qilishga dam olishga harakat qiladilar. Bu jarayonda ular
faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin