Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə34/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

1- savolning bayoni
Kasb tanlash motivlari.
Kasbiy motiv va motivatsiya muammolari xorij psixologlari E.A.Klimov,
V.A.Krutetskiy, A.N.Vasilkova, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshkalar
tomonidan keng doirada tadqiq qilingan.
Shaxsning ish faoliyati bilan bog’lik motivatsiyalarni 3 guruhga ajratish
mumkin;
birinchisi - mexnat faoliyati motivlari,
ikkinchisi - kasb tanlash motivlari
uchinchisi- ish joyini tanlash motivlari.
Mexnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlari va ish joyini tanlash
motivlari aniq faoliyatni tashkil qiladi. Ular o’zaro bir birlariga bog’liq bo’ladi
ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari kasb tanlash motivlarining
shakllantirsa, shuningdek, qolgan ikkita motiv orkali esa ish joyini tanlash
motivlari xam yuzaga keladi.
Mexnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan
belgilanadi.
Birinchi gurux omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan
bog’liqlari motivlar kiritilib, bular jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa
insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning
zarurligi va boshkalarga nisbatan tobelikni xoxlamaslik kabi motivlar
xisoblanadi.
Ikkinchi gurux omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning
orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab
topish motivlaridir.
Uchinchi guruxga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish
ehtiyojlarining qondirilishi va shu kabi xususiyatlar kiradi. Ma’lumki,
insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar.
Jamiyatda shaxs nafaqat iste’molchi bo’lib emas balki yaratuvchi bo’lib ham
faoliyat yuritadi , yaratish jarayonida u ijoddan ilxom oladi. Bu guruxga
mansub motivlar shaxs uchun jamiyat tomonidan extiyojlarning qondirilishi
va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’likdir. Maktab
o’kuvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’lik ravishda
shakllantiriladi.
Mehnat faoliyatining umumiy motivlari aniq kasblar doirasida amalga
oshadi. Jamiyatda shaxslar uchun kasb tanlash anchagina qiyin va motivatsion
jarayon hisoblanadi. Chunki shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha
insonning hayotdan qoniqishiga ham sabab bo’ladi.
Insonning qaysi faoliyatni tanlashi ko’prok tashqi omillar hakidagi qarorning
qabul qilinishiga bog’liq bo’ladi. Bunga sabab asosan shaxsning tashqi holat



36
36


baholariga, o’zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish
va moyilliklariga bog’likdir.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin