Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə31/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Identiv o’quv maqsadlari.
1. Shaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari haqida tushuncha beradi.
2. Psixodinamikaning mohiyatini yoritadi.
3. E.Eriksonning nazariyasini tushuntiradi.
4. Nazariyadagi shaxs rivojlanishining davrlarini o’rgatadi va qiyosiy
solishtiradi.
4-savolning bayoni.
Shaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy
qismlari bo’lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil
qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik
namoyandalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini
8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga
egadir.



32
32


Birinchi davr - go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka
asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning
bosh sababchisi ota--onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va
jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo
bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda
voyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf
vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va
shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-
qarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning
o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs
xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat
tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr - o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan
bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir
ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda
xohish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola
o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin,
tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi,
natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon
yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli
tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar
ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka
intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik
va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari)
ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada
bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi,
muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda
qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan
individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr - o’spirinlik - o’zining betakror xislati, individualligi va
boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek,
o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik
singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati
“rolni kechiktirish”ning o’zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot
bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan
rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash
imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vaholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini
sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini
anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni
yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi)
jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik
intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari,



33
33


yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan
tafovutlanadi.
Etinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha
sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba
uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda
hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini
bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi
nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay
olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi
(qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu
yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish his-
tuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’
bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi,
binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat
nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi.
1. Inson rivojining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-
sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash
muhitining omillari).
2. Insonning shaxsiy o’ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi
ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsion negizda kamol topish
bosqichlari, barqarorlashuvi va involyutsiya (o’sishdan qaytish davri
xususiyatlari).

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin