Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


kontseptsiyalari nomini olgandir



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə28/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

kontseptsiyalari nomini olgandir. Biogenetik qonunni F.Myuller va
E.Gekkellar kashf qilishgan.
Biogenetik kontseptsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan,
nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning
rivojlanishi ichki sabab natijasida (o’z-o’zidan) sodir bo’lish xususiyatiga
egadir. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining
individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining
(filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy ta’sirotlarning ro’y
berishidagi ba’zi bir xususiyatlarga, harakat sur’atining xususiyatlarigagina
emas, balki sababiyatlarning muayyan kompleksiga ham moyil (birovlarda
jinoyat qilishga, boshqalarda ma’muriyatchilik faoliyatida yutuqlar qozonishga
moyillik va hokazo) bo’ladi. Kishida go’yo uning psixik faoliyati shakllarigina
emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan,
psixik rivojlanish bosqichlari va ularning ro’y berish tartibi oldindan belgilab
ko’yilgan emish. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi - bu aksil
qutbga joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik
yondashishga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning
tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar
bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib,
hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga
aylanadi.
E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak-atrofdagi ijtimoiy
muhitning bevosita ta’siri natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblaydi.
Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan
kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak-atrofdagi
vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol o’ynashigina mumkin deb
hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo’lsa, nima
uchun ba’zi vaqtlarda bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar etishib
chiqishini tushuntirib bo’lmaydi.



30
30



Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin