Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə24/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga professiografiya
haqida tushuncha berish, professiografiyaning mohiyatini yoritish.
Professiografiyaning asosiy tamoyillarini tushuntirish tanishtirish.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma haqida tushuncha
berish. Professiografiyaning tuzilishini bayon qilish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Professiografiya haqida tushuncha beradi.
2.Professiografiyaning mohiyatini yoritadi.
3. Professiografiyaning asosiy tamoyillarini tushuntiradi.
4. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma haqida
tushuncha beradi. 5.Professiografiyaning tuzilishini bayon qiladi.
3 savolning bayoni
Professiografiya haqida tushuncha, professiografiyaning mohiyati va
uning asosiy tamoyillari
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy
faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chikdilar. Shu tadkikotlarni
umumlashtirilishi
natijasida
psixotexnikada
maxsus
yondoshuv
professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning moxiyati -
"kasblar tasviri"dir. Professiografiya kasbning psixologik tavsifi va
loyixalashtirishini o’z ichiga oladi.
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar
belgilari, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari
o’rganiladi.
Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni urganishda
differentsial yondashuv tamoyili xisoblanadi. Bu tamoyilning moxiyati
professiografiyaning anik amaliy masalalarini echishga bo’ysunishidir.
Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muxim
belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layokatiga ko’ra
farklanishi lozim. Malaka darajasini anikdash uchun mehnat vazifalari, kasbiy
bilim, malaka, kunikma tavsifi mo’him axamiyatga ega.
Profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o’rganish usullarini
uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo’llanilish sohasi ya’ni professiofafiya
o’tkazish xususiyatlari uning maksadlari bilan belgilanadi. Maksadlari kuyidagi
faoliyat soxalari bilan bog’langan bo’lishi mumkin:
1) Ishchilar attestatsiyasi.
2) Ligi kasblar mutaxassisliklarni loyihxalashtirish.
3) Optantlar profkonsultatsiyasi va mutaxassislar tanlovi.
4) Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni
takomillashtirish.
5) Shaxs kasbiy rivojlanishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar.



26
26


Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari
tasviri, ishchining xukuk va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek,
sog’ligiga qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo’lib, u
mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi
hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo’lib, u aniq kasbda
dolzarb bo’lgan psixologik funktsiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi.
Psixogramma
1.Umumiy mexnat tavsifi:
2.Ish kuni va sur’ati.
3.Mexnat dinamik omillarining tasviri va baxolashi (ishga layokat, tolikish,
ishonchlilik, xatosizlik va boshkalar).
4.Mexnat sharoitlarini ish jarayonining dinamik jarayonlariga
ta’siri.
5.Ish joyi va mexnat xarakatlarining psixologik tavsifi.
6. Ishchining xato bajarilgan xarakatlarining psixologik tahlili.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin