72
72
Tafakkur jarayonining o’zi ham, bilish jarayonining o’zi ham muttasil har
xil savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Odam qanchalik ko’p bilaversa,
uning
oldida noma’lum narsalar shu qadar ko’p paydo bo’laveradi, unda shu qadar
ko’p savollar tug’ilaveradi va uning o’zi shu qadar ko’p savol beraveradi.
Bilishga qiziqish savollar qo’yishda katta rol o’ynaydi.
Kundalik hayotda shunday ham bo’ladiki, savol berilishi bilan darrov uning
javobi ham topiladi. Masalan, «Bugun nima kun?» «Bugun shanba», «ikki
marta uch qancha bo’ladi?» «Ikki marta uch — olti». Shunday qilib, bunday
tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vaziyatning o’zi
beradi yoki hammaga ma’lum ochiq-oydin haqiqatlar javob bo’lib xizmat
qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunishning o’zi ham oddiy
tafakkurga taalluqlidir.
Bu — tafakkurning oddiy, elementar jarayonlaridir.
Ijodiy tafakkur to’g’risida gapirganimizda biz
murakkab aqliy jarayonni
nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va
momentlardan iborat bo’ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo’lib, bu murakkab jarayonda qo’yilgan
savol ketidan (shu savolning murakkabligiga qarab) dastlab vazifa ifodalanadi,
so’ngra esa vazifani, masalani echish jarayoni, ya’ni qo’yilgan savollarga
javob qidirish jarayoni boshlanadi.
Vazifa, masala — echilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir.
Ifodalangan
vazifa
maqsadni ham o’z ichiga oladi. Bu maqsad noma’lumni topishga va shu
tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutu-lishga intilishdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: