Talim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə3/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi:Nemis va o`zbek tilshunosligida frazeologikbirikmalar bo`yicha bir nechta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay mazkur mavzu nemis va o`zbek tillarida qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan keng o`rganilmaganligi bilan ajralib turadi. Nemis tilida frazeologik birikmalarni o`zbek maktablaridagi yuqori o`quvchilarga o`rgatishning lingvodidaktika masalalari bo`yicha olib borilgan ishlar salmog`i ham ozchilikni tashkil etadi.Ushbu malakaviy ish orqali shu kabi muammolarni yechishga harakat qildim.
Malakaviy ishning maqsadi:Nemis tillidagi frazeologik birikmalarni o’quvchi-yoshlarga qay usulda o’rgatish va ularni o’quv jarayoniga tadbiq qilish masalasi yuzasidan so’z birikmalarini kommunikativ va didaktitk prinsiplari,ularni zamonaviy ped-texnologiyalar asosida o’rgatish va eng asosiysi uni o’z nutqida erkin qo’llay olishi masalalariga yechim topish va dars jarayoniga tavsiya qilish.
Malakaviy ishning vazifalari: Mazkur ishimizning yuqorida ta`kidlangan maqsadidan kelib chiqqan holda izlanish vazifalarini quyidagicha belgiladim:
1) tilshunoslikda frazeologik birikmalarni etimologik tahlil qilish va misollar berish;
2) Nemis va o`zbek tillarida frazeologik birikmalarni qiyosiy-tarixiy jihatdan tahlil qilish;
3) nemis tilidagi frazeologik birikmalarni o`zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar va qiyinchiliklarni tahlil etish;
4) nemis va o`zbek tillarida frazeologik birikmalarni o`qitishning metodikasini ishlab chiqish.
Malakaviy ishning predmetini: nemis va o`zbek tillarida frazeologik birikmalarni nutqda qanday ifodalanishini, ularning o`ziga xos jihatlari tashkil qiladi.
Turg’un so’z birikmalari va ularning til o’qitishdagi ahamiyati masalalarini o’qitish jarayonidagi xususiyatlarini mavjud darsliklar asosida o’rganish va nemis tili darsliklaridagi turg’un so’z birikmalarini qiyosiy tahlil qilish.
Malakaviy ishning obyekti: frazeologik birikmalarning paydo bo`lish yo`llari vaularning o`zbek tilidagi muqobillarini o’quvchi-yoshlarga tadqiq etishdan iborat.

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin