Talim vazirligi


So’z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə8/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

1.2 So’z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida.
“Hozirgi o‘zbek tilining sintaktik qurilishini o‘rganish sintaktik qurilishda ishtirok etuvchi sintaktik figuralarni tadqiq qilish tilshunos olimlarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan”2. Gap ma’lum bir tilning qonun-qoidalariga ko‘ra shakllangan bo‘ladi. U ifodalaydi. Insonlar muloqot jarayonida gapdan foydalanadi. Gap so‘z, so‘z birikmalari, iboralardan tashkil topadi: Anvar badiiy kitoblarni sevib mutolaa qiladi. Ushbu gap quyidagiso‘z birikmalaridan iborat: sevib mutolaq iladi, kitoblarni mutolaa qiladi. Yana birmisol: Bayramda Mehribon, Nazokat, Noilalar qizil ko‘ylak kiydilar.
Ega va kesimlar ajratiladi (Mehribon, Nazokat, Noilalar, kiydilar)
Qolgani mustaqil so‘zlar sanaladi (3ta: bayramda, qizil, ko‘ylak) 3 ta so‘z birikmasi bor: ko‘ylak kiydilar, qizil ko‘ylak, bayramda kiydilar.
So‘z birikmasi – gapning bir qismini tashkil etuvchi so‘zlar guruhi. Bir ibora to‘liq fikrni yoki boshqa ma’noni ifoda eta olmaydi, lekin gapning qismlari sifatida ishlatilishi mumkin. Ismli iboralar, fe’lli iboralar, sifatdoshli iboralar, ergash gapli iboralar va boshqalar kabi har xil turdagi iboralar mavjud. Hozircha ikki xil iborani ishlataylik. Bu otlar va fe’l iboralari. Ismli iborada jumlaning predmeti, masalan, qizaloq, o‘sha erkak va boshqalar mavjud. Fe’lli iborada predikat mavjud. Masalan, muzqaymoq yeydi. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, ot yoki fe’lli bor asiyakka holda to‘liq ma’no bera olmasligini ko‘rasiz. Buning sababi, o‘quvchiga to‘liq ma'noni tushunish uchun etarli ma'lumot beraolmaydi.
Gapda so‘z birikmalaridan tashqari iboralar ham qo‘llanadi. Lekin ularning farqli jihati iborada so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni anglatadi; so‘zbirikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi, ma’lum bir tushunchani ifodalaydi.
Turg‘un bog‘lama (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, ikki va undan ortiq soʻzlardan tarkib topgan lug‘aviy birlik hisoblanadi. Chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, Xamirdan qil sug‘urganday iborasi “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz” maʼnosini, koʻngil bermoq iborasi “sevmoq” maʼnosini, qoʻy og‘zidan choʻp olmagan iborasi “yuvosh”, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi – “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalaguday iborasi – “toza”, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – “qaysarlik qilmoq” ma’nolarini beradi. Iboraning ma’nosi so‘z kabi oddiy holda emas, obrazli umumlashma va koʻchma tarzda bo‘ladi.
So‘z birikmasidagi so‘zlarni, erkin bog‘langani uchun, boshqa so‘zlar bilan almashtirish mumkin, turg‘un bog‘lama (iboralar)dagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq (iqror qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq (o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q (hovliqma) kabi.
So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma gapda o‘xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin so‘zbirikmasi tushuncha, turg‘un bog‘lanma leksik ma’no ifodalaydi. Qiyoslaymiz:
Bu yuk hozircha omborning ichiga sig‘maydi. (tushuncha)
Shu kunlarda Hulkarning sevinchi ichiga sig‘maydi3. (leksikma’no)
Hozirda ham so‘z birikmasi termini ostida qanday tushuncha ifoda etilishi haqida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, A.I.Moiseyev soʻz birikmalarini juda keng maʼnoda tushunadi. Uning fikricha, har qanday soʻzlarning birikuvidan soʻz- birikmasi paydo boʻladi. Frazeologizmlar, soʻz birikmasi formasidagi nominait birliklar – terminlar, toponimlar; ergash va teng birikmalar, mustaqil va yordamchi soʻzlarning qoʻshiluvidan paydo boʻlgan soʻz birikmalari deb ataydi4. Ma’lumki, so‘z birikmasi tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼno mustaqilligini saqlagan bo‘ladi.
Iborat arkibidagi soʻzlar esa oʻz leksik maʼnosi bilan qatnashmaydi, maʼnosini yoʻqotgan bo‘ladi. Misol uchun, ko‘nglidan o‘tkazmoq iborasidagi o‘tkazmoq so‘zi o‘z leksik ma’nosini yo‘qotgan, ko‘nglidan biror narsani, nimanidir o‘tkazish tushunilmaydi.
Erkin bogʻlanish soʻz birikmasini, turgʻun bogʻlanish esa frazeologizmlarni oʻzichiga oladi. Erkin bogʻlanish sintaksisning, turgʻun bogʻlanish frazeologiyaning tekshirish obyekti hisoblanadi.

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin