Talim vazirligi


Kirish 1.Bob. Asosiy qism



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə2/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

Kirish
1.Bob. Asosiy qism.
1.1 Tilshunoslikda turg’un so’z birikmalarini o’rni va ahamiyati.
1.2So’z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida.
II bob. Turg’un so’z birikmalari yoki frazemalarning xususiyatlari.
2.1 Frazalogiyani o’rgatishning maqsad va vazifalari.
2.2O’quvchilarga frazemalarning so’ngi innavatsion-ped texnalogialar asosida o’rgatish.
Xulosa.

Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha topshiriq
4. Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha(lar)




Bo’lim mavzusi

Maslahatchi O’qituvchi

Topshiriq berildi (sana va imzo)

Topshiriq bajarildi (sana имзо)

1

Kirish

Prof:M.EUmarxo`jaev


11.09.2021




2

Asosiy qism

Prof:M.EUmarxo`jaev

30.10.2021




3

Tilshunoslikda turg`un so`z birikmalari o`rni va ahamiyati

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev

13.11.2021




4

So`z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev

27.11.2021


5

Turg`un so`z birikmalari yoki frazemalarning xususiyatlari

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev

4.12.2021




6

Frazalogiyani o`rgatishning maqsad vavazifalari

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev


10.12.2021




7

O`quvchilarga frazemalarni so`nggi innovatsion-ped texnalogiyalar asosidao`rgatish

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev

12.12.2021




8

Xullosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev









5. Bitiruv malakaviy ishining bajarilish rejasi.




Bitiruv ishi bosqichlarining nomi

Bajarilish muddati

Tekshiruvdan o’tganlik belgisi

1

Kirish

14.12.2021




2

Asosiyqism

23.12.2021




3

Tilshunoslikda turg'un so'z birikmalari o'rni va ahamiyati.
So'z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida.

12.01.2022




4

So'z birikmalari va ularning mustaqil til birligi xususida.

29.01.2022




5

Turg’un so’z birikmalari yoki frazemalarning xususiatlari

04.02.2022




6

Frazalogiyaning o’rgatishning maqsad vavazifalari

12.02.2022




7

O'quvchilarga frazemalarni so'nggi innovatsion-ped texnalogiyalar asosida o'rgatish







8

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
O’quvchilarga frazalogiyalarni o’rgatish








Kаfedra mudiri: Рrоf. М.Е. Umarxo'jayev____________
Bitiruv malakaviy ishi rahbari:Рrоf. М.Е. Umarxo'jaev__________
Topshiriqni bajarishga oldim: Mamadaliyeva Kumushoy_________
Topshiriq berilgan sana: “-----------” ----------------------- 2021 yil.


Kirish
Ma’lumki so’nggi vaqrtlarda chet tillarini o’qish va o’rgatishga davlatimiz miqyosida katta e’tibor berilmoqda. Masalan;
2021 yilning 6-may sanasida Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig'ilishda quyidagi masalalar ilgari surildi:

  • Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o‘rin ajratiladi;

  • Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi

  • Maktabgacha ta’lim vazirligigaYuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chettillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqiladi;

  • Sohadagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishlari, yangi adabiyot va qo‘llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o‘qituvchisiga byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi;

  • Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrinini ta’sis etiladi;

  • Viloyat hokimliklari maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi;

    • Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgano‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natijako‘rsatganlarga 50 foiz ustama beriladi1

Butun dunyo sur’at bilan rivojlanyotgan ayni paytda dunyo aholisining ko’pchiligi ikki va undan ortiq tilda bemalol muloqat qila olyapti...Albatta, bu tillarning dastlabkisi o’zining ona tilisi bo’lib, ko’pchilik tilshunoslar nafaqat o’rganilyotgan chet tilini, balki ona tilini o’zlashtirish uchun ham alohida sharoit yaratilishi kerak deb hisoblaydilar.Ta’kidlab o’tish joizki, chet tillarini o’rganish borasida qilinyotgan islohotlar natijasida o’sib kelayotgan yangi avlod maktabgacha ta’lim muassasasidan tortib oliy ta’lim muassasigacha ona tili va chet tilini bir paytning o’zida taqqoslab o’rganadilar.
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasini tubdan chet tillariga tadbiq qilish maqsadida yaratilyotgan darsliklar,o’quv dasturlari va qo’llanmalar ham ayni shu maqsadlarning amaldagi isbotidir. Binobarin, o’z tili va madaniyatini puxta bilgan o’quvchigina boshqa tillarga mehr qo’yib o’rgana oladi. Chet tillarini o’zlashtirsh shu kabi maxsus tayyorgarliklarni talab qiladi.Shu o’rinda savol tug’iladi- Ikkinchi tilni ham o’rganishga zaruriyat nima?
Agar inson ma’lum bir tilda so’zlashadigonlar odamlar orasida bo’lmagunicha, u yangi tilni o’rganishni zarur deb hisoblamasligingiz mumkin.Agar inson turli millat va madaniyat vakillari bilan o’z tillarida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lsa bundan u g’ururlanadi.
Ikkinchi tilni o’rganishga bo’lgan sabab va zaruriyati son-sanoqsiz;ish imkoniyatini oshiradi, miyyani kuchaytiradi va xotirani yaxshilaydi, boshqa tilni o’rganish osonroq bo’ladi,ko’proq vazifa olish imkoniyatini oshiradi,yangi madaniyatlar bilan tanishish bilan birga sayyohlik imkoniyatlarini kengaytiradi.Ikkinchi chet tilini o’rganish ilgar siz uchun yopiq bo’lgan eshiklarni ochadi.
Ma’lumki,chet tillarini o’rganish va o`rgatish borasida juda ko`p xilma-xil tajriba, kuzatish va ilmiy-tadqiqotishlar olib borilgan bo`lib, qanday usul va uslubdan foydalanilmasin, baribir u bilim oluvchilarbilan til amaliy ko`nikma va malakalarini mashq qilish va matn bilan ishlashga borib taqaladi.Amaliy mashq qilmay, matn ishlatmay turib so`z o`rgatish mumkin emas. Atrofda xorijiy tilandozalari, namunalari ko`p uchramaydigan muhitda matndan tarjima usuli bilan xorijiy tilasoslarini hosil qilib olish ham o`ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Malakaviy ishimning yoritilishida ham nazariy va amaliy masalalarni tahlil qilib, ta’limni rivojlantirish Davlat Umummilliy Dasturida belgilangan vazifalar asos bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman.
Xorijiy tilni o`rgatishning juda ko`p samarali va maqbul usullari mavjud bo`lib,ular orasida og`zaki nutqni rivojlantirish, uning ma’zmunini boyitish va o`stirishga qaratilgan xilma-xil sohalarni qamrab oladigan matnlar tizimining tipologik ahamiyati kattadir. Zamonaviytil o`rgatish usullarida ona tilidan foydalanish u yoki bu darajada olib boriladi.
Yaqin-yaqinlargacha g`arb tillarini o`rganish va o`rgatishda asosiy vosita rus tili bo`lib,o`quvchilarga bu narsa ikki barobar qiyinchilik tug`dirardi. Hozirgi kunda bu borada ona tilini chuqur o`rganish hamda xorijiy tilga o`rgatishda uning ahamiyati katta bo`lmoqda. Mustaqil Respublikamizda ilm-fan, texnika, madaniyat, maorif va boshqa sohalarni yanada yuksaltirish uchun e`tibor borgan sari kuchayayotganini har qadamda sezish mumkin.
Fan sohalari qatori o`zbek tilshunosligi ham rivojlanishning istiqbolli yo`liga chiqib oldi.O`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi esa milliy tilimizning yuksalishida, iste`moldoirasining kengayishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbek tilining fonologiyasi, leksikasi,grammatikasi bilan bir qatorda, uning frazeologiyasi, uslubiyati ham keng o`rganila boshlandi.Buning natijasi o`laroq, qator ilmiy tadqiqotlar yaratildi.
Xorijiy til materiallarini ona tiliga, ona tili materiallarini esa xorijiy tilga tarjima qilish jarayonida tafakkur qobiliyati o`sadi, bir oyatning o`zida aql, tafakkur, xayol, xotira va so`z,bilish qobiliyati rivojlantiriladi, chunki aytilgan fikrni chuqur tushunishgina emas, balki o`shafikrni o`z ona tilida mukammal va to`g`ri ifodalay bilish ko`nikmalari ham talab etiladi. Bunga esa faqat ikkala – o`zbek va xorijiy til materiallarini lingvo-tipologik jihatdan chuqur tahlil qilish orqaligina erishish mumkin. Shuning uchun ham ushbu lingvo-tipologik uslub umumiytilshunoslikda bebaho vosita hisoblanadi. Chunki juda ko`p til materiallarini o`rganilayotgan tilichidagi hodisalarni ona tili ichidagi til hodisalariga taqqoslab ko`rish orqali o`rganish foydali natijalar beradi. Masalan, nemis tilida mavjud bo`lgan predloglarning ishlatilishini, gaplarda so`ztartibi qoidalarini, leksik-semantik hodisalarni turli tizimdagi tillarda o`rganish yoki tillar lingvistik kategoriyalarning ifodalanish usullarini muqoyasa qilish kabi masalalarni tadqiq qilish ma`qul bo`ladi. Bunday lingvistik yondashish natijasida xorijiy til materiallarigina emas, balki ona tili materiali ham ongli ravishda o`rganiladi hamda chuqurlashtiriladi. Agar fikrning aniq berilishi, shartligi ko`zda tutilgan bo`lsa, tarjima o`rnigabir tilli matnlardan, ya`ni perifraza ishlatish matnlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.Bir fikrni turli vositalar yordamida ifodalay olish qobiliyati ma`lum darajada bilim olinganligini ko`rsatadi. Kerakli fikrning boshqa so`zlar bilan ifodalanishi perifraza bo`lib, uni mukammalo`rganib olishdan avval yoki uning to`g`ri ekanligini tekshirib ko`rish uchun ham nazariy, ham amaliy tarjimadan foydalanish tavsiya etiladi. Fikrning aniq berilishi shart bo`lgan hollarda,ya`ni turli shartnomalarni xorijiy firmalar bilan tuzishda, ular bilan axborot almashishda, aniq fanlarga oid materiallarni o`rganish jarayonida ikki tilli matnlarning, ya`ni tarjima matnlarining ahamiyati beqiyosdir, chunki har qanday sinonim yoki perifrazaning ham kutilgan ma`noni berishdagi aniqlik darajasida o`ziga xos kamchiligi bo`ladi, u fikrni aniq bera olmasligi ham mumkin.
Xorijiy tilda gapirishda ikki tomonlama qiyinchilikka duch keladi: u nima deyishini ham,o`sha fikrning qanday ifodalanishini ham o`ylashi kerak bo`ladi. Amaliy tarjima matnlariniizchillik bilan muntazam o`rganib borish esa ayniqsa til o`rganishning boshlang`ichbosqichlarida xorijiy nutqning avtomatlashuviga olib keladi. Bunday amaliy matnlarni o`rganishjarayonida til o`rganuvchining aqliy va tafakkur qobiliyati ham o`sadi, rivojlanadi. Til muammosini “osonlashtirish” va til “to`sig`i”ni yengish uchun so`z va kostruksiyalarning berilishi, tafakkur kuchini oshirish uchun illyustrativ test materiallarining berilishi tavsiya etiladi. Bunday illyustrativ materiallar sifatida yana ona tilidan xorijiy tilga, yoki aksincha,xorijiy tildan ona tiliga amaliy tarjima matnlarini olish kerak bo`ladi. Bunda faqat tilning grammatik tomonigina o`rganilmasdan, to`g`ri variantdagi tarjimani topish uchun aqliy tafakkur ham o`stiriladi.
Va nihoyat, xorijiy tilga o`rgatishda ona tilidan va lingvo-tipologik tarjima uslubidanfoydalanishning yana bir afzallik tomoni shundaki, bir tilli yoki tarjimasiz grammatik yoki leksikmatnlar til o`rganuvchiga to`g`ri nutq na’munalarini berib, tilni his qilishga o`rgatadi. Lekin tilni“his qilish” asosan ikki elementdan: xorijiy tilda o`z fikrini qanday ifoda qilish kerakligi va qanday ifoda qilmasligi kerakligidan iborat bo`ladi. Ikki tilli amaliy matnlar va faqat shunday matnlargina qonuniy ravishda ushbu vazifani amalga oshiradi.
Nemis tili o’qituvchisi darslarida o’qitish usullarini aniqlab olishdan avval nemis tilining o’quv maqsadlari bilan tanish bo’lishi zarur.
Har qanday tilni egallash ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni hal etish bobida asos va sharoit vazifasini o’taydi.Xususan, nemis tilini amaliy maqsadda o’rganish ushbu til yordamida kerakli axborot olish va boshqalarga yetkazish ma’nosini anglatadi. Nemis tilini amaliy maqsadda egallash jarayonida ta’lim berish jarayonida tarbiyalash va natijada shaxsning atroflicha kamolga yetkazishga ko’maklashishdek murakkab pedagogik chora-tadbirlar amalga oshirildi.Xorijiy tilga o’qitishning uslublari so’nggi vaqtlarda takomillashib ketdi.Yirik uslubchilar va germanist tilshunoslar bu metotlarni rivojlanishiga o’zlarining fundamental asarlari,monografiyalari,ilmiy maqolalari bilan katta hissa qo’shmoqdalar (L.L.Bim, N.L.Gez, M.E.Umarxo’jaev, S.Saidov, J.Jalolov, S.Saidaliyev va boshqalar).
Hozirgi kunga kelib xorijiy tilni o’rganishga bo’lgan talab kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Bu ham esa davlatimizning rivojlanishining bir ko’rinishi deb hisoblasak also mubolag’a bo’lmaydi.

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin