Talim vazirligi


Xorijiy tildagi frazeologizmni aks ettirishning o'quvchining ona tilisidagi frazeologizmi bilan almashtirish



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə6/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

1. Xorijiy tildagi frazeologizmni aks ettirishning o'quvchining ona tilisidagi frazeologizmi bilan almashtirish.
2. Xorijiy tildagi frazeologizmni ona til frazeologizmiga moslash.
3. Xorijiy tildagi frazeologizmni ona til frazeologizmiga aynan tarjima qilish. Frazeologik birliklarning bir tildan ikkinchi tilga o'girilishida ko'plab usul va yo'llar bo'lib, bundan eng ko'p ma'qullanganlari quyidagilardir:
a) Ekvivalent va muqobil variant bilan berish,
b) Aniq va hijjalab ifodalash,
c) Adekvat shaklda ifodalash,
d) Kompensatsiya,
e) Sharxlash yoki interpretatsiya qilish,
f) Antonimik shalda ifodalash,
g) Sohta ekvivalent tushunchasi.
Ekvivalent” va “Muqobil” so'zlari ma’zmuni va ishlatilishshi turlichadir. Ekvivalent tushunchasi matnsiz ham bir biriga monand iboralarning bkrilishidir. Masalan nemis tilidagi Schmiede das Eisen, solange es heiß ist “temirni qizig'ida bos”, rus tilidagi “утюг железа пока горячие” (dazmolni issig’ida bosing) variantlariga to'liq ekvivalentdir. Ularning shakli, obektlari ham mos tushadi.
Bir-birlarining o'rnini muayyan matndagina qoplay oladigan frazeologik iboralarni “muqobil” variant desa bo'ladi. Masalan, “den Kopf zerbrechen” iborasi bosh qotirmoq, «ломатъ голову » deb berilishi mumkin.
Turg'un so'z birikmalarini aniq va hijjalab ona tiliga o'girish bu „Harfхo'rlik emas“ balki iboralarni nemis tilida aytilgandek „buchstäblich, буквалъно, wortwörtlich (tom ma’noda)’’ tarjima qilishdir, ya'ni so'zma-so'z tarjima. Qarang, „Besser spät als nie“ iborasi „лучше поздно чем никогда“, „hechdan ko'ra kech yaxshi“ deb aniq ifodalangan. Ba'zi hollarda, albatta, so'zma- so'z ifoda yahshi natija berishi turgan gap.
„Kompensatsiya“- bu almashtirish, boshqa narsa o'rniga qo'llash tushunchasidir. Nemis tilidagi “Schwein haben” iborasini umuman so'zma-so'z ifodalash mumkin emas. Bu frazeologizm kompensatsiya yo'li bilan almashtiriladi.
Turg'un so'z birikmalarining ona tilida ifodalashda interpretatsiya usulidan foydalanish katta imkoniyatlar yaratadi. Bunday uslubda formal jihatdan originalda bo'lmagan so'z qo'shiladi, izohlanadi. Qiyoslab ko'ring: rus tilidagi “родной сийн” iborasi o'zbek tiliga “O'z pushti kamarimdan bo'lgan o'g'lim” deb tarjima qilinganda uning ta'sirchanligi ortgan. Qiyoslang: “j-dn in der Hand haben” iborasi muqobil ravishda “qo'lida bo'lmoq”, “ta'sirida bo'lmoq” deb ham berilishi mumkin, lekin interpretatsiya uslubida “gah desa qo'liga qo'nadi” deb ifodalanganda ibora ta'sirchanligi original iboradan ham ortib tushadi.
Antonimik ifoda shakli bir biriga zid, ammo ma'nolari monand keladigan birliklardir. Masalan, “nima bo'lsa bo'lar, menga baribir” ma'nosidagi ruscha “горячая трава на щтдыхе” iborasi menga desa g'ovlab ketmaydimi deb o'giriladi, iboralarning shakli mos kelmasa-da , ko'chma ma'nolari bir biriga monand va ekvivalentdir.
Sohta ekvivalent tushunchasi xorijiy tilga o'qitishda juda ko'p uchraydigan hodisadir. Ayrim so'zlar boshqa tildagi so'zlarga mos kelishi, o'hshashi mumkin, ammo mazmun va ma'nolari bir biridan farq qiladi. Nemis tilidagi “Akademiker” so'zi bitiruvchi kurs talabasi ma'nosida ishlatiladi, “akademik” deb tarjima qilinsa xato bo'ladi. “Methodiker” va “Metodist” so'zlari tilimizdagi “metodist” so'ziga o'hshasa-da, mazmunan boshqa boshqa so'zlardir. “Methodiker” – bu metodist, “Methodist” esa diniy mazmunga ega bo'lgan so'zdir.

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin