292
proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko‘ra mehnatning
qiymati bahoning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday yondashuv erkin bozor tizimi nuqtayi nazaridan o‘zini
oqlamaydi, chunki ko‘p XYuSlar o‘z tovarlarini yuqori bahoga ega
bo‘lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki
boshqa
omillarni
hisobga
olgan
holda
baholaydi.
Neoklassiklarning tasdiqlashicha, ne’matlarni ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi
yoki yo‘qligi xususidagi iste’molchining tegishli qarori bilan hech
qanday umumiylik tomoni yo‘q. Bu joyda uni haqiqatdan ham
tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Masalan,
XYuS agar tovarni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli
deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo‘ljallangan xarajatlarni (bu
yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerakki, u o‘zining ish
haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha
mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u
holda u shu mahsulot o‘zida mujassam etgan foydalilikka
(naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi. Tovarda
mujassamlangan foydalilikni esa hech qachon shu mahsulotni
ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini
“bozor nimani
ko‘rsatsa”,
deb xarakterlash qabul qilingan.
Bahoni
zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash
asosida
hisoblash usuli ham mavjud. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki
kutilayotgan foydani ta’minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish
yotadi. Ayrim hollarda baho
Dostları ilə paylaş: