K qu = 1 / K a - 1 Shunday qilib, uning darajasi birga teng yoki undan kichik
bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi umumiy koeffitsiyentlardan tashqari XYuS joriy
faoliyatining moliyalashtirish o‘z manbalari, ya’ni o‘z aylanma
mablag‘lari bilan ta’minlanganligi ham baholanadi. Bu narsa XYuS
moliyaviy
barqarorligining
quyidagi
nisbiy
ko‘rsatkichlarini
hisoblashga asoslangan:
•
zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik
koeffitsiyenti;
•
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti;
•
o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti.
Zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti o‘z
aylanma
mablag‘lari
summasining moddiy zaxiralar va xarajatlar qiymatiga nisbati
bilan aniqlanadi va uni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
K tzx = O‘ ам : Q зх Bu yerda:
K tzx - zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali
bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti;
O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari;
Q зх - moddiy zaxiralar va xarajatlar qiymati.
Bu
koeffitsiyentning
darajasi
moddiy
zaxiralar
va
xarajatlarning o‘z manbalari bilan qanday qoplanganligini va qarz
mablag‘larni jalb qilishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. Uning yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajasi 0,6-0,8ga tengdir.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti o‘z
aylanma
mablag‘larining joriy aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan
aniqlanadi: