Individual rivojlanish dasturi (IRD
|
Har bir shahs yoki mutahassisning o'zida ma'lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish extiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy harakterdagi dastur.
|
Informatsion kompetentlik
|
axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish
|
Kasbiy kompetentlik
|
mutahassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi
|
Kommunikativ kompetentlik
|
ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish
|
Kompetentlik
|
Kompetentlik (ingl. "competence" - "qobiliyat") - faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
|
Kreativ kompetentlik
|
pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish
|
Kreativlik
|
(ingl. " create " - yaratish, " creative " - "yaratuvchi", "ijodkor") - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
|
|